Content-Length: 79617 | pFad | https://uz.wikipedia.org/wiki/Lokomobil

Lokomobil - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Lokomobil

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Lokomobilning koʻrinishi

Lokomobil (lot. locus — joy va mobilis — harakatlanuvchi) — elektr tok generatorini harakatga keltirish, korxonalarda baʼzi texnologik jarayonlarni bugʻ bilan taʼminlash uchun muljallangan bugʻ-kuch qurilmasi. U bugʻ qozoni, bugʻmashinasi va yordamchi qurilmalardan iborat. Lokomobilning koʻchma (gʻildirakli) va muqim (statsionar) xillari bor. Kuchma lokomobilni istalgan joyga sudrab yurib ishlatsa boʻladi; muqim lokomobil xonaga oʻrnatib qoʻyiladi. Muqim lokomobil koʻchma lokomobildan bugʻ qozonining tuzilishi bilan farq qiladi. Muqim lokomobil bugʻ qozonining oʻtxonasi dumaloq shaklda, oʻtquvuri surilma qilib yasalgan. Bugʻ mashinasi koʻchma lokomobil bugʻ mashinasidan ancha quvvatliroq (muqim lokomobilda — 125-800 ot kuchi, Kuchma lokomobilda — 12-75 ot kuchi). Kuchma lokomobilning bugʻ qozoni xuddi parovoz bugʻ qozoniga uxshaydi. Lokomobil oʻt xonasiga mahalliy yoqilgʻi-qipiq, oʻtin, torf, gaz, koʻmir va boshqa yoqish mumkin. Lokomobil markazlashtirilgan tarzda elektr energiyasi bilan taʼminlanmagan joylarda, asosan, mayda sanoat korxonalarida, texnologiya ehtiyojlari uchun bugʻ talab qilinadigan korxonalarda qoʻl keladi. Lokomobil 19-asr 2-yarmida ixtiro qilingan va 20-asr 60-yillarida ishlab chiqarish tuxtatilgan, lekin ayrim joylarda hozir ham ishlatiladi. Masalan, Toshkent yengil sanoat va toʻqimachilik institutining issiklik texnikasi kafedrasida shunday lokomobil hozir ham bor va undan uquv maqsadlarida foydalaniladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil











ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Lokomobil

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy