Content-Length: 65424 | pFad | https://uz.wikipedia.org/wiki/Oydin

Oydin - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Oydin

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Oydin (taxallusi, asl ism-sharifi Sobirova Manzura) (1906.20.11 – Toshkent – 1953.30.5) – yozuvchi, dramaturg. Xotin-qizlar bilim yurti (INPROS)da (19191923) va Samarqand pedakademiyasida (1927 – 31) oʻqigan. Oʻzdavnashrda boʻlim boshligʻi (1931), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida masʼul kotib (19321937). „Yorqin hayot“ jurnali muharririning oʻrinbosari (19381941), Oʻzbekiston Radioqoʻmitasida adabiy eshittirishlar boʻlimi masʼul muharriri (19411945), „Oʻzbekiston xotin-qizlari“ jurnalining bosh muharriri (19461953).

Ilk sheʼrlar toʻplami – „Tong qoʻshigi“ (1931) va „Chechan qoʻllar“ (1932)da oʻzbek ayollarining hayotda tutgan oʻrni, qadr-qimmati va oʻziga xos xarakterini realistik boʻyoqlarda tasvirlagan. „Chaqaloqqa chakmoncha“ (1939), „Qizlarjon“ (1943), „Shirin keldi“ (1944), „Mardlik – mangulik“ (1947), „Hikoya va ocherklar“ (1952), „Hikoyalar“ (1954) kabi kitoblari oʻzbek hikoyachiligining eng yaxshi namunalaridir. O. asarlarining asl mohiyatini badiiy adabiyotning azaliy muammosi boʻlgan yaxshilik va yomonlik oʻrtasidagi kurash tashkil etadi. Drama („Yangilikka qadam“, 1925), ayrim sanʼat arboblari; M. Turgʻunboyeva, H. Nosirova va boshqa haqida ocherklar, adabiy-publitsistik maqolalar muallifi. Toshkent koʻchalaridan biriga Oydin nomi berilgan.

  • Sheʼrlar, T., 1937; Hikoyalar, T., 1967; Shiringa maktub, T., 1975; Gulsanam, T., 1985.
  • Zulfiya, Oydin Sobirova [ocherk], T., 1953; Mirzayev S, Oydin, Adabiy portret, T., 1965.












ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Oydin

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy