Bretan

Fransiya shimoli-gʻarbidagi yarim orol

Bretan (fransuzcha: Bretagne) — Fransiya shimoli-gʻarbidagi yarim orol. Maydoni 35 ming km2, uz. 200 km. Qirgʻoqlari tik, kuchli yemirilgan. Yer yuzasi sertepa tekislik, balandligi 384 m gacha (Armorikan qiri). Oʻrtacha yillik yogʻin 800–1200 mm. Dub, qoraqayin oʻrmonlari bor. Vereska chakalakzorlari, torfli yerlar keng tarqalgan. Sabzavotchilik, goʻsht-sut chorvachiligi rivojlangan, baliq ovlanadi. Yirik port shaharlari — Nant va Brest.

Fransiya xaritasida Bretan qizil bilan koʻrsatilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy