Content-Length: 90921 | pFad | https://uz.wikipedia.org/wiki/Oq_idil

Oq idil - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Oq idil

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oq idil
Tavsif
Uzunligi 1 430
Maydoni 142 000 km²
Suv sarfi m³/s
Joylashuvi
Davlat Rossiya
Mintaqa Boshqirdiston Respublikas
Oq idil

Oq idil, Belaya — Boshqirdiston Respublikasidagi daryo. Kamaning chap irmogʻi. Uzunligi 1430 km, havzasining maydoni 142 ming km². Iremel shahri sharqidan (Janubiy Ural) boshlanadi. Yuqori oqimida Janubiy Ural togʻlari orasidan, Ufa daryosi quyiladigan joydan quyirokda tekislikda oqadi. Asosan, qordan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi Birsk yaqinida 858 m³/sek. noyabrda muzlab, aprelda muzdan boʻshaydi. Asosiy irmoqlari: oʻngda — Nugush, Sim, Bir, Tanip, Ufa; chapda — Ashkadar, Urshak, Karmasan, Chermasan, Baza, Syun, Dyoma. Ufa shahridan boshlab kema qatnaydi. O.I. boʻyida Beloretsk, Salavat, Shimbay, Sterlitamak, Ufa, Birsk shaharlari joylashgan.[1]

Oq idil
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil











ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Oq_idil

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy