Content-Length: 141727 | pFad | http://uz.wikipedia.org/wiki/Romain_Rolland

Romain Rolland - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Romain Rolland

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Romain Rolland
Tavalludi 29-yanvar 1866
Vafoti 30-dekabr 1944[1]
Ijod qilgan tillari Fransuz tili
Fuqaroligi Fransiya

Romain Rolland (1866.29.1, Klamsi — 1944.30.12, Vezle) — fransuz yozuvchisi, musiqashunos, jamoat arbobi. Dastlabki pyesalari Italiyaning Uygʻonish davri tarixiga bagʻishlangan. Lekin ular matbuotda chop etilmagan. Tarixiy mavzudagi "Eʼtiqod fojiasi" nomi bilan umumlashgan 3 pyesasida oʻz vatandoshlarini eʼtiqod, mardlik va ishonchga daʼvat qilgan. Rollandning Shekspir ruhida yozgan 2 tarixiy pyesasi (30 yildan soʻng yozgan) uchinchi — "Robespyer" bilan yakun topgan. "Jan-Kristof" (1 — 10 j.lar, 1904—12) romanepopeyasida Betxoven tipidagi daho musiqachining tarixi 20-asr boshlaridagi Yevropa madaniyati inqirozining realistik kartinasi fonida kursatilgan. "Kola Bryunon" qissasi (1914, nashri 1918) markazida erksevar mehnatkash xalq ustasi obrazi turadi. Rollandning keyingi ijtimoiy-siyosiy qarashlari "Maftunkor qalb" romanepopeyasi (1—4 j.lar, 1922—33)da aks etgan. L. Betxoven (1903), Mikelanjelo (1907), Lev Tolstoy (1911), Mahatma Gandi (1923) kabi buyuk kishilarning badiiy biografiyasini yozgan. Musikashunoslikka oid asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Nobel mukofoti laureati (1915)[2].

  1. // (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil










ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: http://uz.wikipedia.org/wiki/Romain_Rolland

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy