Content-Length: 78786 | pFad | https://uz.wikipedia.org/wiki/Gilzoyi_hokimligi

Gilzoyi hokimligi - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Gilzoyi hokimligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Gilzoyi hokimligi - afgʻonlarning safaviylar hukmronligiga qarshi koʻtargan qoʻzgʻoloni natijasida Qandahor viloyati (Afgʻoniston)da 1709 y. tashkil topgan hokimlik. Gilzoyi hokimligi ning asosiy harbiy tayanchini gilzoyi qabilasining gʻarbiy tarmogʻi tashkil qilgan. Qoʻzgʻolon rahbari Mir Vays Xotakiy gilzoyi hokimligining dastlabki hokimi (1709—15) boʻlgan. Uning vafotidan soʻng gilzoyilarning bir qismi Eronning bir qancha viloyatlariga hujumlar uyushtirib, 1722 y. Mahmud Xotakiy boshchiligida safaviylar poytaxtiIsfahonni bosib olgan va Maxmud oʻzini shoh deb eʼlon qilgan. Qandahorda esa shoh unvonini olgan Mir Vaysning kenja oʻgʻli Husayn hokim (172138) edi. Uning hukmronligi davrida G.h. bir muncha xoʻjalik va madaniy yuksalishga erishgan. 1738 y. uzoq muddatli qattiq qarshilikdan soʻng Qandahor Eron shohi Nodir Afshar (qarang Nodirshoh) tomonidan egallangan va G.h. barham topgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil










ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Gilzoyi_hokimligi

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy