Yevropa parlamenti
Yevropa parlamenti— Yevropa Ittifoqi muassasalaridan biri. Uni Yevropa Ittifoqiga aʼzo mamlakatlar fuqarolari toʻgʻridan-toʻgʻri saylovlar orqali 5 yil muddatga saylaydi. Bunda davlatlarning aholi soni va Ittifoq, doirasidagi ulushi hisobga olinadi (masalan, Germaniya 96 mandatga, Fransiya - 74 mandatga, Italiya - 73 mandatga, Ispaniya — 54 va hakozo mandatga ega). Yevropa parlamentining har oyda boʻladigan sessiyalari Strasbur (Fransiya)da, favqulodda majlislari — Bryussel (Belgiya)da oʻtadi. Bu shaharlarda Yevropa parlamenti qoʻmitalari ishlaydi, kotibiyati — Lyuksemburg shahrida[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |