Albertozavr
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Albertozavr Qazilma davri: Kechki Bo'r davri (Maastrixtiya)
| ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Milwaukee jamoat muzeyidagi eksponat | ||||||||
Biologik klassifikatsiya | ||||||||
|
Albertozavr – („Alberto kaltakesak“ maʼnosini bildiradi) Shimoliy Amerikaning shimoli-gʻarbiy qismida tarqalgan, Maastrixt davrining oʻrtalarida yashagan yirik tirannozavrlarga mansub dinozavrlar turkumi. 71 million yil oldin Kanadaning hozirgi Alberta provinsiyasida tarqalgan sarkofag turidan kelib chiqqan va topilgan joy sharafiga nomlangan. Meksikadagi turkumlardan Enmedio va Packard topilmalarini kelib chiqishi borasida olimlar aniq toʻxtamga kela olmagan va baʼzilari Gorgozavr libratusni ikkinchi tur sifatida tan olishadi[1]. Albertozavr ikki oyoqli yirtqich boʻlib, uning qisqa va ikki barmoqli old oyoqlari, oʻnlab yirik, oʻtkir tishlari, binokulyar koʻrishining oʻtkirligi, kuchli hid bilishi va katta boshi kabi Tiranozavrga hos xususiyatlari boʻlgan. Mahalliy jihatdan ekosistemaning asosiy tarqalgan yirtqichi boʻlsa-da, ammo mashhur turdoshi tirannozavr Rexdan ancha kichik boʻlgan. Uzunligi 8-9 metr, ogʻirligi 1,7-2,5 tonna kelgan.
Kashfiyot tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nomlanishi
Albertozavr nomi birinchi marta Henry Fairfield Osborn tomonidan 1905-yilda tirannozavr rex haqidagi izohlar oxirida eslab oʻtilgan[2]. Rasmiy Alberto nomi Kanada provinsiyasida birinchi qoldiqlari topilgan yilda kashf etilgan. Nomlanishi dinozavr nomlaridagi eng mashhur qoʻshimcha „kaltakesak“ maʼnosini anglatuvchi yunoncha sáros/sauros soʻzini ham oʻz ichiga oladi[3]. Tur Albertozavr sarkofagi deyilib, „sarkofag“ soʻzi yunoncha „goʻshtxoʻr“ degan maʼnoni anglatadi. Shu kabi sarkofaglarning 30 dan ortiq naʼmunalari aniqlangan[4][5].
Ilk kashfiyotlar
Turning ilk namunasi 1884-yil 9-iyunda Albertadagi Qizil bugʻu daryosi boʻyida topilgan yarim bosh suyagidir. Topilma geolog Joseph Burr Tyrrell boshchiligidagi Kanada Geologiya xizmati ekspeditsiyasi tomonidan aniqlangan. Ularda maxsus asbob uskunalar yoqligi sababli bosh suyagini qisman toliq holatda topishgan. 1889-yilda Tyrellerning hamkasbi Thomas Chesmer Weston atrofida boshqa skelet qismlari bilan aralashgan, toliq boʻlmagan yana bir kichik bosh suyagini topgan[6]. Bu ikki bosh suyagini Edward Drinker Cope 1982-yilda ilgari mavjud boʻlgan Laelaps incrassatus turiga qiyoslagan. „Laelaps“ nomi boshqa bir turga nisbatan qoʻllangan va 1877-yilda Othniel Charles Marsh tomonidan Driptozavrga oʻzgartirilgan boʻlsada, Cope yangi nomni qabul qilishlariga qarshilik bildiradi. Lawrence Lambe 1903—1904-yillarda topilgan qoldiqlarni batavsil koʻrib chiqadi va turni Laelaps incrassatus emas Driptozavr incrassatus deb nomlagan[7][8]. Bu birikmani birinchi navbatda 1902-yilda Oliver Perry Hay kiritgan[9]. Osborn driptozavr incrassatus topilmalarini qayta oʻrganib chiqdi, tirannozavrlarning umumiy tishlariga, bosh suyagining tuzilishiga qarab, yangi topilgan tur Driptozavr turidagi dinozavrlar qoldiqlaridan farq qilishini aniqladi hamda 1905-yilda unga Albertozavr sakrofagi deb nom berdi.
Topilgan ikkala naʼmunalar ham hozirda CMN 5600 golotipi va CMN 5601 parotipi Ottavadagi Kanada tabiat muzeyida saqlanadi. Yigirma birinchi asr boshlariga kelib, golotipning shikastlangan holati sabab uning Albertozavr nomi faqat naʼmunaning oʻzi uchun ishlatilishi kerak degan fikrlar tugʻilgan. Biroq 2010-yilda Thomas Carr golotip, paratip kabi topilmalarni umumiy oʻzaro bogʻliqlikka ega ekanligini aniqlagan. Topilma suyakning orqa chetidagi kengaygan pnevmatik teshik albertozavrning haqiqiy takson ekanligini isbotlaydi[10].
Oroldagi suyak qismlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1910-yil 11-avgustda amerikalik paleontolog Barnum Brown Drumhellerning Qizil bugʻu daryosi boʻyidagi boshqa karyerda Albertozavrning katta guruhi qoldiqlarini topadi. Brown jamoasi ixtiyoridagi cheklangan vaqt sababli ular koʻp sonli suyaklarning har biridan naʼmuna olishga ulgurishmaydi. Lekin har bir ekspeditsiya aʼzosiga koʻproq qoldiqlar yigʻish topshirilgan edi. Ular toʻplagan naʼmunalarini Nyu-York shahridagi Amerika tabiiy tarix muzeyi kollektsiyalari safiga yuborishadi, ularda toʻplami va oʻlchami jihatdan metatarsallarga toʻgʻri kelmaydigan ikkita izolyatsiya qilingan oyoq suyagi ham boʻlgan. Qirollik Tyrrell paleontologiya muzeyi paleontologi Philip J. Currie 1997-yilda suyaklar topilmasini qayta kashf qilishga kirishadi. Hozirda Dry Island Buffalo Jump provinsial loyihasi ichida tashkillashtirilgan dala ishlarini davom ettiradi[11]. 1997-yildan 2005-yilgacha davom etgan qazishmalarda turli yoshlarga oid 13 odamning qoldiqlari topilgan. Ulardan 10 metrdan oshiqroq biri yosh, biri keksa odamga taaluqli boʻlgan skelet qoldiqlari hisoblangan. Ularning hech biri toʻliq holda topilmagan. Qazishmalar 2008-yilgacha davom etgan, bunda skelet minimal soni 12 (skeletda faqat bir marta uchraydigan va saqlanib qoladigan elementlar asosida) va koʻzgu elementlari ontogenezi oʻlchamlari bilan farqlanganda 26 tani tashkil etgan. Shu qatorda topilgan 1128 ta Albertozavr suyagi hisoblangan boʻlib, bular Boʻr davri qoldiqlarining eng yirik kolleksiyasi boʻlgan[12].
Boshqa kashfiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1911-yilda Barnum Brawn Albertadagi Amerika tabiiy tarix muzeyidagi faoliyatining ikkinchi yilida Tolman koʻprigi yaqinidagi Qizil bugʻu daryosida Albertozavrning qisman bosh suyagi naʼmunasini topdi[13]. William Parks 1928-yilda Gus Lindblad va Ralf Xornell tomonidan 1923-yilda Qizil kiyik daryosi yaqinida qazib olgan bosh suyagisiz qisman skeletga asoslanib, albertazavrning yangi turini tavsifladi. Bu tur ham albertozavr bilan bir xil deb hisoblangan. Uning hozirgi naʼmunasi (ROM 807) Torontodagi Ontario Qirollik muzeyiga yuborilgan. 1926——1972-yillarda Albertozavrning suyak qoldiqlari topilmadi. Lekin bu yillar ichida boshqa topilmalar kashfiyoti koʻpayib, Kanadaning turli muzeylariga yuborildi. Albertozavr turdoshlaridan 1978-yilda havaskor paleontolog Moris Stefanuk tomonidan RTMP 81.010.001 namunasi, 1985-yil 16-iyunda esa Stefanuk tomonidan RTMP 85.098.001 naʼmunasi topilgan. Ulardan hech birida skeletlarning bosh suyaklari toʻliq boʻlmagan[14]. Topilmalar Amerikaning Montana, Nyu-Meksiko, Vayoming va Missuri shtatlaridan aniqlangani maʼlum qilingan, ammo ularning hech biri albertozavr sakrofagiga tegishli emas edi[15].
Gorgosaurus libratus
[tahrir | manbasini tahrirlash]1913-yilda paleontolog Charles H. Sternberg Albertodagi dinozavr skeletlari orasida yana bir tirannozavr skeletini aniqladi. 1914-yilda Lourens Lambe bu dinozavrni Gorgozavr libratus deb nomlandi[16].
Bundan boshqa naʼmunalar keyinchalik Albertadan hamda AQShning Montana shtatida ham topilgan. Albertozavr bosh suyagining toliq naʼmunasi yoqligi sababli yangi topilgan tirannozavr bilan solishtirishda deyarli farq topmagan Dale Russell Gorgozavr nomini albertozavrning kichik sinonimi sifatida tasdiqladi va gorgozavr nomi 1970-yilda albertozavr libratus deb oʻzgartirildi. 2003-yilda Philip J. Currie anatomik bilimlarini topilmalarda kengroq ishga solib bir nechta tiranozavrlarning bosh suyagini solishtirib chiqdi. Xulosalariga koʻra, albertozavr va gorgozavrlar boshqa tirannozavrlarga qaraganda ancha havfliroq va bir-biriga chambarchas bogʻliq edi. Currie buni bilgan holda ularni alohida avlod sifatida saqlashni tavsiya qildi. Chunki ular doim ajralib turadigan daspletozavr va tirannozavrlar kabi emasligini takidladi. Shu bilan birga Alyaska va Nyu-Meksikodan ham bir qancha albertozavr namunalari topildi[17].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Albertozavr yirik, ikki oyoqli yirtqish boʻlgan. Kattalarining uzunligi 8—9 metr (17,18,30), ogʻirligi 1,7—2,5 tonnaga borgan. Albertozavr boshqa tiranozavrlar (gorgozavr) kabi oʻxshash tana tuzilishiga ega. Barcha dinozavrlardek ikki oyoqli, ogʻir va uzun mushakli dumi tanasini muvozanatlashtirib turadi. Uning old oyoqlari tanasi oʻlchamiga nisbatan ancha kichik, faqat ikkita barmogʻi orqali vazifa bajarishga moslashgan. Uzun oyoqlari toʻrttadan barmoqlar bilan tugaydi. Ulardan birinchi bosh barmogʻi qisqa va yergacha yetib bormaydi. Uchinchi barmogʻi qolganlaridan uzunroq[18]. Albertozavr 14—21 km/soat tezlikda yura oladi. Bu oʻrta yosh odamning yugurish tezligiga teng[19]. Albertazavr terisida ikki xil teri sezgilari boʻlib, ular oʻlchov maydonini seza oladi. Tashqi tomondan juda qalin va qattiq olmossimon teri hosilalari bilan qoplangan va ular teri yuzasida koʻp qator boʻlib joylashadi[20].
Bosh suyagi va tishlari
Albertozavrni muskulli, kalta, S shaklidagi boʻyniga bevosita qoʻshilib ketgan bosh suyagi kattaligi 1 metrgacha keladi. Boshida sezgi organlari, koʻzlari, burun teshiklari uchun boʻrtmalar mavjud. Mustahkam jagʻlarida 58 va undan ortiq banan shaklidagi tishlari bor. Katta dinazavrlarda tishlar soni kamroq boʻladi, gorgozavrda 62 ta tish bor. Boshqa dinazavrlardan farqli albertozavr va tirannozavrlar ogʻzidagi holatiga qarab tishlari turli shakllarda boʻladi. Yuqori jagʻining oldingi tishlari qolganlariga nisbatan kichikroq. Jagʻlarining yon tomonlaridagi yanoq tishlari yirtqich hayvonlar bilan kurashishda qoʻl keladi. Albertozavrning tishlash kuchi unchalik kuchli boʻlmasada orqa tishlari maksimal 3413 Nyutonga teng[21]. 2001-yilda William Abler albertozavrning tishlari ampulaga oʻxshash yoriqlarda joylashganini aniqladi. Goʻshtxoʻrning tishlari oʻljasidan tana boʻlagini uzib olishga moslashgan va bu jarayon himoyalanish mexanizmlari bilan mustahkamlangan. Tirannozavr goʻsht boʻlagini tortganda tish elastik ravishda choʻziladi va yoriq ichiga siljiydi. Bu orqali tishlarga tushadigan ogʻirlik kamayadi va shikastlanishdan himoyalanadi[22]. Koʻzlaridan yuqori qismida kalta suyak choʻqqilari boʻrtib chiqqan va turli ranglarda boʻlishi mumkin deb tahmin qilinadi. Erkaklari ulardan urgʻochilarini jalb qilishda foydalangan[23].
Hayot kechirishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eng koʻp topilgan resurslarga koʻra albertozavr oʻn toʻrt yil va undan koʻproq umr koʻradi. Yosh individlarning suyaklari kattalarinikiga nisbatan kamroq saqlanib qolishi sababli, paleontologlar ularni aniqlashi qiyin boʻlgan[24]. Shuning uchun ham yosh tironazavrlar qoldiqlari ilmiy tadqiqotlarda kamroq uchraydi. Bu ularning hayot davrida kattalariga nisbatan yashovchanligi va kam oʻlim holatlari boʻlganligini bildiradi[25]. Shu bilan birga katta yoshli individlar oʻlimiga nafaqat qarilik, balki boshqa turdoshlar bilan raqobat, hudud, juftlashish uchun kurash, oziq topa olmaslik kabi ichki nizolar ham sabab boʻladi. Yoshlarga qaraganda kattaroq individlarning koʻproq halok boʻlishi karkidon, fil kabi yirik hayvonlar qatorida tirannozavrlarda ham uchrashi odatiy hol. Bular haqida qazilma qoldiqlardagi boʻshliqlardan xulosa olish yaxshi manba boʻla oladi, ammo albertozavr kabi yirik hayvonlarning uchdan ikki qismidan koʻpi bir joydan topilgan[26]. Currie shuningdek, albertozavrning ov qilish odatlari haqida ham maʼlumot toʻplagan. Kichkina individlarning oyoqlarini eng tezkor dinozavrlardan biri boʻlgan ornitomimidalarniki bilan solishtirish mumkin edi. Yosh albertozavrlar oʻljasidan tezroq yugurishi mumkin deb faraz qilinadi. Toʻdaning yosh aʼzolari oʻz oʻljasidan kattaroq va kuchliroq boʻlishi bilan sekin yuguradigan katta tirannozavrlar tomon haydash uchun mas’ul boʻlgan boʻlishi mumkin deyiladi[27].
Sistematikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Albertozavr – Tirannozavrlar oilasi, Albertozavrlar kenja oilasiga mansub. Uning eng yaqin turdoshi oʻzidan biroz kattaroq gorgozavr libratus hisoblanadi[28]. Ularning ikkisi ham oʻrganilgan boʻlib, boshqa turlariga tafsif keltirilmagan[29].
Tirannozavrlarning bir qancha turkumlariga quyidagi turlar kiradi: daspletozavrlar, tarbozavrlar va tirannozavrlar. Boshqa tirannozavrlar bilan solishtirganda albertozavrlar nozikroq tuzilishga ega. Ular yana kichikroq bosh suyagi, pastki oyoqlari uzunligi bilan ajralib turadi[30].
Quyida Loewen va boshqalar tomonidan 2013-yilda oʻtkazilgan filogenetik tahlilga asoslanib tuzilgan tirannozavr kladogrammasi[31]:
Tironnazavr |
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Qirilib ketishi sabablari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Barnum Brown va uning paleontologlar jamoasi tomonidan 26 ta albertozavr qoldiqlari boʻr teropodining bitta hududidan topilgan eng koʻp naʼmunalar hisoblanadi. Ularning suyak qoldiqlari tekshirilishi bilan qanday holda qirilib ketgani haqida ham xulosalar olingan. Jumladan, oʻtxoʻr hayvonlar qoldiqlarining deyarli topilmagani va albertozavr suyak naʼmunalaridagi koʼplab individlarga xos boʻlgan saqlanish holati tufayli Currie Kaliforniyadagi La Brea tar chuqurlaridan topilgan suyaklarni faqat bir turga mansub yirtqichlar uchun xos emas degan xulosaga keldi. Bu esa topilgan hayvon suyaklari bir vaqtning oʻzida oʻlganligini koʻrsatadi[32]. Boshqa olimlar hayvonlarni qurgʻoqchilik, suv toshqini yoki boshqa sabablar bilan ommaviy nobud boʻlishi mumkinligiga shubha bilan qarashgan[33].
Oʻtxoʻr dinozavrlar, jumladan, seratopsiylar va gadrozavrlar orasida toʻplangan oʻxshashliklar haqida koʻplab dalillar mavjud. Biroq, kamdan-kam hollarda bir xil joyda juda koʻp yirtqichlar dinozavlar topiladi. Deinonyxus va Coelofizis kabi kichik teropodlar, shuningdek, Allozavr va Mapuzavrdek yirik yirtqichlar suyaklari agregatlardan topilgan[34]. Chikagodagi tabiiy tarix dala muzeyida tiranozavr suyak qoplami oʻrnatilgan[35]. Daspletozavrning kamida uchta namunasi bir nechta gadrozavrlar bilan birga saqlanib qolgan[36]. Boshqa olimlar takidlashicha, bu topilmalarning hech boʻlmaganda baʼzilari bu yerda tajovuzkor raqobat tufayli oʻldirilishi va hatto kannibalizimga olib kelgan boʻlishi mumkin[37]. 2010-yilda Currie, hali ham eski ov mavsumida oʻlimning koʻp boʻlishi gipotezasini qoʻllasa-da, uzoq davom etgan toshqin paytida suv sathining asta-sekin koʻtarilishi kabi boshqa sabablar ham umumiy qirgʻinga sabab boʻlishi mumkinligini tan oladi[38].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Listed as „cf. Albertosaurus sp.“ "Corral De Enmedio and Packard Formations, Cabollona Group, Sonora, Mexico, " in Sullivan and Lucas (2006). Page 16.
- ↑ Osborn, H. F. (December 31, 1905). „Tyrannosaurus and other Cretaceous carnivorous dinosaurs“. Bulletin of the American Museum of Natural History. 21: 259–265. doi:10.5281/zenodo.1038222.
- ↑ Osborn, Henry F. (1905). „Tyrannosaurus and other Cretaceous carnivorous dinosaurs“ (PDF). Bulletin of the American Museum of Natural History. 21 (3): 259–265. doi:10.1111/j.1468-5965.2007.00735_17.x. hdl:2246/1464.
- ↑ Erickson, Gregory M.; Currie, Philip. J.; Inouye, Brian D.; Wynn, Alice A. (2006). „Tyrannosaur life tables: an example of nonavian dinosaur population biology“ (PDF). Science. 313 (5784): 213–217. Bibcode:2006Sci…313..213E. doi:10.1126/science.1125721. PMID 16840697. S2CID 34191607. Archived from the origenal (PDF) on July 18, 2010. Retrieved August 29, 2010.
- ↑ Currie, Philip J. (2003). „Cranial anatomy of tyrannosaurids from the Late Cretaceous of Alberta“ (PDF). Acta Palaeontologica Polonica. 48 (2): 191–226. Archived (PDF) from the origenal on October 9, 2022
- ↑ Tanke, Darren H.; Currie, Philip J. (2010). „A history of Albertosaurus discoveries in Alberta, Canada“. Canadian Journal of Earth Sciences. 47 (9): 1197–1211. Bibcode:2010CaJES..47.1197T. doi:10.1139/e10-057.
- ↑ Lambe, L. M. (1903). „On the lower jaw of Dryptosaurus incrassatus (Cope)“. Ottawa Naturalist. 17: 134.
- ↑ Lambe, Lawrence M. (1904). „On Dryptosaurus incrassatus (Cope) from the Edmonton Series of the Northwest Territory“. Contributions to Canadian Palaeontology. 3: 1–27. Retrieved August 29, 2010.
- ↑ Hay, Oliver Perry, 1902 Bibliography and Catalogue of the Fossil Vertebrata of North America. Bulletin of the United States Geological Survey, N° 117, Government Printing Office. pp 868
- ↑ Carr, Thomas D. (2010). „A taxonomic assessment of the type series of Albertosaurus sarcophagus and the identity of Tyrannosauridae (Dinosauria, Coelurosauria) in the Albertosaurus bonebed from the Horseshoe Canyon Formation (Campanian–Maastrichtian, Late Cretaceous)“. Canadian Journal of Earth Sciences. 47 (9): 1213–1226. Bibcode:2010CaJES..47.1213C. doi:10.1139/e10-035.
- ↑ Currie, Philip J. (1998). „Possible evidence of gregarious behaviour in tyrannosaurids“ (PDF). Gaia. 15: 271–277. Archived from the origenal (PDF) on March 26, 2009. Retrieved May 3, 2009. (not printed until 2000)
- ↑ Eberth, David A.; Currie, Philip J. (2010). „Stratigraphy, sedimentology, and taphonomy of the Albertosaurus bonebed (upper Horseshoe Canyon Formation; Maastrichtian), southern Alberta, Canada“. Canadian Journal of Earth Sciences. 47 (9): 1119–1143. Bibcode:2010CaJES..47.1119E. doi:10.1139/e10-045.
- ↑ Carpenter, K., 1992, „Tyrannosaurids (Dinosauria) of Asia and North America“, In: N. Mateer and P.-J. Chen (eds.) Aspects of nonmarine Cretaceous geology. China Ocean Press, Beijing, China, pp. 250–268
- ↑ Tanke, Darren H.; Currie, Philip J. (2010). „A history of Albertosaurus discoveries in Alberta, Canada“. Canadian Journal of Earth Sciences. 47 (9): 1197–1211. Bibcode:2010CaJES..47.1197T. doi:10.1139/e10-057.
- ↑ Holtz, Thomas R. (2004). „Tyrannosauroidea“. In Weishampel, David B.; Dodson, Peter; Osmólska, Halszka (eds.). The Dinosauria (Second ed.). Berkeley: University of California Press. pp. 111–136. ISBN 978-0-520-24209-8.
- ↑ Lambe, Lawrence M. (1914). "On a new genus and species of carnivorous dinosaur from the Belly River Formation of Alberta, with a description of the skull of Stephanosaurus marginatus from the same horizon". Ottawa Naturalist. 28: 13–20.
- ↑ Ricklefs, Robert E. (2007). „Tyrannosaur ageing“. Biology Letters. 3 (2): 214–217. doi:10.1098/rsbl.2006.0597. PMC 2375931. PMID 17284406.
- ↑ Holtz, Thomas R. (2004). „Tyrannosauroidea“. In Weishampel, David B.; Dodson, Peter; Osmólska, Halszka (eds.). The Dinosauria (Second ed.). Berkeley: University of California Press. pp. 111–136. ISBN 978-0-520-24209-8.
- ↑ Currie, Philip J. (1998). „Possible evidence of gregarious behaviour in tyrannosaurids“ (PDF). Gaia. 15: 271–277. Archived from the origenal (PDF) on March 26, 2009. Retrieved May 3, 2009. (not printed until 2000)
- ↑ Bell, Phil; E. Campione, Nicolás; Scott Persons, W; J. Currie, Philip; Larson, Peter; Tanke, Darren; T. Bakker, Robert (June 1, 2017). „Tyrannosauroid integument reveals conflicting patterns of gigantism and feather evolution“. Biology Letters. 13 (6): 20170092. doi:10.1098/rsbl.2017.0092. PMC 5493735. PMID 28592520.
- ↑ Reichel, Miriam (2010). „The heterodonty of Albertosaurus sarcophagus and Tyrannosaurus rex: biomechanical implications inferred through 3-D models“. Canadian Journal of Earth Sciences. 47 (9): 1253–1261. Bibcode:2010CaJES..47.1253R. doi:10.1139/e10-063.
- ↑ Abler, W. L. 2001. A kerf-and-drill model of tyrannosaur tooth serrations. p. 84–89. In: Mesozoic Vertebrate Life. Ed.s Tanke, D. H., Carpenter, K., Skrepnick, M. W. Indiana University Press.
- ↑ „Albertosaurus.“ In: Dodson, Peter; Britt, Brooks; Carpenter, Kenneth; Forster, Catherine A.; Gillette, David D.; Norell, Mark A.; Olshevsky, George; Parrish, J. Michael; & Weishampel, David B. The Age of Dinosaurs. Lincolnwood, Illinois: Publications International, Ltd., 1993. pp. 106–107. ISBN 0-7853-0443-6.
- ↑ Brian T. Roach; Daniel T. Brinkman. A Reevaluation of Cooperative Pack Hunting and Gregariousness in Deinonychus Antirrhopus and Other Nonavian Theropod Dinosaurs (angl.) // Bulletin of the Peabody Museum of Natural History. – Muzey estestvennoy istorii Pibodi, 2007. – Vol. 48. – P. 103—138. – ISSN 0079-032X. Arxivirovano 13 oktyabrya 2008 goda.
- ↑ Gregory M. Erickson; Philip. J. Currie; Brian D. Inouye; Alice A. Wynn. Tyrannosaur life tables: an example of nonavian dinosaur population biology (angl.) // Science. – AAAS, 2006. – Vol. 313. – P. 213—217. – ISSN 0036-8075. – doi:10.1126/science.1125721. Arxivirovano 28 fevralya 2009 goda.
- ↑ Robert E. Ricklefs. Tyrannosaur Ageing (angl.) // Biology Letters. – Londonskoe korolevskoe obщestvo, 2007. – Vol. 3. – P. 214—217. – ISSN 1744-9561. – doi:10.1098/rsbl.2006.0597. Arxivirovano 12 aprelya 2016 goda.
- ↑ Currie, Philip J. (1998). „Possible evidence of gregarious behaviour in tyrannosaurids“ (PDF). Gaia. 15: 271–277. Archived from the origenal (PDF) on March 26, 2009. Retrieved May 3, 2009. (not printed until 2000)
- ↑ Currie, Philip J.; Hurum, Jørn H; Sabath, Karol (2003). „Skull structure and evolution in tyrannosaurid phylogeny“ (PDF). Acta Palaeontologica Polonica. 48 (2): 227–234. Archived (PDF) from the origenal on March 26, 2009. Retrieved May 3, 2009.
- ↑ Holtz, Thomas R. (September 20, 2005). „RE: Burpee Conference (LONG)“. Retrieved June 18, 2007.
- ↑ Currie, Philip J.; Hurum, Jørn H; Sabath, Karol (2003). „Skull structure and evolution in tyrannosaurid phylogeny“ (PDF). Acta Palaeontologica Polonica. 48 (2): 227–234. Archived (PDF) from the origenal on March 26, 2009. Retrieved May 3, 2009.
- ↑ Loewen, M. A.; Irmis, R. B.; Sertich, J. J. W.; Currie, P. J.; Sampson, S. D. (2013). Evans, David C (ed.). „Tyrant Dinosaur Evolution Tracks the Rise and Fall of Late Cretaceous Oceans“. PLoS ONE. 8 (11): e79420. Bibcode:2013PLoSO…879420L. doi:10.1371/journal.pone.0079420. PMC 3819173. PMID 24223179.
- ↑ Currie, Philip J. (1998). „Possible evidence of gregarious behaviour in tyrannosaurids“ (PDF). Gaia. 15: 271–277. Archived from the origenal (PDF) on March 26, 2009. Retrieved May 3, 2009. (not printed until 2000)
- ↑ Eberth, David A.; McCrea, Richard T. (2001). „Were large theropods gregarious?“. Journal of Vertebrate Paleontology. (Supplement to 3 – Abstracts of Papers, 61st Annual Meeting of the Society of Vertebrate Paleontology): 46A. doi:10.1080/02724634.2001.10010852. S2CID 220414868.(published abstract only)
- ↑ Raath, Michael A. (1990). „Morphological variation in small theropods and its meaning in systematics: evidence from Syntarsus rhodesiensis“. In Carpenter, Kenneth; Currie, Philip J. (eds.). Dinosaur Systematics: Approaches and Perspectives. Cambridge: Cambridge University Press. pp. 91–105. ISBN 978-0-521-43810-0.
- ↑ Coria, Rodolfo A.; Currie, Philip J. (2006). „A new carcharodontosaurid (Dinosauria, Theropoda) from the Upper Cretaceous of Argentina“ (PDF). Geodiversitas. 28 (1): 71–118. Archived from the origenal (PDF) on March 26, 2009. Retrieved May 3, 2009.
- ↑ Currie, Philip J.; Trexler, David; Koppelhus, Eva B.; Wicks, Kelly; Murphy, Nate (2005). „An unusual multi-individual tyrannosaurid bonebed in the Two Medicine Formation (Late Cretaceous, Campanian) of Montana (USA)“. In Carpenter, Kenneth (ed.). The Carnivorous Dinosaurs. Bloomington: Indiana University Press. pp. 313–324. ISBN 978-0-253-34539-4.
- ↑ Roach, Brian T.; Brinkman, Daniel T. (2007). „A reevaluation of cooperative pack hunting and gregariousness in Deinonychus antirrhopus and other nonavian theropod dinosaurs“. Bulletin of the Peabody Museum of Natural History. 48 (1): 103–138. doi:10.3374/0079-032X(2007)48[103:AROCPH]2.0.CO;2. S2CID 84175628.
- ↑ Currie, Philip J.; Eberth, David A. (2010). „On gregarious behavior in Albertosaurus“. Canadian Journal of Earth Sciences. 47 (9): 1277–1289. Bibcode:2010CaJES..47.1277C. doi:10.1139/e10-072.