Content-Length: 103339 | pFad | https://uz.wikipedia.org/wiki/Sichuan

Sichuan - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Sichuan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sichuan — Xitoydagi provinsiya, Yanszi daryosining yuqori oqimida. Maydoni 488 ming km². Aholisi 84,93 mln. kishi (1998). Maʼmuriy markazi — Chendu sh. S.ning sharqiy qismida Sichuan soyligi bor, bu yerning tuprogʻi unumdor, aholisi zich. Gʻarbida SinaTibet togʻlari joylashgan. Iklimi subtropik iqlim. Daryolari sersuv, gidroenergiya zaxirasiga boy, eng yirigi — Yanszi. Tog yon bagʻirlari oʻrmon, togʻ tepalari subalp oʻtloushri. Chuqur vodiylarda subtropik oʻsimliklar usadi. S. — Xitoyning xoʻjaligi rivojlangan provinsiyasi. Mamlakatda yetishtiriladigan gʻallaning 12% ni beradi. Asosiy ekinlari: sholi, makkajoʻxori, bugʻdoy, gaolyan, raps, arpa, batat. Shakarkamish, tamaki, paxta, choy va sitrus mevalar ham ekiladi. Qadimdan ipak qurti boqiladi. Chorvachilik mahsulotlari eksport qilinadi. S.da kon sanoati rivojlangan. Toshkoʻmir, temir rudasi, tosh tuzi, asbest, oltin, surma, neft, tabiiy gaz kazib olinadi. GESlar qurilgan. Qora metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, toʻqimachilik, qurilish materiallari, oziq-ovqat korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan.












ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Sichuan

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy