Kontent qismiga oʻtish

Janubiy Avstraliya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Janubiy Avstraliya - Avstraliya Ittifoqidagi shtat. Hind okeanining Katta Avstraliya qoʻltigʻi sohilida. Mayd. 984 ming km2. Aholisi 1,5 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Adelaida sh.

Shtat hududining relyefi asosan, tekislik, togʻ massivlari ham uchraydi (Styuart, Masgreyv va b.). Quruq oʻzanlar va koʻllar (Eyr, Gerdner, Torrens) bor. Eng katta daryosi — Murrey. Shtat xududining choʻl va chala choʻldan iborat shim. va shim.-gʻarbida yiliga 100–200 mm yogʻin tushadi. Jan. va janubi-sharqida iqlim moʻʼtadil, 500–1000 mm yogʻin yogʻadi, tuprogʻi unumdor. Yillik oʻrtacha temperatura 20°, yanvarniki — 30°.

Shtat ekin maydonining qariyb 25% iga bugʻdoy ekiladi. Bogʻ koʻp. Mevachilik va tokchilik rivojlangan. Xoʻjaligining asosiy tarmogʻi — yaylov chorvachiligi (qoʻy, qoramol, ot, choʻchqa boqiladi).

Konchilik (mis va temir rudalari, toshkoʻmir, tabiiy gaz olinadi) rivojlangan. Sanoatda qora va rangli metallurgiya yetakchi oʻrinda. Kemasozlik, mashinasozlik (qarang x. mashinalari, avtomobilsozlik, raketasozlik), neft kimyosi sanoati korxonalari bor. Shtatning jan. qismida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat korxonalari joylashgan. Vino ishlab chiqarish yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Yirik sanoat markazlari: Adelaida va Port-Agasta.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy