Content-Length: 589942 | pFad | https://uz.wikipedia.org/wiki/UEFA_Chempionlar_Ligasi_2003/04-yilgi_mavsum

UEFA Chempionlar Ligasi 2003/04-yilgi mavsum - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

UEFA Chempionlar Ligasi 2003/04-yilgi mavsum

Vikipediya, erkin ensiklopediya
2003/04-yilgi mavsum UEFA chempionlari ligasi

2003/04-yilgi final o'yini Germaniyada Arena Auf Schalkeda o'tkazilgan
Umumiy maʼlumotlar
Sana Saralash:
1-iyul – 2-avgust 2003-yil
'Pley off bosqichi:
16-sentabr 2003-yidan – 26-may 2004-yilgacha
Jamoalar Pley off bosqichida 32
Umumiy: 72
Yakuniy natijalar
Chempionlar Portugaliya Portu (2- marta)
2-oʻrin Fransiya Monako
Statistika
Oʻyinlar soni 125
Gollar soni 309 (har oʻyinda oʻrtacha 2.47 ta)
Muxlislar soni 7 535 491 (har oʻyinda oʻrtacha 60 284 ta)
Toʻpurar(lar) Ispaniya Fernando Morientes
(9 goal)
Eng yaxshi oʻyinchi Portugaliya Deku


UEFA Chempionlar Ligasi — Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) tomonidan Yevropaning yuqori divizion klublari oʻrtasida har yili oʻtkaziladigan xalqaro futbol turniri.

Yevropaning eng nufuzli klublari futbol turniri. 1955/56-yilgi ilk mavsumdan to 1991/92-yilgi mavsumgacha u Yevropa chempion klublari kubogi deb nomlangan. 1991/92-yilgi mavsumda turnir formati[1] o'zgartirildi va 1/8 finaldan keyin guruh turnirlari o'tkazildi. Keyin madhiya va gerb paydo bo'ldi. 1992/93-yilgi mavsumdan boshlab turnir hozirgi nomini oldi.

Turnirda 22 ta klub gʻolib boʻlgan boʻlsa, ulardan 12 tasi bir necha bor gʻalaba qozongan. Ispaniya klublari turnirda 19 ta g'alabaga erishgan. G'olib boʻlgan unvonlar soni bo'yicha rekordchi "Real Madrid" bo'lib, u turnirda 14 marta g'alaba qozongan. 1992-yilda turnir nomi va formati oʻzgarganidan soʻng, ketma-ket uch mavsum (2015/2016, 2016/2017, 2017/2018) Chempionlar Ligasida faqat “Real Madrid” gʻalaba qozona oldi. "Real Madrid" turnir formati o'zgargandan keyin eng ko'p 8 marta Chempionlar ligasida g'olib chiqqan klub bo'lib turibdi.


Yevropa kubogi 1955-yilda fransuz sport jurnalisti va L'Équipe muharriri Gabriel Hanot taklifi bilan tashkil etilgan. Qit'a miqyosidagi futbol turniri g'oyasi Angliya matbuotida 1954-yilning kuzida "Spartak" va "Xonved"ni mag'lub etgan "Vulverxempton" dunyoning eng kuchli klubi ekanligi haqidagi bayonotlardan keyin paydo bo'ldi. Hanot o'z gazetasida eng kuchli klubni aniqlash uchun ham uy, ham safar o'yinlarini o'z ichiga olgan musobaqa o'tkazish zarurligini aytdi. Ertasi kuni Hanot musobaqaning mumkin boʻlgan loyihasini e'lon qildi va 1955-yil yanvar oyida birinchi Yevropa kubogi bo'lib o'tdi.

1955/56-yilgi Kubokning birinchi turnirda har bir tur ikki o'yin (uyda va mehmonda) o'ynaldi. 1992-yilga qadar qur'a tashlashda mamlakat chempionlari va yevrokuboklarning soʻnggi gʻolibi ishtirok etgan. 1991/92-yilgi mavsumdan boshlab, turnir formati guruh bosqichini o'z ichiga olgan holda o'zgartirildi va keyingi yili turnir Chempionlar ligasi nomini oldi. Shundan soʻng saralash bosqichlari soni, guruhlar tarkibiga bir qancha oʻzgarishlar kiritildi. 1997/98-yilgi mavsumda bir qator mamlakatlarda (UEFA koeffitsientlari jadvali bo'yicha) ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar turnirda qatnasha boshladi. Saralash bosqichi tizimi qayta ishlab chiqilgan bo'lib, past koeffitsientga ega boʻlgan mamlakatlar chempionlari guruh bosqichi boshlanishidan oldin bir yoki bir nechta saralash bosqichida, yuqori koeffitsientga ega boʻlgan davlatlar jamoalari esa keyinroq ishtirok etishi mumkin. Ayni damda Chempionlar Ligasida eng yuqori koeffitsientga ega mamlakatlar to'rtta klub bilan ishtirok etmoqda.

Turnir bir necha bosqichdan iborat boʻlib, toʻrtta saralash bosqichidan boshlanadi. Jamoalar 2 tadan o'yin o'tkazishi kerak (uyda va safarda). Ikki uchrashuvning yig'indisi bo'yicha g'olib keyingi saralash bosqichiga o'tadi. Barcha saralash bosqichlaridan o'tib, jamoalar to'g'ridan-to'g'ri kelgan jamoalar bilan birga guruh bosqichiga kirishadi. Qur'a natijalariga ko'ra, jamoalar har biri 4 tadan 8 ta guruhga bo'lingan. Guruh bosqichi natijalariga koʻra, dastlabki ikki jamoa pley-offga, guruhda 3-oʻrinni egallagan jamoa esa Yevropa ligasining 1/16 finaliga yoʻl oladi. 1/8 final bosqichiga qura tashlash marosimi quyidagicha bo'ladi:

  • Bitta mamlakat (assotsiatsiya) vakillari va bir guruhdagi jamoalar o'zaro o'ynamasligi kerak.
  • Guruh gʻoliblari ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalar bilan oʻynaydi.
  • Birinchi o'rinlar ilk uchrashuvlarini mehmonda o'tkazishadi.
  • Jamoalar har biri 2 tadan oʻyin oʻtkazadi, natijada 1/4 finalga kim chiqishi aniq boʻladi. Ushbu bosqichdagi qur'a hech qanday cheklovlarni nazarda tutmaydi.
  • Chorak finaldan keyin yarim final, keyin esa neytral stadionda bitta o'yindan iborat final o'tkaziladi. Stadion UEFA komissiyasi tomonidan ariza topshirgan arizachilar orasidan oldindan tanlab olinadi.
  • U UEFAning 5 yulduzli reytingiga ega boʻlgan barcha kerakli talablarga javob berishi kerak.

2020/21 yilgi mavsumdan boshlab UEFA klublarga quyidagi mukofotlarni to'laydi:[2] Dastlabki bosqich: €230 000 Birinchi saralash bosqichi: €280 000 Ikkinchi saralash bosqichi: €380 000 Uchinchi saralash bosqichi: €480 000 Guruh bosqichidagi toʻlov: €1 525 000 Guruh bosqichidagi g'alaba: €2 700 000 Guruh bosqichidagi durang: €900 000 Pley-offning birinchi bosqichi (1/8 final): €9 500 000 Chorak final: €10 500 000 Yarim final: €12 000 000 Finalda yutqazgan jamoa: 15 000 000 evro Yakuniy g'olib: €19 000 000

Turnir homiylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Liga tashkil etilayotgan vaqtda turnir homiylari 8 tadan ortiq kompaniya bo'lishi mumkin emasligi to'g'risida qaror qabul qilingan. Shartnoma shartlariga koʻra, bu kompaniyalar maydon perimetri boʻylab 4 ta bilbord, har bir oʻyin uchun ma’lum miqdordagi chiptalar hamda oʻyindan oldingi va oʻyindan keyingi intervyularda kompaniya logotiplarining bannerlarda ko'rsatish huquqini oladi. Shuningdek, ushbu kompaniyalar Liga o'yinlario'tkazilayotgan vaqtda reklama berish huquqiga ham ega[3].

Hozirda Chempionlar ligasining rasmiy homiylari:

  • Nissan[4]
  • PlayStation
  • Lay's
  • Santander
  • MasterCard
  • Expedia
  • Heineken[5]

Adidas kichik homiy hisoblanadi va o'yin uchun rasmiy to'pni yetkazib beradi. 2019/20-yilgi mavsumdan boshlab Italiyaning Macron sport brendi hakamlar formasini yetkazib bermoqda. Hublot, shuningdek, tanlovning to'rtinchi rasmiy hamkori sifatida ikkinchi darajali homiy hisoblanadi.

Agar klublar homiylikning tegishli toifasi cheklangan (masalan, Fransiyada alkogol reklamasini taqiqlash) mamlakatda o'yin o'tkazsalar, bu logotipni futbolkalaridan olib tashlashlari kerak. Masalan, Reynjers 1996/97-yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi va UEFA Kubogida mos ravishda Fransiyaning Oser va Strasburg klublari bilan oʻynaganida, Reynjers futbolchilari “MkEvans Lager” oʻrniga “Center Parcs” logotipini kiyib yurishgan (oʻsha paytda ikkala kompaniya ham Shotlandiyaning shoʻba korxonalari edi).

2003/04-yilgi mavsum

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003/04-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi 1992-yilda Yevropa kubogidan rebrending olingandan beri Yevropaning eng yirik klublar o‘rtasidagi futbol musobaqasi, UEFA Chempionlar Ligasining 12-mavsumi va umuman olganda 49-musobaqa bo‘ldi. Musobaqada Germaniyaning Gelzenkirxen shahridagi “Arena AufSchalke” stadionida Fransiyaning Monako klubini 3:0 hisobida mag‘lub etgan Portugaliyaning Portu jamoasi g‘alaba qozondi, bu Portugaliyaning 1987-yildan buyon ilk g‘alabasi bo‘ldi. Bu “Portu”ning o‘tgan mavsumdagi UEFA kubogidagi muvaffaqiyatidan so‘ng, ikki yil ichida ikkinchi Yevropa kubogi bo‘ldi. Bu UEFA Chempionlar ligasining ikkinchi guruh bosqichi o'rniga 16ta jamoa ishtirokidagi birinchi turnir edi.

Manchester Yunayted, Lion va Deportivo La Korunya jamoalarini (tartibda) chiqarib yuborgan Portu finalda Monako bilan to'qnash keldi. Avvalroq Monako Lokomotiv, Real va Chelsini nokautga uchratgandi.

Milan amaldagi chempion edi, ammo chorak finalda Deportivo La Korunya to'sig'idan o'ta olmadi.

Kvalifikatsiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003-04-yilgi UEFA Chempionlar Ligasida 48 ta UEFAga aʼzo assotsiatsiyalardan jami 72 ta jamoa ishtirok etdi. Lixtenshteyn (o'z milliy ligasi yo'q), shuningdek, Andorra va San-Marino ishtirok etmadi. Ozarbayjonga ham ruxsat berilmadi, Ozarbayjonning ishtiroki UEFA tomonidan to'xtatildi. Har bir assotsiatsiya o'zining liga koeffitsientidan kelib chiqqan holda Chempionlar ligasining ma'lum miqdordagi klublari bilan qatnashdi. Liga koeffitsienti yuqori boʻlgan assotsiatsiyalar liga koeffitsienti past boʻlgan uyushmalarga qaraganda ko'proq klublarda ishtirok etishdi, ammo hech qanday assotsiatsiya to'rttadan ortiq jamoada bo'lishi mumkin emas bu oltin qoidaga aylangan edi.

1-3-assotsiatsiyalarning har biridan to'rttadan jamoa ishtirok etadi. 4–6-assotsiatsiyalarning har biridan uchtadan jamoa ishtirok etadi. 7–15-assotsiatsiyalarning har biridan ikkitadan jamoa ishtirok etadi. 16–52-assotsiatsiyalar (Ozarbayjon, Lixtenshteyn, Andorra va San-Marinodan tashqari) har biridan bittadan jamoa ishtirok etadi.

Assotsatsiyalar reytingi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbol assotsiatsiyalari reytingi va shunga mos ravishda 2003/2004-yilgi Chempionlar ligasidagi oʻrinlarni mamlakatlar oʻrtasida taqsimlash UEFA koeffitsientlari jadvali asosida tuzilgan boʻlib, bu qura uchun rasmiy Yevropa klub musobaqalaridagi 1997/199-yilgi mavsumdan 2001/2002-yilgi mavsumgacha boʻlgan klublarning oʻyin natijalari hisobga olingan[6].

O'rin Assotsatsiya Koeff. Jamoa
1 Ispaniya Ispaniya 68.467 4
2 Italiya Italiya 58.668
3 Angliya Angliya 55.459
4 Germaniya Germaniya 52.990 3
5 Fransiya Fransiya 42.352
6 Gretsiya Gretsiya 36.116
7 Niderlandiya Gollandiya 34.165 2
8 Turkiya Turkiya 28.725
9 Portugaliya Portugaliya 28.249
10 Rossiya Rossiya 27.291
11 Chexiya Chexiya Respublikasi 26.625
12 Shotlandiya Shotlandiya 26.125
13 Ukraina Ukraina 25.958
14 Belgiya Belgiya 25.525
15 Avstriya Avstriya 23.250
16 Shveysariya Shveysariya 22.625 1
17 Norvegiya Norvegiya 21.475
18 Isroil Isroil 21.332
O'rin Assotsatsiya Koeff. Jamoa
19 Xorvatiya Xorvatiya 21.041 1
20 Polsha Polsha 17.500
21 Daniya Daniya 17.375
22 Shvetsiya Shvetsiya 17.241
23 Serbiya Serbiya 16.331
24 Slovakiya Slovkiya 15.665
25 Bolgariya Bolgariya 15.165
26 Ruminiya Ruminiya 13.916
27 Vengriya Vengriya 13.749
28 Sloveniya Sloveniya 11.832
29 Kipr Misr 9.332
30 Finlandiya Finlandiya 8.041
31 Latviya Latviya 7.165
32 Gruziya Gruziya 6.999
33 Moldova Moldova 5.165
34 Islandiya Islandiya 4.832
35 Belarus Belorussiya 4.083
O'rin Assotsatsiya Koeff. Jamoa
36 Litva Litva 3.831 1
37 Republic of Ireland Irlandiya Respublikasi 3.331
38 Shimoliy Makedoniya Makedoniya 2.997
39 Malta Malta 2.498
40 Uels Uels 1.832
41 Estoniya Estoniya 1.665
42 Bosniya va Gersegovina Bosniya va Gersogovina 1.333
43 Armaniston Armaniston 1.332
44 Shimoliy Irlandiya Shimoliy Irlandiya 1.331
45 Albaniya Albaniya 1.165
46 Farer orollari Farerr orollari 1.165
47 Ozarbayjon Ozarbayjon 1.165 0
48 Lixtenshteyn Lixtenshteyn 1.000
49 Lyuksemburg Lyuksemburg 0.832 1
50 Andorra Andorra 0.000 0
51 San Marino San-Marino 0.000
52 Qozogʻiston Qozog'iston 0.000 1

Assotsatsiyalar bo'linishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chempionlar ligasi sohbi (Milan) ham o‘z ichki chemponati orqali Chempionlar ligasining uchinchi saralash bosqichiga yo‘llanma olganligi sababli, shuningdek, Ozarbayjonning ishtiroki to'xtatilishi munosabati bilan uchinchi saralash bosqichida bir o‘rin bo‘shab qoldi. Shu munosabat bilan, bilan standart ro'yxatga quyidagi o'zgartirishlar kiritildi:

  • 16- assotsatsiya chempioni (Shveysariya) ikkinchi saralash bosqichidan uchinchi saralash bosqichiga yo'l oldi.
  • 26- 27- va 28-assotsiatsiyalar chempionlari (Ruminiya, Vengriya va Sloveniya) birinchi saralash bosqichidan ikkinchi saralash bosqichiga yo'l olishdi.


Ushbu guruhga kiruvchi jamoalar Oldingi turdan saralangan jamoalar
Birinchi kvalifikatsiya bosqichi
(20 jamoa)
  • 29-52 assotsatsiyalardan 20 ta chempion(Andorra, Ozarbayjon,Lixtenshteyndan tashqari)
Ikkinchi kvalifikatsiya bosqichi
(28 jamoa)
  • 17–28-assotsatsiyadan 12 ta chempioni
  • 10-15-assotsatsiyadan 6 ta ikkinchi o'rin sohibi
  • Birinchi kvalifikatsiyaning 10 ta g'olibi
Uchinchi kvalifikatsiya bosqichi
(32 jamoa)
  • 10–16-assotsatsiyaning 7 ta g'olibi
  • 7–9-assotsatsiyaning 3 ta ikkinchi o'rini
  • 1–6-assotsiatsiyalardan uchinchi oʻrinni egallagan 5 ta jamoa (Italiyadan tashqari)
  • 1–3-assotsiatsiyalardan to'rtinchi o'rinni egallagan 3 ta jamoa
  • Ikkinchi saralash bosqichidan 14 nafar g'olib
Guruh bosqichi
(32 jamoa)
  • 1 ta amaldagi Chempionlar ligasi chempioni (Milan)
  • 1–9-assotsiatsiyalardan 9 ta chempion
  • 1–6-assotsiatsiyalardan 6 nafar ikkinchi oʻrin
  • Uchinchi saralash bosqichidan 16 nafar g'olib
Pley off bosqichi
(16 jamoa)
  • Birinchi guruh bosqichidan 8 ta guruh gʻoliblari
  • Birinchi guruh bosqichidan 8 ta guruh ikkinchi oʻrinlari
Guruh bosqichi
Ispaniya Real Madrid Angliya Manchester Yunayted F.C. Fransiya Olympique Lyonnais Niderlandiya PSV Eindhoven
Ispaniya Real Sociedad Angliya Arsenal Fransiya Monaco Turkiya Beşiktaş
Italiya Juventus Germaniya Bayern Munich Gretsiya Olympiacos Portugaliya Portu
Italiya Internazionale Germaniya VfB Stuttgart Gretsiya Panathinaikos Italiya Milan
Uchunchi kvalifikatsiya bosqichi
Ispaniya Deportivo de La Coruña Germaniya Borussia Dortmund Ukraina Dynamo Kyiv
Ispaniya Celta de Vigo Fransiya Marseille Rossiya Lokomotiv Moscow Belgiya Club Bryugge
Italiya Latsio Gretsiya AEK Athens Chexiya Sparta Prague Avstriya Austria Wien
Angliya Newcastle Yunayted Niderlandiya Ayaks Shotlandiya Rangers Shveysariya Grasshopper
Angliya Chelsea Turkiya Galatasaray
Ikkinchi kvalifikatsiya bosqichi
Rossiya CSKA Moscow Avstriya GAK Daniya Copenhagen Bolgariya CSKA Sofia
Chexiya Slavia Prague Norvegiya Rosenborg Shvetsiya Djurgården Ruminiya Rapid București
Shotlandiya Celtic Isroil Maccabi Tel Aviv Serbiya Partizan Vengriya MTK Budapest
Ukraina Shakhtar Donetsk Xorvatiya Dinamo Zagreb Slovakiya Žilina Sloveniya Maribor
Belgiya Anderlecht Polsha Wisła Kraków
Birinchi kvalifikatsiya bosqichi
Kipr Omonia Islandiya Knattspyrnufélag Reykjavíkur Malta Sliema Wanderers Shimoliy Irlandiya Glentoran
Finlandiya HJK Belarus BATE Borisov Uels Barry Town Albaniya Tirana
Latviya Skonto Litva FBK Kaunas Estoniya Flora Tallinn Farer orollari Havnar Bóltfelag
Gruziya Dinamo Tbilisi Republic of Ireland Bohemians Bosniya va Gersegovina Leotar Lyuksemburg Grevenmacher
Moldova Sheriff Tiraspol Shimoliy Makedoniya Vardar Armaniston Pyunik Qozogʻiston Irtysh Pavlodar

Tur va qur'a sanalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barcha qur'a tashlash marosimlari UEFAning Nyon shahridagi qarorgohida (Shveysariya) bo'lib o'tdi[7]

Bosqich Raund O'tkazilish vaqti Birinchi o'yin Ikkinchi o'yin
Kvalifikatsiya Birinchi valifikatsiya bosqichi 20-iyul 2003-yil 16-Iyul 2003-yil 23-Iyul 2003-yil
Ikkinchi kvalifikatsiya bosqichi 30-Iyul 2003-yil 6-Avgust 2003-yil
Uchinchi kvalifikatsiya bosqichi 25-Iyul 2003-yil 12–13-Avgust 2003-yil 26–27-Avgust 2003-yil
Guruh bosqichi O'yin kuni 1 28-Avgust 2003-yil
(Monaco)
16–17-Sentabr 2003-yil
O'yin kuni 2 30-Sentabr – 1-October 2003-yil
O'yin kuni 3 21–22-Oktabr 2003-yil
O'yin kuni 4 4–5-Noyabr 2003-yil
O'yin kuni 5 25–26-Noyabr 2003-yil
O'yin kuni 6 9–10-Dekabr 2003-yil
Pley off bosqichi Round of 16 12-Dekabr 2003-yil 24–25-Fevral 2004-yil 9–10-Mart 2004-yil
Chorak final 12-Mart 2004-yil 23–24-Mart 2004-yil 6–7-April 2004-yil
Yarim final 20–21-Aprel 2004-yil 4–5-May 2004-yil
Final 26-May 2004-yil Arena AufSchalke, Gelsenkirchen

Kvalifiktsiya bosqichi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi kvalifikatsiya raundi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoa #1  Umumiy  Jamoa #2 1-uchrashuv 2-uchrashuv
[Pyunik Armaniston 2–1 Islandiya Knattspyrnufélag Reykjavíkur 1–0 1–1
Sheriff Tiraspol Moldova 2–1 Estoniya Flora Tallinn 1–0 1–1
Havnar Bóltfelag Farer orollari 1–5 Litva FBK Kaunas 0–1 1–4
BATE Borisov Belarus 1–3 Republic of Ireland Bohemians 1–0 0–3
Vardar Shimoliy Makedoniya 4–2 Uels Barry Town 3–0 1–2
Grevenmacher Lyuksemburg 0–2 Bosniya va Gersegovina Leotar 0–0 0–2
Glentoran Shimoliy Irlandiya 0–1 Finlandiya Helsingin Jalkapalloklubi 0–0 0–1
Sliema Wanderers Malta 3–3 (a) Latviya Skonto 2–0 1–3
Omonia Kipr 2–1 Qozogʻiston Irtysh Pavlodar 0–0 2–1
Dinamo Tbilisi Gruziya 3–3 (2–4 p) Albaniya KF Tirana 3–0 0–3 (aet)

Ikkinchi kvalifikatsiya raundi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoa #1  Umumiy  Jamoa #2 1-uchrashuv 2-uchrashuv
MTK Hungária FC Vengriya 3–2 Finlandiya Helsingin Jalkapalloklubi 3–1 0–1
Pyunik Armaniston 0–3 Bolgariya PFC CSKA Sofia 0–2 0–1
FBK Kaunas Litva 0–5 Shotlandiya Celtic 0–4 0–1
Leotar Bosniya va Gersegovina 1–4 Chexiya Slavia Prague 1–2 0–2
Sheriff Tiraspol Moldova 0–2 Ukraina Shakhtar Donetsk 0–0 0–2
Žilina Slovakiya 2–1 Isroil Maccabi Tel Aviv 1–0 1–1
Bohemians Republic of Ireland 0–5 Norvegiya Rosenborg 0–1 0–4
Maribor Sloveniya 2–3 Xorvatiya Dinamo Zagreb 1–1 1–2
CSKA Moscow Rossiya 2–3 Shimoliy Makedoniya Vardar 1–2 1–1
Rapid Bucureşti Ruminiya 2–3 Belgiya Anderlecht 0–0 2–3
Partizan Serbiya va Chernogoriya 3–3 (a) Shvetsiya Djurgården 1–1 2–2
Wisła Kraków Polsha 7–4 Kipr Omonia 5–2 2–2
Copenhagen Daniya 10–1 Malta Sliema Wanderers 4–1 6–0
KF Tirana Albaniya 2–7 Avstriya GAK 1–5 1–2

Uchinchi kvalifikatsiya raundi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoa #1  Umumiy  Jamoa #2 1-uchrashuv 2-uchrashuv
Vardar Shimoliy Makedoniya 4–5 Chexiya Sparta Prague 2–3 2–2
MTK Vengriya 0–5 Shotlandiya Celtic 0–4 0–1
Rangers Shotlandiya 3–2 Daniya Copenhagen 1–1 2–1
Austria Wien Avstriya 0–1 Fransiya Marsel 0–1 0–0
Club Brugge Belgiya 3–3 (4–2 p) Germaniya Borussia Dortmund 2–1 1–2 (aet)
Shakhtar Donetsk Ukraina 2–3 Rossiya Lokomotiv Moscow 1–0 1–3
Lazio Italiya 4–1 Portugaliya Benfica 3–1 1–0
Dynamo Kyiv Ukraina 5–1 Xorvatiya Dinamo Zagreb 3–1 2–0
Rosenborg Norvegiya 0–1 Ispaniya Deportivo La Coruña 0–0 0–1
Grasshopper Shveysariya 2–3 Gretsiya AEK Athens 1–0 1–3
MŠK Žilina Slovakiya 0–5 Angliya Chelsea 0–2 0–3
Celta Vigo' Ispaniya 3–2 Chexiya Slavia Prague 3–0 0–2
Partizan Serbiya va Chernogoriya 1–1 (4–3 p) Angliya Newcastle United 0–1 1–0 (aet)
Galatasaray Turkiya 6–0 Bolgariya CSKA Sofia 3–0 3–0
Anderlecht Belgiya 4–1 Polsha Wisła Kraków 3–1 1–0
Grazer AK Avstriya 2–3 Niderlandiya Ayaks 1–1 1–2 (aet)

Guruh bosqichi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uchinchi saralash bosqichining 16 nafar gʻolibi, 1–10-oʻrinlarni egallagan mamlakatlardan 10 nafar chempion va 1–6-oʻrinlarni egallagan mamlakatlardan ikkinchi oʻrinni egallagan oltita jamoa har biri toʻrtta jamoadan iborat sakkizta guruhga boʻlingan. Har bir guruhning eng yaxshi ikki jamoasi Chempionlar ligasining ikkinchi guruh bosqichiga, uchinchi oʻrinni egallagan jamoalar esa UEFA kubogining uchinchi bosqichiga yoʻl oladi. Agar Taybreaklar kerak bo'lsa quyidagicha hisoblanadi:

  • Bir xil ochko to'plagan jamoalar o'rtasida o'zaro o'yinlar natijasiga qaraladi.
  • Bir xil ochko to'plagan jamoalar o'rtasida o'zaro o'yinlarda urilgan gollar.
  • Bir xil ochko to'plagan jamoalar o'rtasida o'zaro o'yinlarda mehmonda urilgan gollar.
  • Guruhdagi barcha o'yinlardagi to'plar farqi.
  • Guruhdagi barcha o'yinlarda kiritilgan umumiy gollar.

Real Sosedad, Selta, Shtutgart va Partizan guruh bosqichida debyut qildi. Bu mavsum Chempionlar ligasi tarixida birinchi marta Gretsiyaning uchta klubi guruh bosqichida ishtirok etishdi.

Xaritada 2003–04-UEFA Chempionlari ligsi Guruh bosqichi.
Jigar rang: A guruhi; Qizil: B guruhi; Olov rang: C guruhi; Sariq: D guruhi;
Yashil: E guruhi; Ko'k: F guruhi; Binafsha rang: G guruhi; Pushti: H guruhi.


Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1 Fransiya Lyon 6 3 1 2 7 7 0 10 Yo'llanma oldi Pley off bosqichiga
2 Germaniya Bayern Munich 6 2 3 1 6 5 +1 9
3 Shotlandiya Celtic 6 2 1 3 8 7 +1 7 Kurashni davom ettiradi UEFA kubogida
4 Belgiya Anderlecht 6 2 1 3 4 6 −2 7
Manba: RSSSF


Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1 Angliya Arsenal 6 3 1 2 9 6 +3 10 Yo'llanma oldi Pley off bosqichiga
2 Rossiya Lokomotiv Moscow 6 2 2 2 7 7 0 8
3 Italiya Internazionale 6 2 2 2 8 11 −3 8 Kurashni davom ettiradi UEFA kubogida
4 Ukraina Dynamo Kyiv 6 2 1 3 8 8 0 7
Manba: [1]
Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1 Fransiya Monaco 6 3 2 1 15 6 +9 11 Yo'llanma oldi Pley off bosqichiga
2 Ispaniya Deportivo La Coruña 6 3 1 2 12 12 0 10
3 Niderlandiya PSV Eindhoven 6 3 1 2 8 7 +1 10 Kurashni davom ettiradi UEFA kubogida
4 Gretsiya AEK Athens 6 0 2 4 1 11 −10 2
Manba: [2]


Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1 Italiya Juventus 6 4 1 1 15 6 +9 13 Yo'llanma oldi Pley off bosqichiga
2 Ispaniya Real Sociedad 6 2 3 1 8 8 0 9
3 Turkiya Galatasaray 6 2 1 3 6 8 −2 7 Kurashni davom ettiradi UEFA kubogida
4 Gretsiya Olympiacos 6 1 1 4 6 13 −7 4
Manba: [3]
Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1 Angliya Manchester United 6 5 0 1 13 2 +11 15 Yo'llanma oldi Pley off bosqichiga
2 Germaniya Stuttgart 6 4 0 2 9 6 +3 12
3 Gretsiya Panathinaikos 6 1 1 4 5 13 −8 4 Kurashni davom ettiradi UEFA kubogida
4 Shotlandiya Rangers 6 1 1 4 4 10 −6 4
Manba: [4]


Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1 Ispaniya Real Madrid 6 4 2 0 11 5 +6 14 Yo'llanma oldi Pley off bosqichiga
2 Portugaliya Porto 6 3 2 1 9 8 +1 11
3 Fransiya Marseille 6 1 1 4 9 11 −2 4 Kurashni davom ettiradi UEFA kubogida
4 Serbiya va Chernogoriya Partizan 6 0 3 3 3 8 −5 3
Manba: [5]


Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1 Angliya Chelsea 6 4 1 1 9 3 +6 13 Yo'llanma oldi Pley off bosqichiga
2 Chexiya Sparta Prague 6 2 2 2 5 5 0 8
3 Turkiya Beşiktaş 6 2 1 3 5 7 −2 7 Kurashni davom ettiradi UEFA kubogida
4 Italiya Latsio 6 1 2 3 6 10 −4 5
Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1 Italiya Milan 6 3 1 2 4 3 +1 10 Yo'llanma oldi Pley off bosqichiga
2 Ispaniya Celta Vigo 6 2 3 1 7 6 +1 9
3 Belgiya Club Brugge 6 2 2 2 5 6 −1 8 Kurashni davom ettiradi UEFA kubogida
4 Niderlandiya Ayaks 6 2 0 4 6 7 −1 6
Manba: [6]


Pley off bosqichi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoa #1  Umumiy  Jamoa #2 1-uchrashuv 2-uchrashuv
Bayern Munich Germaniya 1–2 Ispaniya Real Madrid 1–1 0–1
Celta Vigo Ispaniya 2–5 Angliya Arsenal 2–3 0–2
Deportivo La Coruña Ispaniya 2–0 Italiya Yuventus 1–0 1–0
Lokomotiv Moscow Rossiya 2–2 (a) Fransiya Monaco 2–1 0–1
Porto Portugaliya 3–2 Angliya Manchester United 2–1 1–1
Real Sociedad Ispaniya 0–2 Fransiya Lyon 0–1 0–1
Sparta Prague Chexiya 1–4 Italiya Milan 0–0 1–4
VfB Stuttgart Germaniya 0–1 Angliya Chelsea 0–1 0–0
Jamoa #1  Umumiy  Jamoa #2 1-uchrashuv 2-uchrashuv
Chelsea Angliya 3–2 Angliya Arsenal 1–1 2–1
Milan Italiya 4–5 Ispaniya Deportivo La Coruña 4–1 0–4
Porto Portugaliya 4–2 Fransiya Lyon 2–0 2–2
Real Madrid Ispaniya 5–5 (a) Fransiya Monaco 4–2 1–3
Jamoa #1  Umumiy  Jamoa #2 1-uchrashuv 2-uchrashuv
Monaco Fransiya 5–3 Angliya Chelsea 3–1 2–2
Porto Portugaliya 1–0 Ispaniya Deportivo La Coruña 0–0 1–0

Musobaqa g'olibi sifatida Portu Qit'alararo kubok 2004da Yevropani sharafini himoya qildi.

26-May 2004-yil
20:45
Monaco Fransiya 0–3 Portugaliya Porto Arena AufSchalke, Gelsenkirchen
Tomoshabinlar: 53,200
Hakam: Kim Milton Nielsen (Denmark)
Report Carlos Alberto Gol 39'
Deco Gol 71'
Alenichev Gol 75'


Eng yaxshi to'purar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
O'rin O'yinchi Jamoa Goal O'ynagan daqiqasi
1 Ispaniya Fernando Morientes Fransiya Monaco 9 1026
2 Xorvatiya Dado Pršo Fransiya Monaco 7 512
3 Niderlandiya Roy Makaay Germaniya Bayern Munich 6 720
Urugvay Walter Pandiani Ispaniya Deportivo La Coruña 6 773
5 Kot-dʼIvuar Didier Drogba Fransiya Marseille 5 515
Turkiya Hakan Şükür Turkiya Galatasaray 5 539
Braziliya Juninho Fransiya Lyon 5 799
Fransiya Thierry Henry Angliya Arsenal 5 888
9 Fransiya David Trezeguet Italiya Juventus 4 359
Belgiya Wesley Sonck Niderlandiya Ajax 4 401
Niderlandiya Ruud van Nistelrooy Angliya Manchester United 4 596
Ispaniya Albert Luque Ispaniya Deportivo La Coruña 4 640
Janubiy Afrika Benni McCarthy Portugaliya Porto 4 643
Braziliya Ronaldo Ispaniya Real Madrid 4 729
Ukraina Andriy Shevchenko Italiya Milan 4 765
Braziliya Kaká Italiya Milan 4 780
Fransiya Ludovic Giuly Fransiya Monaco 4 783
Fransiya Robert Pires Angliya Arsenal 4 852
Angliya Frank Lampard Angliya Chelsea 4 1035

Eng yaxshi assistentlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
O'rin O'yinchi Jamoa Assislar O'ynagan daqiqalari
1 Portugaliya Deco Portugaliya Porto 6 1060
Fransiya Jérôme Rothen Fransiya Monaco 6 1073
3 Fransiya Thierry Henry Angliya Arsenal 5 890
4 Islandiya Eiður Guðjohnsen Angliya Chelsea 4 559
Uels Ryan Giggs Angliya Manchester United 4 679
Fransiya Florent Malouda Fransiya Lyon 4 703
Fransiya Ludovic Giuly Fransiya Monaco 4 789
Braziliya Cafu Italiya Milan 4 808








ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/UEFA_Chempionlar_Ligasi_2003/04-yilgi_mavsum

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy