Content-Length: 72031 | pFad | https://uz.wikipedia.org/wiki/Ustritsalar

Ustritsalar - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Ustritsalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ustritsalar (Ostreidae) — dengiz ikki pallali mollyuskalari oilasi. Chigʻanogʻining bal. 45 sm gacha, toʻgarak yoki oval — ponasimon shaklda, tishsiz. Odatda, germafrodit, baʼzi turlari ayrim jinsli. Urugʻ hujayralari suv oqimi bilan mantiya boʻshligiga oʻtib, tuxumlarni urugʻlantiradi. 0,3—6 mln. tuxum qoʻyadi. Lichinkasi suvda rivojlanadi. Bir necha 10 ta turi bor. Sohil chizigʻidan boshlab 60 m chuqurlikkacha tarqalgan. Harakatsiz, chigʻanogʻi chap tomoni bilan substratga yopishib yashaydi. U. dengiz tubida koʻp qavat boʻlib joylashgan minglab mollyuskalardan iborat "ustritsa bankalari"ni hosil qiladi. Suvni filtrlab oziqlanadi; tanasida ogʻir metallar va zaharli moddalarni toʻplash xususiyatiga ega. Muskullari yeyiladi. Maxsus dengiz plantatsiyalarida (asosan, Yaponiya, Amerika, Fransiyada) koʻpaytiriladi.












ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Ustritsalar

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy