Content-Length: 201850 | pFad | http://uz.wikipedia.org/wiki/Mikroneziya_Federativ_Shtatlari

Mikroneziya Federativ Shtatlari - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Mikroneziya Federativ Shtatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mikroneziya Federativ Davlatlari
Federated States of Micronesia
Shior"Peace, Unity, Liberty"
Madhiya: Patriots of Micronesia
Location of Mikroneziya Federativ Shtatlari
Poytaxt Palikir
Rasmiy til(lar) Inglizcha
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Peter M. Christian
Yosiwo P. George
Mustaqillik (BMT vasiylikdagi AQSh ma'muriyatidan)
• Sana
3-noyabr 1986
Maydon
• Butun
1,399 km2 (181-oʻrin)
• Suv (%)
<1
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
46,962 (211-oʻrin)
• Zichlik 33/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$277 mil. (213-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$5,898
Pul birligi AQSh Dollar (USD)
Vaqt mintaqasi UTC+10...+11
• Yoz (DST)
UTC+10...+11
Qisqartma FM
Telefon prefiksi 691
Internet domeni .fm

Mikroneziya (Micronesia), Mikroneziya Federativ Davlatlari, Mikroneziya Federativ Shtatlari (MFSH) (The Federated States Micronesia) — Tinch okeanning gʻarbiy qismida, Karolina orollari arxipelagida joylashgan davlat. Maydoni 702 km². Aholisi 134,6 ming kishi (2001). Ular, asosan, mikronezlar boʻlib, xristian diniga eʼtiqod qiladi. Rasmiy til — ingliz tili. Poytaxti Palikir shahri. Maʼmuriy jihatdan 4 shtatga boʻlinadi. BMT aʼzosi

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mikroneziya — AQSH bilan "erkin uyushgan" davlat. Amaldagi kon-stitutsiyasi 1979-yil 10-mayda qabul qilingan, keyinchalik oʻzgarishlar kiritilgan. Davlat va hukumat boshligʻi — prezident (1999-yildan Leo Folkam). U vitse-prezident bilan birga parlament tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi — MFSH Kongressi (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.

Mikroneziya orollari kelib chiqishi jihatidan marjon orollariga va vulkan otilishidan paydo boʻlgan orollarga boʻlinadi. Boksit va fosforit konlari bor. Iqlimi ekvatorial va subekvatorial iqlim. Oylik oʻrtacha temperatura — yanvarda 26°, iyulda 28°. Yogʻin yil davomida bir meʼyorda (2000–6000 mm) yogʻadi. Karolina orollari atrofida kuchli tropik dovullar boʻlib turadi. Tabiiy oʻsimliklari vulkan orollarida doim yashil tropik oʻrmon (palma, daraxtsimon qirqquloq, bambuklar), qisman savannalardan iborat. Marjon orollarida oʻsimlik kam. Jonivorlardan kalamush, koʻrshapalak, timsoh, ilon, kaltakesak, dengiz kushlari uchraydi.

Hozirgi Mikroneziya davlatining xududi 17—19-asrlarda Ispaniyaga qarashli boʻlgan. 1889-yilda Germaniya Karolina orollarini Ispaniyadan sotib oldi. 1914-yilda orollarni Yaponiya bosib oldi, Ikkinchi jahon urushida AQSH egalladi. 1947-yildan AQSH tomonidan boshqariladigan BMT vasiyligidagi hududga aylandi. 1978-yilda Karolina orollari AQSH bilan "erkin uyushgan" hudud maqomini oldi. Bu haqdagi shartnoma 1982-yilda imzolandi, 1986-yil 3-noyabrda kuchga kirdi va MFShga oʻzini oʻzi boshqarish huquqini berdi, ammo mudofaa, moliya va tashqi ishlar masalalarini AQSH ixtiyorida qoldirdi. Mikroneziya — 1991-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 3-noyabr — Mustaqillik kuni (1991).

Iqtisodiyotining asosi — qishloq xoʻjaligi boʻlib, uning mahsuloti aholining oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qondirmaydi. Mahalliy aholi baliq ovlash, kokos palmasi, banan, sitrus mevalar, shakarqamish, sholi yetishtirish bilan shugʻullanadi. Non daraxti, batat, taro ham ekiladi. Chorvachiligida asosan qoramol, echki, choʻchqa boqiladi. Avtomobil yoʻllari uzunligi 226 km. Xorijiy sayyoxlik rivojlangan. Chetga kopra, hunarmandchilik buyumlari, baliq, kokos yogʻi chiqaradi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari — AQSH, Yaponiya. Pul birligi — AQSH dollari. "Neshnl yunion" ("Milliy igti-foq", 1980-yildan), "Chuuk nyus kronikl" ("Chuuk yangiliklari xronikasi", 1983-yildan) gaz.lari nashr etiladi. MFSH ijtimoiy axborot boshqarmasi hukumat mahkamasi boʻlib, u mintaqaviy radiostansiyaga ega. Har bir shtatda televideniye xizmati mavjud.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil











ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: http://uz.wikipedia.org/wiki/Mikroneziya_Federativ_Shtatlari

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy