Content-Length: 136691 | pFad | http://uz.wikipedia.org/wiki/Frankfurtmayn

Frankfurtmayn - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Frankfurtmayn

Vikipediya, erkin ensiklopediya

FrankfurtmaynGermaniyadagi shahar, Gessen yerida. Aholisi 644,7 ming kishi (1999). Transport yoʻllari chorrahasi. Mayn daryosi boʻyidagi port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. GFRning yirik moliyaviy, muhim savdo, sanoat va madaniyat markazi. Mashinasozlik (xususan, stanoksozlik, elektrotexnika, avtomobilsozlik, priborsozlik), rangli metallurgiya, kimyo va neft kimyosi, poligrafiya, tikuvchilik, koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi. Metropoliten bor. Atrofidagi shaharlar bilan yagona sanoat rnini tashkil qiladi. Gyote nomidagi universitet (1914), atom tadqiqotlari va boshqa ilmiy tadqiqot institutlari, Nafis sanʼat akademiyasi, badiiy institut va boshqa bor. Shahar galereyasi, Gyote uymuzeyi, badiiy hunarmandchilik va boshqa muzeylar faoliyat koʻrsatadi. Shahar ilk bor 8-asr manbalarida tilga olingan. Franklar, germanlar va rimliklar ixtiyorida boʻlgan. 1866-yildan Prussiya tarkibida, 19-asrdan Germaniyaning yirik sanoat markazi. Meʼmoriy yodgorliklaridan Zaalxof saroyi — knyaz qarorgohi (12-asr), SanktBartolomeus sobori, ratusha va boshqa saqlangan.











ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: http://uz.wikipedia.org/wiki/Frankfurtmayn

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy