Content-Length: 95306 | pFad | https://uz.wikipedia.org/wiki/Geografik_qutblar

Geografik qutblar - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Geografik qutblar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
geografik qutblar (A1, A2) va magnit qutblar (B1, B2)

Geografik qutblar (Shimoliy qutb va Janubiy qutb) — Yer aylanishidan hosil boʻlgan xayoliy oʻqning Yer yuzasi bilan kesishgan nuqtalari. Geografik qutblarda Yer meridianlarining hammasi tutashadi. Unda odatdagi dunyoda tomonlari yoʻq, kun va tun almashinmaydi. U yerda Quyosh yarim yil chiqmaydi va yarim yil botmaydi (qarang Qutb tuniva Hutbkuni). Geografik qutblar nuqtasi Yer yuzasida murakkab ztri chiziq boʻylab siljib yuradi, yaʼni tomonlari 26 m boʻlgan kvadrat ichida oʻz holatini oʻzgartirib turadi. Yer shaklining sharga deyarli oʻxshash boʻlgani tufayli, qutblarga Quyosh nuri yotiq (23 ʻ/2° dan yuqori boʻlmaydi) tushadi, natijada geografik qutblar atrofida juda keng maydonning iqlimi sovuq, kuchli shamol va izgʻirinlar boʻladi. Shimoliy geografik qutblar Shimoliy Muz okeanining muz bilan qoplangan suvi ustida joylashgan. Shimoliy geografik qutblar (89°55’ sh. k.)ga birinchi boʻlib amerikalik qutbshunos R. Piri (1909 yil 6 aprel) yetib borgan. Janubiy geografik qutblar (88°23’ j. k.) Antarktida materigining Tinch okean sohiliga yaqin muz qoplami ustidadir, birinchi boʻlib unga norvegiyalik tadqiqotchi R. Amundsen (1911 yil 14 dekabr) borgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil










ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Geografik_qutblar

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy