Content-Length: 80700 | pFad | http://uz.wikipedia.org/wiki/Mensfild_park

Mensfild park - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Mensfild park

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Mensfild Park (inglizcha:Mansfield park) ingliz yozuvchisi Jane Austenning uchinchi romani boʻlib, birinchi bor 1814 yilda Tomas Egerton tomonidan nashr etilgan. Romannning ikkinchi nashri Osten hayotlik davrida 1816-yilda Jon Murray tomonidan chop etilgan. Roman 1821-yilgacha hech qanday jamoatchilik tanqidiga uchramagan.

Roman Fenni Praysning nochor oilasi uni oʻn yoshida boy xolasi va amakisi uyida yashashga yuborganidan boshlab, ulgʻaygungacha boʻlgan hikoyasini yoritadi. Erta davrdan boshlab,Ostenning teatr namoyishi haqidagi fikrlari, markazlashuv yoki din va diniy tayinlovning aksi va qullik masalalari, ayniqsa, bosh qahramonning xarakteri haqida farqli tanqidiy fikrlar shakllangan. Ushbu muammolarning baʼzilari hikoyaning koʻpgina keyingi sahnalashtirish va ekranlashtirishlarida ham taʼkidlab oʻtilgan.

Yosh Fenni va uning Mensfild Parkga tashrifida „Sir Tomas Bertramining yaxshi niyatli kamsitishi“ 1903 yilgi nashr

Oʻn yoshli Fenni Prays Portsmutdagi kambagʻal uyidan Mensfild Parkdagi oilasi bilan yashash uchun yuboriladi. Ledi Bertram Fennining xolasi va uning toʻrtta farzandi – Tom, Edmund, Mariya va Juliyaning yoshi Fennidan katta. Edmunddan tashqari hamma unga yomon munosabatda boʻladi, yana bir xolasi Mensfild ruhoniysining xotini Norris xonim oʻzini ayniqsa, yoqimsiz tutadi.

Fenni oʻn besh yoshga toʻlganida Norris xonim beva boʻlib qoladi va uning Mensfild Parkga tashriflari koʻpayadi, shuningdek Fenniga nisbatan yomon munosabati ham. Bir yildan soʻng Sir Tomas oʻzining Antiguadagi shakar plantatsiyasida muammolarni hal qilish uchun ketadi va oʻzining isrofgar katta oʻgʻli Tomni oʻzi bilan birga olib ketadi. Norris Xonim Mariya uchun turmush oʻrtoq izlab, boy, ammo irodasiz Rushvortga duch keladi. Mariya uning turmush qurish taklifini faqatgina puli uchun qabul qiladi.

Henri Kruford va singlisi Meri shaharning yangi amaldori doktor Grantning xotini boʻlgan oʻrtancha singlisi bilan qolish uchun ruhoniylikka kelishadi. Ular Londonning zamonaviy uslublari bilan katta xonadonni jonlantirib ketadi. Edmund va Meri bir-biriga qiziqish namoyon eta boshlashadi.

Janob Rushvortning uyiga boʻlgan tashrifda , Henri Mariya va Juliya bilan noz-karashma qiladi. Mariya Henri unga oshiqligiga ishonadi va shu sababli u Rushvortning rashkini keltirib, uni kamsitadi. Juliya esa singlisiga nisbatan rashk va nafratga qarshi kurashadi. Edmund ruhoniy boʻlishini eshitgan Meri tushkunlikka tushadi va uni vazifasidan boʻshatishga harakat qiladi.

Tom otasidan oldin Mensfild Parkga qaytganidan soʻng, u yoshlarni Elizabet Inchbaldning Sevishganlar qasamlari (ingl. Lovers' Vows) dramasi uchun repetitsiyalarni boshlashga undaydi. Edmund, sir Tomas rozi boʻlmasligini va pyesa mavzusi oʻziga yarashmasligini his qilib qarshilik koʻrsatadi, ammo kuchli bosimlardan keyin u Meri oʻynagan qahramonning sevgilisi rolini oʻynashga rozi boʻladi. Bu drama Henri va Mariyaning oʻzaro noz-karashma qilishlariga ham imkoniyat yaratadi. Sir Tomas kutilmagan tarzda uyga qaytganda, u pyesaning repetitsiyadaligini koʻrib gʻazablanadi va pyesa bekor qilinadi. Henri tushuntirishsiz uyni tark ketadi va bunga javob sifatida Mariya Rushvortga turmushga chiqadi. Juftlik keyin Juliya bilan birga Londonda joylashishadi. Sir Tomas Fennida koʻplab yaxshilanishlarni koʻradi va Meri Kruford u bilan yaqin munosabat qurishga erishadi.

Fenni oʻzining bayram ziyofatida Henri Kruford hamrohligida

Henri Mensfild Parkga qaytgach, Fennini oʻziga oshiq qilib, oʻyin-kulgu qilishga qaror qiladi. Fennining akasi Uilyam tashrif buyuradi va Sir Tomas Fenni uchun debyutant balli oʻtkazadi. Garchi Meri Edmundga ruhoniy bilan raqs tuhsmasligini, bu ularning oxirgi raqsi ekanini aytadi. Edmund oʻzining turmush qurishni taklif qilish rejasini bekor qilib, Henri va Uilyam kabi ertasi kuni u yerni tark ketadi.

Henri keyingi safar qaytib kelganda, u Fenni bilan turmush qurish niyatida ekanini Meriga eʼlon qiladi. U oʻz maqsadiga erishishda yordam berishi uchun oilasining dengiz flotidagi aloqalaridan foydalanib, Uilyamning lavozimini koʻtarishga muvaffaq boʻlgan edi. . Biroq, Fenni ayollarga nisbatan oʻtmishda qilgan yomon munosabatlari tufayli Henrining turmush qurish taklifini rad etadi. . Sir Tomas Fenni Henrining taklifini davomli ravishda rad etishidan hayratga tushadi, lekin Fenni Mariyaning koʻngliga ozor berishdan qoʻrqqanligi uchun hech qanday izoh bermaydi.

Henrining taklifini oʻylab koʻrishi uchun Sir Tomas Fennini ota-onasining yoniga Portsmutga tashrif buyurishga yuboradi. Fenni uyidagi tartibsizlik va Mensfilddagi uygʻun muhit oʻrtasidagi qarama-qarshilikdan hayratga tushadi. Henri Portsmutga tashrif buyuradi. Fenni uni rad etganiga qaramasdan Henrining yaxshi fazilatlarini qadrlay boshlaydi.

Keyin Fenni Henri va Mariyaning munosabati haqida gazetada yozilganini bilib qoladi. Janob Rushvort Mariya bilan ajrashish uchun sud daʼvosi ochadi va Bertram oilasi vayron boʻladi. Tom oʻsha paytda otdan yiqilib, , ogʻir kasal boʻlib yotib qoladi.. Edmund Fennini Mensfild Parkga qaytaradi, Fenni u yerda shifo beruvchi kabi taʼsir koʻrsatadi. Sir Tomas Fenni Henrining taklifini rad etishida haqli ekanini tushunadi va uni oʻz qizidek koʻra boshlaydi.

Edmund Meri Kruford bilan uchrashganda, Meri faqat Henrining zino qilganligi fosh boʻlganidan afsuslanishini bilib oladi. U Meri bilan aloqasini uzadi va Mensfild Parkga qaytib kelgach, Fenniga suyanadi. Oxir oqibat ikkalasi turmush qurib, doktor Grant Vestminsterda lavozimni egallaganidan keyin Mensfild ruhoniyligiga koʻchib oʻtishadi. Shu bilan birga, Mensfild Parkda qolganlar oʻz xatolaridan saboq olib, hayot yanada yoqimliga aylanadi.

Rushvort Sotherton arigʻi yoniddagi qulflangan darvozalarni koʻrib, hayron qoldi.
  • Fenni Prays, Mensfild Parkdagi oilaning nochor ahvoldagi jiyani
  • Ledi Bertram, Fennining xolasi. Boy Sir Tomas Bertramp bilan turmush qurgan, u Vard oilasining uchta singlisi orasida oʻrtanchi, qolganlari Norris xonim va Fennining onasi Priks xonimdir.
  • Norris Xonim, ledi Bertramining katta singlisi, uning eri oʻlimigacha mahalliy ruhoniy edi.
  • Sir Tomas Bertram, baron va Fennining xolasining eri, Mensfild Park mulki va Antigvadagi bir mulk egasi.
  • Tomas Bertram, sir Tomas va ledi Bertramning katta oʻgʻli, Fennidan yetti yosh katta.
  • Edmund Bertram, sir Tomas va ledi Bertramning kichik oʻgʻli, u ruhoniy boʻlishni rejalashtiradi, Fennidan olti yosh katta.
  • Mariya Bertram, sir Tomas va ledi Bertramning katta qizi, Fennidan uch yosh katta.
  • Juliya Bertram, sir Tomas va ledi Bertramning kichik qizi, Fennidan ikki yosh katta.
  • Doktor Grant, Janob Norrisning vafotidan keyin Mensfild parkda yashagan amaldor
  • Grant xonim, doktor Grantning rafiqasi va Henri va Meri Krufordning singlisi.
  • Henri Kruford, Kruford xonimning akasi va Grant xonimning ukasi.
  • Meri Kruford, Janob Kruford va Grant xonimning singlisi.
  • Janob Rushvort, Mariya Bertramning qalligʻi, keyinchalik turmush oʻrtogʻi.
  • Jon Yates, Tom Bertramning doʻsti.
  • Uilyam Prays, Fenning akasi, kema ofitseri va keyinchalik Qirollik dengiz armadasida leytenant.
  • Janob Prays, Fennining otasi, Portsmutda yashovchi nafaqadagi dengiz floti ofitseri
  • Prays xonim, Fennining onasi.
  • Syuzan Prays, Fennining singlisi.
  • Ledi Stornovey, jamiyatning obroʻli aʼzosi, Janob Kruford va Mariyaning Londondagi ishqiy munosabatlariga sherik boʻlgan
  • Rushvort xonim, Janob Rushvortning onasi va Mariyaning qaynonasi.
  • Beddeli, Mensfild Parkdagi xizmatchi

Havolalar 









ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: http://uz.wikipedia.org/wiki/Mensfild_park

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy