Content-Length: 80118 | pFad | https://uz.wikipedia.org/wiki/Jarima

Jarima - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Jarima

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Jarima — 1) qonunda belgilangan hollarda undiriladigan mablagʻ. Jarima jinoiy jazo, maʼmuriy va jamoatchilik taʼsiri chorasi sifatida qoʻllanadi. Fuqarolik huquqida jarima shartnomani bajarmagan yoki uning bajarish muddatini oʻtkazib yuborgan korxona, tashkilot, muassasalarga, jinoyat huquqida jinoyatchiga (sud tomonidan asosiy yoki qoʻshimcha jazo sifatida), maʼmuriy huquqda jamoat tartibi, transportdan foydalanish, ov qilish va boshqa tartiblarni buzganlarga solinadi. Oʻzbekiston MJKga muvofiq, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor jismoniy va yuridik shaxsdan davlat hisobiga pul undiriladi. Fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori eng kam ish haqining 50 dan bir qismidan, mansabdor shaxslarga esa — 10 dan bir qismidan kam boʻlmasligi, eng koʻp miqdori eng kam ish haqining 5 baravaridan, mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan oshmasligi kerak (qonunda nazarda tutilgan ayrim hollarda baʼzi huquqbuzarliklar uchun jarima miqdori oshirilishi mumkin). Jarima mahalliy davlat hokimiyati organlari, qonun bilan vakolat berilgan boshqa organlar yoki mansabdor shaxslar tomonidan solinadi;

2) sportda — qoidani buzganlik uchun beriladigan jazo (maye, jarima toʻpi)[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil










ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Jarima

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy