Content-Length: 68821 | pFad | http://uz.wikipedia.org/wiki/Broker

Broker - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Broker

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Broker (ing. broker), makler — fond, tovar, valyuta birjalarida oldisotdi bitimlari tuzishda vositachilik (dallollik) qiladigan ayrim shaxs yoki firma. Brokerlar, odatda, mijoz topshirigʻiga koʻra va uning hisobiga ish yuritadi, kafolat beruvchi hisobiga oʻz nomidan savdo bitimlari tuzishi ham mumkin. Vositachilik bitimlari, asosan, Brokerlik idoralari, firmalar yoki ularning filiallari orqali rasmiylashtiriladi. Vositachilik qilgani uchun tomonlarning kelishuviga koʻra, birja qoʻmitasi joriy etgan taksa (qatʼiy baho)ga muvofiq, oldisotdining muayyan foiz miqdorida haq — brokeraj oladi (odatda, broker haqi amalga oshirilgan shartnoma yoki bitim qiymatining 0,25—3% ni tashkil qiladi). Yirik brokerlik idoralari haridorga qarz berishda banklar bilan hamkorlik qiladi, ayrim hollarda oʻzlari kreditor boʻladilar, bitimlar bajarilishiga kafillikni ham oʻz zimmalariga oladilar. Katta broker gofbrok yer deb ataladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil











ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: http://uz.wikipedia.org/wiki/Broker

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy