Content-Length: 66398 | pFad | https://uz.wikipedia.org/wiki/Distorsiya

Distorsiya - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Distorsiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Distorsiya (lot. distorsio — qiyshayish) — optik sistemalarda hosil boʻladigan tasvir nuqsonlari; bunda obyekt bilan uning tasviri orasida geometrik oʻxshashlik buziladi. Distorsiya tasvirning har xil qismi turlicha chiziqli kattalashishi natijasida hosil boʻladi. Koʻpincha, tasvirning chiziqli kattalashishi har bir nuqtasida har xil boʻladi. Shuning uchun tasvir asliga oʻxshamay chiqadi. Masalan, distorsiya xossasiga ega boʻlgan optik sistemada kvadratning tasviri buzilib chiqishi mumkin. Distorsiya hodisasi kuzatish asboblari va optik sistemalarda tasvir sifatiga uncha zarar keltirmasa ham aniq masalalarda hisobga olinadi. Eng yaxshi fotoapparatlar obyektivida distorsiya 0,5% ga yaqin, aerosuratlar olish uchun ishlatiladigan obyektivlarda taxminan 0,01% boʻladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil










ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Distorsiya

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy