Boshqirdcha Vikipediya
Web-manzil | ba.wikipedia.org |
---|---|
Interwiki | Bosh sahifa |
Asosiy boʻlim | jami 285 tilda |
Asos solingan sana | 16-aprel 2005 |
Maqolalar soni | 63 762 |
Egasi | Wikimedia |
Litsenziya | erkin |
Reklama | yoʻq |
Boshqirdcha Vikipediya (boshqirdcha. Башҡорт Википедияһы) — Vikipediyaning boshqird tilidagi boʻlimi.
2002-yili 2-iyunda tashkil etilgan, ammo ilk maqolasi 2005-yili 16-aprelda yozilgan. Bir yildan soʻng 100-maqola yozildi. Shundan buyon Boshqirdcha Vikipediya yaxshi rivojlanmoqda.
1000-maqola 2010-yili 7-dekabrda yozildi. Shunga binoan „Shunqor“ jurnalida Vikipediyaga bogʻliq maqola nashr etildi[1].
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2008-yil 28-yanvar — 250 maqola
- 2009-yil 2-dekabr — 500 maqola
- 2010-yil 7-dekabr — 1 000 maqola
- 2011-yil 31-avgust — 2 000 maqola
- 2011-yil 1-sentyabr — 3 000 maqola
- 2011-yil 10-sentyabr — 5 000 maqola
- 2012-yil 20-yanvar — 10 000 va 15 000 maqola[2]
- 2012-yil 31-oktyabr — 20 000 maqola
- 2012-yil 20-dekabr — 25 000 maqola
- 2013-yil 12-fevral — 30 000 maqola
2012-yili 1-yanvarda maqolalar soni 6102 ga etdi, 19 va 21-yanvar oraligʻida botlarning yordamida 9300 maqola qoʻshildi. 20-yanvarda Boshqirdcha Vikipediyaning maqolalar soni 10000 dan 15000-ga etadi.[2].
Hozirgi ahvoli
[tahrir | manbasini tahrirlash]2024-yil dekabr 25 oyi boʻyicha Boshqirdcha Vikipediyada 63 762 maqolalar mavjud. 43 056 foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan, ularning 63 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan, 4 foydalanuvchi esa administrator maqomiga ega. Jami tahrirlar soni — 1 279 506. Teranligi (bugun): 25
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Shuningdek qarang anons 11 raqam (Wayback Machine saytida 2011-02-23 sanasida arxivlangan) jurnal.
- ↑ 2,0 2,1 Wikimedia News — Meta
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- http://www.e-novosti.info/blog/16.11.2007 (Wayback Machine saytida 2015-11-25 sanasida arxivlangan)