Content-Length: 228703 | pFad | https://uz.wikipedia.org/wiki/San_Marino

San Marino - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

San Marino

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
San Marino Respublikasi
Repubblica di San Marino
ShiorLibertas
(Lotincha: Ozodlik)
Madhiya: Inno Nazionale della Repubblica
Location of San Marino
Poytaxt San Marino
Rasmiy til(lar) Italyancha
Hukumat Semi-Prezidentlik Davlat
Valeria Ciavatta
Luca Beccari
Fabio Berardi
Konstitutsiya (8-oktabr-1600)
Maydon
• Butun
61.2 km2 (225-oʻrin)
• Suv (%)
ahamiyatsiz
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
28,880 (216-oʻrin)
• Zichlik 471/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$940 mil. (193-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$32,548
Pul birligi Yevro (EUR)
Vaqt mintaqasi UTC+1
• Yoz (DST)
UTC+2
Qisqartma SM
Telefon prefiksi 378
Internet domeni .sm

San Marino (San Marino Respublikasi) poytaxti — San Marino shahri. BMT aʼzosi.

San-Marino - eng qadimiy respublikalardan biri bo‘lib, Unga 301-yil 3-sentabrda Rim imperatori Diokletianning nasroniylarga qarshi qiynoqlaridan qochgan nasroniy tosh ustasi Dalmatian Marinus tomonidan asos solingan. 1253-yildan beri davlat tuzumi o‘zgarmay kelgan. 1463-yildan buyon San-Marino hududi o‘zgarmagan. Aholisining etnik tarkibi: San-Marinolar-83%, italyanlar- 12%

San-Marino Titano tog‘ yonbag‘rida joylashgan. Mamlakat iqlimi — o‘rtayer dengiz iqlimi, lekin Italiya iqlimiga nisbatan mo‘tadil. Qishda ko‘p qor yog‘adi. O‘rmonlari kamayib ketgan. Ammo efirmoyga boy butazor va o‘tloqlar mavjud. Tog‘da joylashgan kichik daryolar yozda qurib qoladi.

San-Marino iqtisodiyoti asosan sayyohlarga xizmat ko‘rsatish, pochta markalari, tangalar va esdalik sovg‘alar chiqarishga tayanadi. Aholining turmush darajasi va o‘rtacha umr ko‘rish yoshi dunyoda eng yuqori ko‘rsatkichga yetgan. Mamlakatda mahalliy hunarmandchilik rivojlangan. Asosiy eksport mahsulotlari: vino, chinni, shisha buyumlar, esdalik sovg‘alari.

Diqqatga sazovor joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sayyohlarni San-Marinoning go‘zal tabiat manzaralari, O‘rta asr va Uyg‘onish davriga mansub arxitektura san’ati durdonalari o‘ziga jalb qiladi. Shahar XVI asrda barpo etilgan qadimiy davr qo‘rg‘on devorlari bilan o‘ralgan. Ko‘cha va yo‘laklar tosh zinalar bilan birlashgan. Asosiy yodgorliklarga XIV-XV asrlar cherkovi, XVI asr kaputsinlar monastirlari, XTV-XV asrlar San-Franchesko cherkovi, XIX asrda qurilgan ozodlik maydonidagi hukumat saroyi kiradi. San-Marino - ilmiy, madaniy ommabop kongress, konferensiya, simpoziumlar o‘tkaziladigan an’anaviy joy.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Dunyo m am lakatlari. Ensiklopediya. - Тoshkent.: MCHJ «DAVR NASHRIYOTI»,

2013-yil










ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/San_Marino

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy