Content-Length: 87515 | pFad | http://uz.wikipedia.org/wiki/Lizotsim

Lizotsim - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Lizotsim

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Lizotsim, Human.

Lizotsim (liz…va yun. zyme — hamirturush), muramidaza — gidrolazalar sinfiga mansub ferment, bakteriya hujayralari pardasini yemiradi. Mukopolisaharidlarda N — atsetilmuramin kislota, R — glyukozid bogʻini va N-atsetilglyukozaminning parchalanishini katalizlaydi. Lizotsim odam va hayvonlar organizmining koʻpgina toʻqima va suyuqliklari (koʻz yoshi, balgʻam, soʻlak, taloq, jigar, shilliq qavatlar), shuningdek, ayrim oʻsimliklar, bakteriyalar va faglarda topilgan; tovuq tuxumi oqsilida ayniqsa koʻp. Tuxum oqsili lizotsimi toʻliq oʻrganilgan, u 129 aminokislota qoldigʻidan iborat, mol.m. 14.000 ga yaqin lizotsizm odam va hayvonlar organizmining tashqi muhit bilan aloqa boʻladigan joylari (koʻz, burun-yutqin va boshqalar)da bakteriyaga qarshi toʻsiq (baryer) hosil qiladi. Lizotsizm preparati koʻz, burun-halqum kasalliklarini davolashda, yarada, kuyganda, akusherlik amaliyotida, shuningdek, oziq-ovqat sanoatida va boshqalarda ishlatiladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil











ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: http://uz.wikipedia.org/wiki/Lizotsim

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy