Content-Length: 168887 | pFad | http://uz.wikipedia.org/wiki/Kara_dengizi

Kara dengizi - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Kara dengizi

Koordinatalari: 77°N 77°E / 77°N 77°E / 77; 77
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kara dengizning joylashuvi koʻrsatilgan xarita.
Kara dengizning joylashuvi koʻrsatilgan xarita.
Joylashuvi Shimoliy Muz okeani
Koordinatalari 77°N 77°E / 77°N 77°E / 77; 77
Okean tipi dengiz
Havzaga aloqador oʻlkalar Rossiya
Yuzasi 926,000 km2 (358,000 kv mi)
Oʻrtacha chuqurligi 131 m (430 ft)
Suv hajmi 121,000 km3 (98×10^9 acre⋅ft)
Manbalar [1]

Kara dengizi (oʻzbekcha: Kara Sea; ruscha: Ка́рское мо́ре, Karskoye more) — Shimoliy Muz okeani havzasida joylashgan chekka dengiz. Novaya Zemlya, Frans Iosif Yeri orallari va Severnaya Zemlya arxipelagi oraligʻida joylashgan. Maydoni 926,000 km2 (358,000 kv mi) (orollari bilan 893 ming km2).

Kara dengizi, asosan, shelf zonasida joylashgan. Dengizning oʻrtacha chhuqurligi 30-100 m, maksimal chuqurligi esa 600m ni tashkil etadi, suv hajmi 112 ming km3 ga teng. Uzunligi (janubiy-gʻarbdan shimoliy-sharqqa tomon) 1500 km ni, eni (shimoliy qismida) 800 km ni tashkil etadi. Dengizda orollar koʻp. Yirik qoʻltiqlari Ob va Yenisey. Dengizga Taymir, Pyasina, Yenisey, Ob, Kara daryolarining suvi quyiladi. Dengiz unga quyiluvchi Kara daryosining nomini olgan.

Dengizda arktika iqlimi hukmronlik qiladi. Qishi davomli, sovuq, yozi qisqa, salqin kechadi. Yanvarning oʻrtacha harorati — 20°, — 30°, iyulniki esa —6 dan 5° gacha boʻlishi kuzatilgan. Qishda kuchli shamol va boʻronlar, yozda esa tez-tez tumanli holatlar boʻlib, iyulda ham sovuq kunlar 6 kundan 20 kungacha davom etadi. Dengiz yilning koʻp qismida muz bilan qoplanib yotadi. Havo temperaturasi dengizning shimoliy qismida 9—10 oy, janubida 7—8 oy davomida 0°dan past boʻladi. Yiliga 3—4 oy qutb tuni, 2—3 oy qutb kuni boʻladi.

Hayvonot olami

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dengiz hududi va uning atrofidagi odamlar har xil baliqlar (treska, muksun, nelma) va dengiz hayvonlarini (nerpa, beluxa, dengiz quyoni, oq ayiq) ovlab kun kechiradi. Asosiy porti — Dikson. Dengiz kemalari Yenisey daryosiga Dudinka va Igarka portlarigacha kira oladi[2]

  1. Stein, R.. Arctic Ocean Sediments: Processes, Proxies, and Paleoenvironment. Elsevier, 2008 — 37-bet. ISBN 9780080558851. 
  2. "Kara dengizi" OʻzME. K-harfi (Wayback Machine saytida 2020-06-09 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil








ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: http://uz.wikipedia.org/wiki/Kara_dengizi

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy