Content-Length: 85051 | pFad | https://uz.wikipedia.org/wiki/Avometr

Avometr - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Avometr

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Avometr(ampervoltometr) – oʻzgarmas va oʻzgaruvchan (yuqori chastotali) tok zanjirlarida tok kuchi, kuchlanish va qarshilikni oʻlchaydigan universal koʻchma asbob. Avometrlarning oʻlchash chegaralari turlicha boʻladi. Ular magnitoelektrik va toʻgʻrilagich tizimlarda yasaladi. Magnitoelektrik tizimda yasalgan avometrlar yordamida oʻzgarmas tok zanjirlarida tok, kuchlanish va qarshilik oʻlchanadi, toʻgʻrilagich tizimda yasalgan avometrlar yordamida esa ham oʻzgarmas, ham oʻzgaruvchan tok zanjirlarida tok, kuchlanish va qarshilik oʻlchanadi. Avometrlar, asosan, magnitoelektrik oʻlchash mexanizmi va yarimoʻtkazgichli toʻgʻrilagich birikmasidan iborat. Avometrlarning tokni oʻlchash chegarasi shunt qarshiligi yordamida, kuchlanish va qarshilikni oʻlchash chegarasi esa qoʻshimcha qarshiliklar yordamida kengaytiriladi[1].

  1. "Avometr" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil











ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Avometr

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy