Gamilton
Gamilton — Kanadaning jan.dagi shahar, Ontario provinsiyasida. Aholisi 600 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Ontario koʻlining gʻarbiy sohilidagi port (yuk ortib tushirish 15 mln. t). Xalqaro aeroport. Mamlakatning yirik madaniy va sanoat markazi. Ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotining hajmi boʻyicha Kanadada 3-oʻrindagi shahar. Qora metallurgiyaning yirik markazi. Elektrotexnika, metallsozlik, ogʻir va transport mashinasozligi, toʻqimachilik, sellyuloza-qogʻoz sanoati korxonalari, universitet, botanika bogʻi bor. Shaharga 1813-yilda asos solingan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |