Content-Length: 122712 | pFad | https://uz.wikipedia.org/wiki/Boltiq_davlatlari

Boltiq davlatlari - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Boltiq davlatlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Boltiq davlatlari
Etnoxoronim Boltiqlik
Davlatlar Estoniya (koʻk), Latviya (qizgʻish), Litva (sariq)
Tillar Estoncha, Litva tili, Latish tili
Vaqt mintaqalari


Boltiq davlatlari – Yevropada joylashgan Estoniya, Litva va Latviya davlatlari uchun ishlatiladigan geografik atama. Ushbu davlatlar Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO), Yevropa Ittifoqi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) kabi tashkilot va birlashmalarga aʼzo hisoblanadi.

Jahon banki bergan maʼlumotlarga qaraganda, Boltiq davlatlari yuqori iqtisodiyotga ega davlatlar hisoblanadi[1]. Xalqaro xavfsizlik siyosati, mudofaa, energetika va transport sohalarida bir-birlari hamkorlik qiladi.

Boltiq davlatlari atamasi XX asrning boshlarigacha Boltiq dengiziga yaqin joylashgan mamlakatlar: Shvetsiya va Daniya, baʼzan Germaniya imperiyasi va Rossiya imperiyasi baʼzi qismlari uchun ishlatilgan. Nordik assotsiatsiyasi tashkil etilgach, atama Shvetsiya va Daniya uchun ishlatilinmaydigan boʻlgan[2].

1914-yildan 1918-yilgacha davom etgan Birinchi jahon urushi yakunlangach, Rossiya imperiyasidan mustaqillikni qoʻlga kiritgan Boltiq dengizi boʻyidagi mamlakatlarga nisbatan qoʻllanila boshlandi. Atama Estoniya, Latviya, Litva va keyinchalik Nordik mamlakatlar qatoriga kirgan Finlyandiya uchun ham qoʻllanildi.

Ikkinchi jahon urushidan keyin bu atama Sovet Ittifoqi tomonidan bosib olingan uch mamlakatni Estoniya, Latviya va Litva uchun umumiy ishlatilgan.

Boltiqbo‘yi davlatlarining 1935-yildagi hududi

1918-1940-yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi jahon urushi tugashi bilan Litva mustaqilligini eʼlon qildi va Latviya muvaqqat hukumat tuzdi. Estoniya 1917-yilda podsho hukumatidan 1918-yil fevralida mustaqilligini eʼlon qilgan, biroq keyinchalik 1918-yil noyabrda Germaniya imperiyasi tomonidan bosib olingan. Estoniya 19181920-yillarda Chor Rossiyasiga qarshi mustaqillik urushini olib borgan.

Sovet va nemis okkupatsiyasi(1940-1991)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1939-yil sentabrda Sovet Armiyasi Polshaning sharqiy qismiga bostirib kirdi va Estoniya, Latviya va Litvani „oʻzaro hamkorlikka“ majbur qildi. 1940-yil iyun oyida Qizil armiya Estoniya, Latviya va Litvaning barcha hududlarini egallab oldi. 1940-yil avgust oyida SSSR tarkibiga Boltiq davlatlari Estoniya SSR, Latviya SSR va Litva SSR sifatida kiritildi.

Sovet Ittifoqi oʻzining bosib olingan hududlarini deportatsiya qilish va rus tilini yagona ish tili sifatida belgilash kabi yoʻllar bilan sovetlashtirishga harakat qildi. 1940-1953 yillarda Sovet hukumati Boltiqboʻyidan 200 mingdan ortiq odamni Sovet Ittifoqining chekka hududlariga surgun qildi. Boltiqboʻyi aholisining 10% ga yaqini deportatsiya qilingan yoki mehnat lagerlariga joʻnatilgan. 190 000 dan ortiq litvalik yahudiylar, Litvaning urushdan oldingi yahudiy jamoasining deyarli 95 foizi va 66 000 latviyalik yahudiylar oʻldirilgan.

1980-yillarning oxirida Sovet hokimiyatiga qarshi ommaviy qarshilik kampaniyasi boshlandi, bu „Singing inqilobi“ deb nomlandi. Sovet Ittifoqi 1991-yil 6-sentabrda uchta Boltiqboʻyi davlatining mustaqilligini tan oldi. 1993-yil avgust oyida boshlab qoʻshinlar mintaqadan olib chiqildi. Oxirgi rus qoʻshinlari 1994-yil avgustida u yerdan olib chiqildi.

Boltiq davlatlari bugungi kunda liberal demokratik davlatlar boʻlib, bir palatali parlamentlar toʻrt yillik muddatga xalq ovozi bilan saylanadi: Estoniyada Riigikogu, Latviyada Sayma va Litvada Seyma. Latviya va Estoniyada prezident parlament tomonidan saylanadi, Litvada esa prezidentlik tizimi mavjud boʻlib, prezident xalq ovozi bilan saylanadi.

„Boltiq“ – miloddan avvalgi III asrdan boshlab qoʻllanilgan shu nomdagi gidronim. Erotosfen oʻz asarlari daryoni „Baltiya“ deb atagan.

Iqtisodiy jihatdan, siyosiy oʻzgarishlar va demokratiyaga oʻtish jarayoni bilan bir vaqtda, davlatlarning avvalgi markazlashgan iqtisodiyoti qonunchilik orqali bozor iqtisodiyotiga aylantirildi hamda asosiy makroiqtisodiy omillar oʻrnatildi hamda yangilandi yaʼni byudjet qoidalari, milliy audit tizimi, milliy valyuta va markaziy banki. Shuningdek, davlatlar tez orada quyidagi iqtisodiy muammolarga duch kelishdi: yuqori inflyatsiya, yuqori ishsizlik, past darajadagi iqtisodiy oʻsish va yuqori koʻrsatgichdagi davlat qarzi.

  1. Republic of Estonia „Baltic Cooperation“. Ministry of Foreign Affairs. 2017-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-may.
  2. Mahan, Alfred Thayer. The Life of Nelson (en). Bexley Publications, 2006. ISBN 978-1-4116-7198-0. Qaraldi: 2018-yil 12-may. 








ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Boltiq_davlatlari

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy