Content-Length: 98103 | pFad | https://uz.wikipedia.org/wiki/Konveksiya

Konveksiya - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Konveksiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Konveksiya (lotincha: convectio — keltirish, eltib berish) — 1) suyuqlik, gaz va sochiluvchan muhitlarda shu muhitdagi modda oqimi orqali issiqlikning koʻchishi. Tabiiy (erkin) va majburiy xillari mavjud. Tabiiy K. ogʻirlik kuchi maydonidagi oquvchi yoki sochiluvchan moddalar notekis qizdirilganda vujudga keladi. Kuchliroq qizdirilgan moddaning zichligi kamroq boʻladi va Arximed kuchi GʻL = Dr- V taʼsirida kamroq qizdirilgan moddaga nisbatan koʻchadi, bu yerda Dr — qizdirilgan modda va atrof muhit zichliklari farqi, V — qizdirilgan modda hajmi. K. yoʻnalishi ogʻirlik kuchi yoʻnalishiga teskari boʻladi. K. modda temperaturasini tenglashtirishga olib keladi. Majburiy K.da modda koʻchishi, asosan, biror qurilma (nasos, aralashtirgich va boshqalar) taʼsirida sodir boʻladi. Bu yerda issiqlik koʻchishi jadalligi faqat yuqorida aytilgan omillarga emas, balki moddaning majburiy harakati tezligiga ham bogʻliq; 2) atmosfera qatlamida havo almashinishi. K. tufayli momoqaldiroq roʻy berishi, sel, doʻl yogʻishi mumkin. Baʼzan, atmosfera fronti (oqimi) boʻlib, issiq va sovuq havo qatlami koʻchadi, pastdan yuqoriga issiq havo koʻtariladi va har 100 m balandlikka koʻtarilganda 1° soviydi, lekin kondensatlanish, inversiya tufayli havo juda baland koʻtarilishi mumkin emas. Termik K. yoz kunlari quruqlikda, qish kunlari esa dengiz sirtida hosil boʻladi; 3) zaryadlangan jism bilan birga zaryad koʻchishi. Atmosferada havo massasi yoki bu-lutlar elektr zaryadini koʻchiradi, bunda hosil boʻlgan tok K. toki deyiladi; 4) koʻl, dengiz yoki okeanlarda suvning vertikal harakati. Bunday K. suv temperaturasi yoki shoʻrligining oʻzgarishi suv zichligining oʻzgarishiga olib keladi. K. tufayli suvning fizik va kimyoviy tafsilotlari muvozanatlashib turadi, suvning pastki katlamlarida, shuningdek, qish oylarida okeanlar sohillarida ob-havo issiqroq boʻladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil











ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Konveksiya

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy