Content-Length: 147359 | pFad | http://uz.wikipedia.org/wiki/Murmansk_viloyati

Murmansk viloyati - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Murmansk viloyati

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Murmansk viloyati (ruscha: Мурманская область) – Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1938-yil 28-mayda tashkil qilingan. Shimoliy iqtisodiy rayonga kiradi. Rossiya Yevropa qismining shimoli-gʻarbida, Kola yarim orol va materikning bir qismida joylashgan. Oq va Barens dengizlari bilan oʻralgan. Fap-bda Norvegiya va Finlandiya bilan chegaradosh. Maydoni 144,9 ming km². Aholisi 1016,6 ming kishi (1998). Asosiy aholisi ruslar (82,3 %), shuningdek, ukrain, belorus, saamlar, karellar va boshqa yashaydi. Shahar aholisi 91,8 %. Markazi – Murmansk shahri. 5 maʼmuriy tumanga boʻlingan. 16 shahar va 16 shaharcha bor. Murmansk viloyati yer yuzasi past togʻlar, qirlar va botiklardan iborat. Kolayarim orolning maydoni 100 ming km²ga yaqin. Shimoliy sohili baland, tik, janubiy dagisi past, qiya. Yarim orolning gʻarbiy qismida Xibin togʻlari (balandligi 1191 m gacha) joylashgan. Markaziy qismida Keyvi suvayirgʻich gryadasi bor. Kola yarim orol Boltiq qalkrnining shimoli- sharqiy chekkasini tashkil qiladi. Murmansk viloyatida apatit rudalari, glinozem xom ashyosi, nikel va boshqa bor. Iqlimi Kola yarim orol janubiy kismida moʻʼtadil, dengiz iqlimi, shimoliy kismida subarktik, nisbatan yumshoq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimolda –8°, markaziy qismida –13° gacha, iyulniki shimolida 8° va markaziy qismida 14°. Yillik yogʻin 350 mm dan 1000 mm gacha (togʻli rayonlarda). Murmansk viloyatida qutb kuni va qutb tuni almashinib turadi. Vegetatsiya davri 80–130 kun. Koʻp sonli ostonali daryolar va koʻllar bor. Shimoli yoʻsinlishaynikli tundra, jan.rogʻi oʻrmonli tundra va taygadan iborat. Tuproklari, asosan, podzol, botqoq, shimolida tundra tuproklari. Yovvoyi hayvonlardan bugʻu, los, rosomaxa, ayiq, tiyin, suvsar, tulki, oq tulki, ondatra, norka, oq sichqon, quyon yashaydi. Baliq turi koʻp. Murmansk viloyatida Laplandiya, Kandalaksha, Pasvik qoʻriqxonalari bor. Konchilik, rangli metallurgiya va baliq sanoatlari rivojlangan. Murmansk viloyatida dengiz suvi koʻtarilishi (qalqishi) va kaytishi bilan ishlaydigan Kislaya Guba elektr stansiyasi qurilgan. Yirik GRES bor. Sanoatining asosiy tarmoqlari: konchilik (temir rudasi, apatit-nefelin, misnikel rudalari), rangli metallurgiya (birlamchi alyuminiy, tozalangan mis, nikel), baliq sanoati, kimyo (apatit konsentrati), qora metallurgiya (temir rudapi konsentrat). Yirik korxonalari – "Severonikel", "Pechenganikel" kombinatlari (tozalangan mis, nikel, kobalt, oltin-gugurt kislotasi), Kandalaksha alyuminiy zavodi (birlamchi alyuminiy), Olenegorsk, Kovdor ruda boyitish kombinatlari, "Murmanribprom" korxonasi, "Nerpa" kemaremont zavodi. Kola AES, daryolarida GES kaskadlari bor. Asosiy sanoat shaharlari: Murmansk, Apatit, Kandalaksha, Monchegorsk, Kirovsk, Olenegorsk. Murmansk viloyatiningetakchi tarmogʻi – chorvachilik. Krramol (sut-goʻshtli zotlari), choʻchqachilik, bugʻuchilik, parrandachilik rivojlangan. Transport yoʻli 900 km dan ziyod, shundan 341 km elektrlashtirilgan. Dengiz transporti muxim rol oʻynaydi. (asosiy porti – Murmansk). Avtomobil yoʻllari – 2 ming km. Aeroport bor. Muntazam havo liniyalari Murmanskiy Moskva, Sankt-Peterburg, Arxangelsk, Petrozavodsk shaharlari bilan bogʻlaydi. 3 oliy o'quv yurti, Rossiya Fanlar Akademiyasining Kola filiali, Qutb ilmiy tadqiqot markazi, dunyoda eng shimoliy Qutbiy botanika bogʻi va boshqa ilmiy muassasalar mavjud. 2 muzey, 2 teatr, sanatoriy bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil












ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: http://uz.wikipedia.org/wiki/Murmansk_viloyati

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy