Buqa baliqlar
Buqa baliqlar | ||
---|---|---|
Rhinogobiops nicholsii | ||
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Buqa baliqlar (Gobiidae) -okunsimonlar turkumining oilasi. Uzunligi 10 mm dan 20—30 sm gacha. Qorin suzgichlari birlashib soʻrgʻichni hosil qiladi. 200 dan ortiq urugʻi va 600 ga yaqin turi bor, dengizlarning tropik va subtropik qismida uchraydi. Dengiz, okean, shoʻrlangan va chuchuk suv havzalari sohillari yaqinida hamda tubida hayot kechiradi. Qora dengiz va Kaspiy dengizida bubir Buqa baliqlar, maula Buqa baliqlar, sutsik Buqa baliqlar, Orol dengizida esa Buqa baliqlar ning 6 turi uchraydi. Bahorda uya yasab uvildiriq tashlaydi. Uvildiriqni erkagi qoʻriqlaydi. Ayrim turlari (masalan,yumaloq Buqa baliqlar, qum buqa baligʻi) ovlanadi.
Buqa bishvdar: malla buka baliq (yuqorida); sutsik buka baligʻi (pastda).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |