Content-Length: 164955 | pFad | http://uz.wikipedia.org/wiki/Platina

Platina - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Platina

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Platina bo'lagi.
78
Платина
Pt
195,084
4f145d96s1

Platina (ispancha plata — kumush; lotincha Platinum), Pt — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 78, atom massasi 195,08; ogʻir, qiyin eruvchi metall. Tabiatda Platina ning 4 ta barqaror l94Pt (32,9%), l95Pt (33,8%), l96Pt (25,2%), i9s pf (7;2%) va 2 ta kuchsiz radioaktiv izotopi 190Pt (0,013%, T =6,9-10” y.), l92Pt (0,78%, T1/2=1015-yil) uchraydi. Platina nodir va tarqoq element. Ural, Sibir, Janubiy Amerika, Alyaska, Kanada va Janubiy Afrikada Platina konlari bor. Yer poʻstining massa jihatidan 5-10~7%ni tashkil qiladi. Sof Platina ilk bor 1803-yilda Vollaston tomonidan olingan. Platina, shuningdek, Yer poʻstida Platina bilan uchraydigan va xossalari oʻxshash boʻlgan elementlar haqida platina (tugʻma platina), Platina metallari, Platina rudalari maqolalariga kiritilgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil












ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: http://uz.wikipedia.org/wiki/Platina

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy