Content-Length: 171777 | pFad | https://uz.wikipedia.org/wiki/Megalodon

Megalodon - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Megalodon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Megalodon tishi va odam panjasi solishtiruvi

Megalodon (lotincha: „Otodus megalodon“ —katta tish“ degan maʼnoni anglatadi) — Skumbriya akulasining yoʻqolib ketgan turi. Taxminan 23—3,6-mingyilliklar orasida yashagan suv jonzoti hisoblanadi. Naxanglarning ushbu ulkan qarindoshi erta Miozen davridan toki Pliotsengacha boʻlgan davrlar oraligʻida mavjud boʻlgan.

Megalodon, avval boshida, Lamnidey oilasining aʼzosi boʻlmish katta oq akula (Karxarodon karxarias)ning yaqin qarindoshi deb hisoblangan. Biroq, hozirda u erta boʻr davrida katta oq akuladan ajralib chiqqib, yoʻq boʻlib ketgan Otodontidey oilasiga mansub jonzot sifatida koʻriladi. Uning qaysi turga mansub yirtqich ekanligini aniqlashtirish hali hamon muhokama qilinmoqda. Mualliflar uni Karxarokles, Megaselakus, Otodus yoki Prokarkarodonlar orasidan biri bilan qarindoshligi bor deya hisoblashadi. Buning sababi, Megalodonning paleosen davrida paydo boʻlgan Otodus turiga mansub gigant akulalar avlodining yakuniy xronoturi ekanligini koʻrsatadigan qoldiqlar topilgan.

Hozirgi paytgacha boʻlgan davr oraligʻida yashab oʻtgan jonzotlar orasidagi eng yirik yirtqich hisoblanmish ushbu naxangning maksimal hajmi haligacha aniqlanmagan. Uning borligiga isbot undan qolgan topilma qoldiq suyaklardir. Megalodon tanasi oʻlchamini tishlariga qarab aniqlashga harakat qilishadi. Taxminan, maksimal uzunligi 14-20 metr (46-67 fut)[1][2]. Oʻrta hisobda 10.5 metr(34 fut) oʻlchamda boʻlgan[3][4]. Hisob-kitoblarga koʻra, ogʻirligi 48 tonnagacha boʻlishi mumkinligi keltirib oʻtilgan[5][6]. Uning tishlari qalin va mustahkam boʻlib, oʻlja suyagini sindirish uchun moʻljanlangan.

Megalodon hozirgi davrgacha boʻlgan dengiz jonzotlari genomiga sezilarli taʼsir oʻtkazgan, degan qarashlar mavjud. Topilma tasvirlar uning kosmopolit tarqalishiga ega ekanligini koʻrsatib turadi. Tahminlarga koʻra voyaga yetgan megalodonlar yirik dengiz toshbaqalari, tyulenlar, kitlar bilan oziqlangan. Yosh megalodonlar esa qirgʻoqqa yaqin masofadagi iliq suvlarda yashagan va baliqlar va nisbatan kichik kitlarni ovlagan. Megalodon kuchli jagʻlarini oʻljaning koʻkrak qafasini yorib oʻtish va yuragi hamda oʻpkasini teshib oʻtib jarahot yetkazish uchun ishlatgan.

Ushbu tur akulalari rivojlanish uchun iliq suvlarni afzal koʻrishgan. Muzlik davri boshlanishi bilan yuzaga kelgan okeanlar sovushi, dengiz sathining pasayishi natijasida yosh naxanglar uchun sharoit yoʻqola boshlaydi. Aynan ushbu omil turning butunlay yoʻq boʻlib ketishiga sabab boʻlgan boʻlishi mumkin. Akulaning doimiy ozuqa manbasi hisoblangan Balen kitlarining yashash joylarini oʻzgartirishi ham megalodonning asosiy oziq-ovqat manbasini qisqartirgani holda ushbu yirik tur taqdiriga jiddiy zarba bergan boʻlishi mumkin.

An illustration of a shark head (sideview). Visible are wrinkles and an exaggerated nose and eyes, and at the bottom are two individual drawings of shark teeth
Nikolas Stenoning „Boʻlaklangan naxang boshi“ asaridagi akulaning chanoq suyak tasviri

Uygʻonish davri maʼlumotlariga koʻra, dengizlarni oʻrab turgan qoyalarda ulkan tish izi sifatida qolib ketgan uchburchaksimon tasvirlar, oʻsha davrlarda, ajdarholar yohud bahaybat ilonlarga tegishli deya ishonilgan. Ushbu talqinga 1667-yilda daniyalik tabiatshunos Nikolas Steno tomonidan tuzatish kiritilgan. Tadqiqodshunos olim ushbu tasvirlarni oʻta yirik hajmdagi akulaning tishlari deya eʼtirof etgan va mashhur jagʻlarga ega akulaning bosh tasvirini yaratishga qaror qilgan. U oʻz topilmalarini "Parchalangan naxang chanogʻi" kitobida tasvirlab bergan. Ushbu manbada megalodon tishining tasviri ham mavjud[7][8][9].

Shveysariyalik tabiatshunos Lui Agassiz tish qoldiqlariga asoslanib, 1843-yilda chop etilgan Baliqlarning qazilma qoldiqlarini oʻrganish asarida ushbu akulaga Karxarodon megalodon nomini bergan[10]. Ingliz paleontologi Edvard Charlzvort oʻzining 1837-yilgi maqolasida Karxarias megalodon nomini ishlatgan va Agassizni muallif sifatida keltirgan. Ingliz paleontologi Charlz Devis Sherborn 1928-yilda akulaning birinchi ilmiy tavsifi sifatida Agassizning 1835-yilgi maqolalarini sanab oʻtgan[11]. Megalodonning oʻziga xos nomi qadimgi yunoncha: μέγας „katta tish“, mĭgas yoqilgan va ὀdeoss (odoús), „tish“. soʻzlari qoʻshilmasidan kelib chiqqan. Megalodonning tishlari morfologik jihatdan katta oq akula (Karcharodon karxarias) ga oʻxshaydi va bu kuzatish asosida Agassiz megalodonni Karxarodon turiga mansub deb eʼlon qilgan. „Bahaybat tishli akula“ yoki oddiygina „Meg“ deb ataladi.

Megalodon xronoturlarining evolyutsion diagrammasi

Eng qadimgi megalodon qoldiqlari taxminan 28 million yil oldin kech Oligotsen davridan xabar beradi[12][13]. Biroq, ushbu yirtqich qachon paydo boʻlgani haqida olimlar va tadqiqochlar orasida kelishmovchiliklar mavjud. Megalodon Pliotsen oxirida, taxminan 2,6 mingyillikka yaqin yoʻq boʻlib ketgan degan taxmin ham mavjud.

Megalodon Otodontida oilasining aʼzosi hisoblanadi. Otodus turi, uning oldingi Lamnida va Karxarodon turlari tasnifidan tubdan farqlanadi[14][15][16][17]. Megalodonning Karxarodon tasnifi katta oq akula tishlari oʻxshashligi bilan bogʻliq edi. Ammo hozirda koʻpchilik mualliflar bu konvergent evolyutsiya bilan bogʻliq hodisa deb hisoblashadi. Ushbu modelda katta oq akula megalodondan koʻra yoʻq boʻlib ketgan keng tishli mako (Isurus hastalis) bilan nisbatan yaqin tur sifatida koʻriladi. Bu ikki akuladagi oʻxshashliklar koʻproq tishlar bilan tasdiqlanadi.

A black megalodon tooth and two white great white shark teeth above a centimeter scale, the megalodon tooth extends between the zero and thirteen-and-a-half centimeter marks. One great white tooth extends between the eleven and thirteen centimeter marks, and the other extends between from the thirteen and sixteen centimeter marks.
Ikkita katta oq akula tishlari megalodon tishi bilan yonma-yon
A great white shark swimming a few meters below the surface, above a school of much smaller fish.
Katta oq akula (Karxarodon karxarias) va megalodon ilgari yaqin qarindoshlar deb hisoblangan[18][19].

Karxarokles turkumi hozirda toʻrt turni oʻz ichiga oladi: avrikulatus, angustidens, chubutensis va megalodon[20]. Ushbu naslning evolyutsiyasi tishlarning koʻpayishi, boshning tepa qismi kengayishi, koʻproq uchburchak shaklining rivojlanishi va lateral dumlarning yoʻqolishi bilan tavsiflanadi. Tish evolyutsiyasi yirtqichlar taktikasi oʻzgarishi; terini yirtish uchun moʻljallangan tishlashdan kesuvchi tishlashga oʻtishini aks ettiradi[21]. Xubutensis va megalodon oʻrtasidagi oʻtish davridagi, taxminan 12 million yil davom etgan, bosqichma-bosqich jarayonda lateral burmalar yoʻqola borgan[21].

1960-yilda Kezyer tomonidan taklif qilingan ushbu jins evolyutsiyasining yana bir modeli, Karxaroklarning toʻgʻridan-toʻgʻri ajdodi Otodus oblikus akulasi boʻlib, u paleotsendan Miozen davrigacha, 60—13-mingyilliklarda yashagan.Otodus turi oxir-oqibat boʻr davridagi akula Kretolamnadan olingan[22][23]. Ushbu modelda, dastavval, Oblikus Aksuatikusga, Avrikulatusga, keyin Angustidensga, soʻngra Xubutensisga, soʻngra Megalodonga aylaishi tavsiflangan.

2001-yilda paleontolog Maykl Benton tomonidan taklif qilingan nazariyaga asosan Karxaroklar evolyutsiyasining yana bir modeli shundan iboratki, qolgan uchta tur aslida akulaning yagona turi boʻlib, vaqt oʻtishi bilan Paleotsen va Pliotsen oʻrtasida asta-sekin oʻzgarib, uni xronoturga aylantirgan.

  1. Cooper, J. A.; Pimiento, C.; Ferrón, H. G.; Benton, M. J. (2020). „Body dimensions of the extinct giant shark Otodus megalodon: a 2D reconstruction“. Scientific Reports. 10-jild, № 14596. 14596-bet. Bibcode:2020NatSR..1014596C. doi:10.1038/s41598-020-71387-y. PMC 7471939. PMID 32883981.
  2. Perez, Victor; Leder, Ronny; Badaut, Teddy (2021). „Body length estimation of Neogene macrophagous lamniform sharks (Carcharodon and Otodus) derived from associated fossil dentitions“. Palaeontologia Electronica. 24-jild, № 1. 1–28-bet. doi:10.26879/1140.
  3. Pimiento, C.; MacFadden, B. J.; Clements, C. F.; Varela, S.; Jaramillo, C.; Velez-Juarbe, J.; Silliman, B. R. (2016). „Geographical distribution patterns of Carcharocles megalodon over time reveal clues about extinction mechanisms“. Journal of Biogeography. 43-jild, № 8. 1645–1655-bet. doi:10.1111/jbi.12754.
  4. Pimiento, C.; Balk, M. A. (2015). „Body-size trends of the extinct giant shark Carcharocles megalodon: a deep-time perspective on marine apex predators“. Paleobiology. 41-jild, № 3. 479–490-bet. doi:10.1017/pab.2015.16. PMC 4541548. PMID 26321775.
  5. Prothero, Donald R. „09. Mega-Jaws: The Largest Fish. Carcharocles“, . The Story of Life in 25 Fossils: Tales of Intrepid Fossil Hunters and the Wonders of Evolution (en). New York Chichester, West Sussex: Columbia University Press, 25-avgust 2015-yil — 96–110-bet. DOI:10.7312/prot17190-010. ISBN 978-0-231-53942-5. 
  6. Wroe, S.; Huber, D. R.; Lowry, M.; McHenry, C.; Moreno, K.; Clausen, P.; Ferrara, T. L.; Cunningham, E.; Dean, M. N. (2008). „Three-dimensional computer analysis of white shark jaw mechanics: how hard can a great white bite?“ (PDF). Journal of Zoology. 276-jild, № 4. 336–342-bet. doi:10.1111/j.1469-7998.2008.00494.x.
  7. Haven, Kendall. 100 Greatest Science Discoveries of All Time. Westport, Connecticut: Libraries Unlimited, 1997 — 25–26-bet. ISBN 978-1-59158-265-6. OCLC 230807846. 
  8. Hsu, Kuang-Tai „The Path to Stenoʻs Synthesis on the Animal Origin of Glossopetrae“, . The Revolution in Geology from the Renaissance to the Enlightenment Rosenburg: . Boulder, Colorado: Geological Society of America, 2009. ISBN 978-0-8137-1203-1. OCLC 608657795. 
  9. Eilperin, J.. Demon Fish. Pantheon Books, 2012 — 43-bet. ISBN 978-0-7156-4352-5. [sayt ishlamaydi]
  10. Agassiz, Louis. Recherches sur les poissons fossiles (fr). Neuchatel: Petitpierre, 1843 — 41-bet. 
  11. Keyes, I. W. (2012). „New records of the Elasmobranch C. megalodon (Agassiz) and a review of the genus Carcharodon in the New Zealand fossil record“. New Zealand Journal of Geology and Geophysics. 15-jild, № 2. 229-bet. doi:10.1080/00288306.1972.10421956.
  12. Yabe, H.; Goto, M.; Kaneko, N. (2004). „Age of Carcharocles megalodon (Lamniformes: Otodontidae): A review of the stratigraphic records“. The Palaeontological Society of Japan. 75-jild. 7–15-bet.
  13. Gottfried, M. D.; Fordyce, R. E. (2001). „An associated specimen of Carcharodon angustidens (Chondrichthyes, Lamnidae) from the Late Oligocene of New Zealand, with comments on Carcharodon interrelationships“. Journal of Vertebrate Paleontology. 21-jild, № 4. 730–739-bet. doi:10.1671/0272-4634(2001)021[0730:AASOCA]2.0.CO;2. 2019-12-17da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2022-05-23.
  14. Pimiento, C.; MacFadden, B. J.; Clements, C. F.; Varela, S.; Jaramillo, C.; Velez-Juarbe, J.; Silliman, B. R. (2016). „Geographical distribution patterns of Carcharocles megalodon over time reveal clues about extinction mechanisms“. Journal of Biogeography. 43-jild, № 8. 1645–1655-bet. doi:10.1111/jbi.12754.
  15. Pimiento, C.; Clements, C. F. (2014). „When Did Carcharocles megalodon Become Extinct? A New Analysis of the Fossil Record“. PLOS ONE. 9-jild, № 10. e111086-bet. Bibcode:2014PLoSO...9k1086P. doi:10.1371/journal.pone.0111086. PMC 4206505. PMID 25338197.
  16. Shimada, K.; Chandler, R. E.; Lam, O. L. T.; Tanaka, T.; Ward, D. J. (2016). „A new elusive otodontid shark (Lamniformes: Otodontidae) from the lower Miocene, and comments on the taxonomy of otodontid genera, including the 'megatoothed' clade“. Historical Biology. 29-jild, № 5. 1–11-bet. doi:10.1080/08912963.2016.1236795.
  17. Shimada, Kenshu (2019). „The size of the megatooth shark, Otodus megalodon (Lamniformes: Otodontidae), revisited“. Historical Biology. 33-jild, № 7. 1–8-bet. doi:10.1080/08912963.2019.1666840. ISSN 0891-2963.
  18. Nyberg, K. G.; Ciampaglio C. N.; Wray G. A. (2006). „Tracing the ancestry of the great white shark, Carcharodon carcharias, using morphometric analyses of fossil teeth“. Journal of Vertebrate Paleontology. 26-jild, № 4. 806–814-bet. doi:10.1671/0272-4634(2006)26[806:TTAOTG]2.0.CO;2.
  19. Ehret D. J.; Hubbell G.; Macfadden B. J. (2009). „Exceptional preservation of the white shark Carcharodon from the early Pliocene of Peru“. Journal of Vertebrate Paleontology. 29-jild, № 1. 1–13-bet. doi:10.1671/039.029.0113. JSTOR 20491064.
  20. Renz, Mark. Megalodon: Hunting the Hunter. Lehigh Acres, Florida: PaleoPress, 2002 — 1–159-bet. ISBN 978-0-9719477-0-2. OCLC 52125833. 
  21. 21,0 21,1 Perez, V. J.; Godfrey, S. J.; Kent, B. W.; Weems, R. E.; Nance, J. R. (2019). „The transition between Carcharocles chubutensis and Carcharocles megalodon (Otodontidae, Chondrichthyes): lateral cusplet loss through time“. Journal of Vertebrate Paleontology. 38-jild, № 6. e1546732-bet. doi:10.1080/02724634.2018.1546732.
  22. Shimada, K.; Chandler, R. E.; Lam, O. L. T.; Tanaka, T.; Ward, D. J. (2016). „A new elusive otodontid shark (Lamniformes: Otodontidae) from the lower Miocene, and comments on the taxonomy of otodontid genera, including the 'megatoothed' clade“. Historical Biology. 29-jild, № 5. 1–11-bet. doi:10.1080/08912963.2016.1236795.Shimada, K.; Chandler, R. E.; Lam, O. L. T.; Tanaka, T.; Ward, D. J. (2016). „A new elusive otodontid shark (Lamniformes: Otodontidae) from the lower Miocene, and comments on the taxonomy of otodontid genera, including the 'megatoothed' clade“. Historical Biology. 29 (5): 1-11. doi:10.1080/08912963.2016.1236795. S2CID 89080495.
  23. Siverson, M.; Lindgren, J.; Newbrey, M.G.; Cederström, P.; Cook, T.D. (2013). „Late Cretaceous (Cenomanian-Campanian) mid-palaeolatitude sharks of Cretalamna appendiculata type“ (PDF). Acta Palaeontologica Polonica. 2-bet. doi:10.4202/app.2012.0137. 19-oktabr 2013-yilda asl nusxadan (PDF) arxivlandi.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()

Paleontologiyaga oid videolar (inglizcha)

[tahrir | manbasini tahrirlash]








ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Megalodon

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy