Content-Length: 98740 | pFad | http://uz.wikipedia.org/wiki/Olako%CA%BBzan

Olakoʻzan - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Olakoʻzan

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Olako‘zan
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Turkum: Yirtqichlar
Oila: Suvsarlar
Urugʻ: Vormela
Tur: V. peregusna
Binar nomi
Vormela peregusna


Olakoʻzan (lotinchaVormela peregusna) – suvsarsimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchi hayvon. Urugʻning yagona turi[1].

Gavdasining uzunlig oʻrtacha 26 sm dan 35 sm gacha boʻladi, dumining uzunligi taxminan 11—20 sm atroflarida boʻladi . Tanasi xipcha va uzun, oyoqlari kalta, dumi baroq. Rangi qora, sargʻish ola, sargʻish yoki kulrang dogʻli. 3 tadan 8 tagacha bola tugʻadi. Koʻrsichqon, sichqon va boshqa mayda kemiruvchilar bilan oziqlanadi.

Olakoʻzanning eng faol davri asosan sutkaning ertalab va kechqurun boʻladi.[8][3] Uning koʻrish qobiliyati ancha past boʻlib, faqatgina yaxshi rivojlangan hid bilish qobilayatiga tayanadi. Ular yolgʻiz yashashadi va ular 0,5–0,6 km² oraligʻida hudud belgilab oʻsha hududda keng harakatlanadi. Odatda oʻtroq tarzda hayot kechiradi va bir marta qurgan uyasida umrbod yashab qoladi. Agar Olakoʻzanlar oʻzining hududida boshqa bir Olakoʻzanga duch kelsa, unga hujum qiladi[2].

Xavfni sezgan Olakoʻzan oyoqlarida tik koʻtarilib, dumi tikka-tikka boʻladi. Bundan tashqari, oʻzidan kuchliroq begona hayvonga duch kelganda tishlarini koʻrstagan holda irillashi mumkin. Agar tahdid qilinsa, u dumi ostidagi kattalashgan anus bezlaridagi sassiq hidli gazni chiqarib yuborishi mumkin[3].

Qishloq xoʻjaligi maqsadida yerlarning jadal oʻzlashtirilishi bilan bogʻliq ravishda tur areali keskin ajralib qolgan va soni keskin kamaygan. Mirzachoʻl, Qarshi choʻlining katta qismi va Turkiston togʻining yonbagʻirlarida ushbu tur jonivorlari yoʻqolib ketgan. Mamlakatimizdagi taxminiy soni – 5 mingta atrofida. Angren yassi tekisligidagi yuqori togʻ qismida – taxminan 500 ta[4].

Janubiy—Sharqiy Yevropa va Osiyoda, asosan, dasht va choʻllarda tarqalgan. Qora dengiz yaqinidagi choʻllarda, Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Oltoy va Tuvada uchraydi[3]. Oʻzbekistonda Qizilqum choʻli, Ustyur yassi tekisligi (Qoraqalpogʻiston), Mirzachoʻl va Qarshi choʻli, Gʻarbiy Tyan-Shan va Pomir-Oloy togʻ tizmalarining togʻ yonbagʻirlari va yuqori kamarlari, Surxondaryoning quyi qismi, Ohangaron daryosining yuqori qismida arealning ajrab qolgan yuqori togʻ qismi joylashgan boʻlib bu tarixan sugʻur va relikt yumronqoziq makonlari bilan bogʻliq[4]. Qoʻriq yerlarning oʻzlashtirilishi tufayli soni keskin kamayib ketgan. Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.[5]

Muhofaza choralari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qizilqum qoʻriqxonasi va Zarafshon Milliy tabiat bogʻida muhofaza ostiga olingan. Angren yassi tekisligida qoʻriqlanadigan hududlar, shuningdek, saqlanib qolgantur yashovchi tekislik joylarda kichik buyurtmaxonalar tashkil qilingan[4].

Kichik turlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vormela peregusnaning kichik turiga quyidagilar kiradi:

Vormela peregus alpherakyi

Vormela peregus euxina

Vormela peregus negans

Vormela peregus pallidor

Vormela peregus peregusna

VVormela peregus syriaca[6]

  1. „Gorsuch, W. & Larivière, S. (2005). "Vormela peregusna". Mammalian Species.“.
  2. Roberts, T. J. (1977). The mammals of Pakistan. London: Ernest Benn Limited.
  3. 3,0 3,1 „"On the habits of the marbled polecat, Vormela peregusna".“.
  4. 4,0 4,1 4,2 „O'zbekiston respublikаsining qizil kitobi 2 Jild“.
  5. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  6. Ben-David, M. (1988). The biology and ecology of the Marbled polecat, Vormela peregusna syriaca, in Israel. Tel Aviv: Tel-Aviv University.








ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: http://uz.wikipedia.org/wiki/Olako%CA%BBzan

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy