Avtomobil sanoati
Avtomobil sanoati — mashinasozlikning bir tarmogʻi; avtomobillar, tirkama va yarim tirkama yuk tashish moslamalari, avtomobillarga ehtiyot qismlar, agregatlar ishlab chiqaradi, shuningdek mototsikllar, motorollerlar, mopedlar, velosipedlar ishlab chiqarish korxonalari ham Avtomobil sanoati tarkibiga kiradi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avtomobil sanoati 19-asr oxirida Fransiya, Germaniya, AQSH, Buyuk Britaniyada vujudga keldi. 20-asr davomida bu sanoat yuqoridagi mamlakatlardan tashqari. Yaponiya, Italiya, Rossiya, Kanada, Shvesiya va boshqa mamlakatlarda ham rivoj topgan[1]. Dunyoda har yili oʻrta hisobda 70–100 mln avtomobil ishlab chiqariladi, shulardan yuk avtomobillari 9–10 mln, avtobuslar 1,4–1,7 mln, qolganlari yengil avtomobillar. Yengil avtomobillar ishlab chiqarishda AQShning "Jeneral motors" (3,4), "Ford" (4,0), "Kraysler" (1,4) avtomobil monopoliyalari jahonda ishlab chiqarilgan jami yengil avtomobillarning 23,6%ni ishlab chiqaradi, Yaponiyaning "Toyota" (3,6), "Xonda" (1,9), "Nissan" (2,1) monopoliyalari, Germaniyaning "Folksvagen" (2,0), "Opel" (1,7), Fransiyaning "Reno" (1,6), Italiyaning "Fiat" (1,9) kompaniyalari yengil avtomobillar ishlab chiqarishda yetakchilik qiladi. 20-asrning 80-yillaridan boshlab avtomobil konsernlari avtomobil sotish bozorlarida kattaroq joy egallash, mahsulot tannarxini kamaytirish va sifatini yuqori darajaga koʻtarish maqsadida xalqaro konsernlarga birlasha boshlashdi. Masalan, "Ford" konserni oʻziga Yaponiyaning "Mazda", Angliyaning "Yaguar", Shvesiyaning "Volvo" konsernlarining yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan boʻlimlarini kiritdi. "Folksvagen" Ispaniyaning "Seat", Germaniyaning "Audi", Chexiyaning "Shkoda" konsernlari bilan birlashdi. Bu jarayon hozirgi kungacha davom etib kelmoqda.
Oʻzbekistonda Avtomobil sanoati
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bu turkum uchun asosiy maqola: Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoati
Oʻzbekistonda Avtomobil sanoati 90-yillar boshidan paydo boʻldi. 1992-yil Oʻzbekiston Respublikasida Janubiy Koreyaning "DEU" korporatsiyasi bilan Asaka shahrida yillik loyiha quvvati 200 ming dona yengil avtomobillar ("Damas", "Tiko", "Neksiya") ishlab chiqaradigan "OʻzDEU-avto", qoʻshma korxonasi barpo etildi. Asaka avtomobil zavodida "Damas" mikroavtobuslarini seriyali ishlab chiqarish 1996-yil martdan yoʻlga qoʻyildi, 1996-yil 19-iyulda zavodning rasmiy ochilishi va xalqaro taqdimoti oʻtkazildi. 1996–99 yillarda "OʻzDEUavto" qoʻshma korxonasida 200 mingdan ortiq avtomobil, 1999-yilda jami 60 mingga yaqin avtomobil ishlab chiqarildi ("Neksiya" – 28259, "Tiko" – 16380, "Damas" – 13663 dona). Chet elga 14 mingdan ortiq avtomobil eksport qilindi. Shuning-dek 1995-yil "Oʻzavtosanoat" uyushmasi va Turkiyaning "Koch xolding" kompaniyasi oʻrtasida imzolangan shartnomaga koʻra, Samarqand shahrida yillik loyiha quvvati 5 ming donadan ziyod avtobus va turli yuk mashinalari ishlab chiqarishga moʻljallangan, umumiy qiymati 65 mln. AQSH dollariga teng "SamKochAvto" qoʻshma korxo-nasini bunyod etildi. Oʻrta Osiyoda avtobus va turli yuk mashinalari ishlab chiqaradigan mazkur yagona korxonani ishga tushirishga moʻljallangan rasmiy takdimot marosimi 1999-yil 16-martda boʻlib oʻtdi. Hozircha bu zavodda tayyorla-nayotgan mashinalar uchun butlovchi va ehtiyot qismlarning 25% Oʻzbekistonda 136ishlab chiqarilmoqda. Kelgusida avtomo-bil qismlarini ishlab chiqarish tobora kengaytiri-ladi. Asaka avtomobil zavodida ham dast-labki butlovchi va ehtiyot qismlarning 15% mahalliy korxonalarda tayyorlangan boʻlsa, 1999-yilga kelib bu koʻrsatkich 55%ga yetdi.Respublika avtomobillar uchun but-lovchi qismlar ishlab chiqarishni ma-halliylashtirish dasturini amalga oshi-rish maqsadida oʻnlab qoʻshma korxonalar tashkil etildi. Ular Janubiy koreyalik sheriklar ishtirokida tashkil etilgan zavodlar: "OʻzkoramKo", "Oʻz-Tong Xong", "Oʻz-Dong Yang", "Oʻz-Don-gju Peint Kom-pani", "Oʻz-Sam Yang" va boshqa1998-yilda "Oʻzavtosanoat" uyushmasi Xalqaro avtotransport ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkilotlariga a’zo etib qabul qilindi.Avtozavodlarning koʻplab dilerlari respublika ichida ham, undan tashqarida ham faol ishlamoqdalar. "Oʻzavtotexxizmat" aksiyadorlik jamiya-ti va "OʻzbekLada" shular jumlasidan-dir. Avtomobillarning yangi modellarini yaratish maqsadida katta loyihalar ustida ishlar olib borilmoqda.2000-yil boshida Sifatni standart-lash boʻyicha xalqaro tashkilot (ISO-BMTning tashkiloti; 1946-yilda tuzil-gan) "OʻzDEUavto" kompaniyasida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarga xalqaro sifat talablariga muvofiqlik sertifi-katini berdi.Baxtiyor Hasanov.
Dunyo
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyidagi jadvalda soʻnggi yillarda butun dunyo boʻylab ishlab chiqarilgan avtomobillarni umumiy soni va ushbu sanoatning oʻsish foizlari keltirilgan.
Yil | Soni | Oʻzgarish | Manba |
---|---|---|---|
1997 | 54,434,000 | — | [2] |
1998 | 52,987,000 | 2.7% | [2] |
1999 | 56,258,892 | 6.2% | [3] |
2000 | 58,374,162 | 3.8% | [4] |
2001 | 56,304,925 | 3.5% | [5] |
2002 | 58,994,318 | 4.8% | [6] |
2003 | 60,663,225 | 2.8% | [7] |
2004 | 64,496,220 | 6.3% | [8] |
2005 | 66,482,439 | 3.1% | [9] |
2006 | 69,222,975 | 4.1% | [10] |
2007 | 73,266,061 | 5.8% | [11] |
2008 | 70,520,493 | 3.7% | [12] |
2009 | 61,791,868 | 12.4% | [13] |
2010 | 77,857,705 | 26.0% | [14] |
2011 | 79,989,155 | 3.1% | [15] |
2012 | 84,141,209 | 5.3% | [16] |
2013 | 87,300,115 | 3.7% | [17] |
2014 | 89,747,430 | 2.6% | [18] |
2015 | 90,086,346 | 0.4% | [19] |
2016 | 94,976,569 | 4.5% | [20] |
2017 | 97,302,534 | 2.36% | [21] |
2018 | 95,634,593 | 1.71% | [22] |
2019 | 91,786,861 | 5.2% | [23] |
2020 | 77,621,582 | 16% | [24] |
Eksport va import
[tahrir | manbasini tahrirlash]from Harvard Atlas of Economic Complexity
Yetakchi kompaniyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davlat | Ishlab chiqarilgan (dona) | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Xitoy | 26 082 220
| ||||||||
AQSh | 9 167 214
| ||||||||
Yaponiya | 7 846 955
| ||||||||
Hindiston | 4 399 112
| ||||||||
Koreya Respublikasi | 3 462 404
| ||||||||
Olmoniya † | 3 308 692
| ||||||||
Meksika | 3 145 653
| ||||||||
Braziliya | 2 248 253
| ||||||||
Ispaniya | 2 098 133
| ||||||||
Tayland | 1 685 705
| ||||||||
Rossiya | 1 566 317
| ||||||||
Fransiya † | 1 351 308
| ||||||||
Turkiya | 1 276 140
| ||||||||
Indoneziya | 1 121 967
| ||||||||
Kanada | 1 115 002
| ||||||||
Chexiya | 1 111 432
| ||||||||
Slovakia | 1 000 000
| ||||||||
Buyuk Britaniya | 932 488
| ||||||||
Eron | 894 298
| ||||||||
Italiya | 795 856
| ||||||||
† = faqat yengil va kichiktonnajli avtomobillar „Ishlab chiqarish statistikasi“. OICA. |
OICA sayti tahlillari boʻyicha 2017-yilda eng yirik 15 ta avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar jadvali.[25]
Oʻrin | Kompaniya | Davlat | Avtomobil |
---|---|---|---|
1 | Toyota | Yaponiya | 10,466,051 |
2 | Volkswagen Group | Olmoniya | 10,382,334 |
3 | Hyundai | Koreya Respublikasi | 7,218,391 |
4 | General Motors | AQSh | 6,856,880 |
5 | Ford | AQSh | 6,386,818 |
6 | Nissan | Yaponiya | 5,769,277 |
7 | Honda | Yaponiya | 5,236,842 |
8 | Fiat Chrysler Automobilesa | Italiya/ AQSh | 4,600,847 |
9 | Renault | Fransiya | 4,153,589 |
10 | Groupe PSAa | Fransiya | 3,649,742 |
11 | Suzuki | Yaponiya | 3,302,336 |
12 | SAIC | Xitoy | 2,866,913 |
13 | Daimler | Olmoniya | 2,549,142 |
14 | BMW | Olmoniya | 2,505,741 |
15 | Geely | Xitoy | 1,950,382 |
Top 20
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ishlab chiqarilmaydigan rus avtomobillari
- ↑ 2,0 2,1 „1998 - 1997 WORLD MOTOR VEHICLE PRODUCTION BY TYPE AND ECONOMIC AREA“. oica.net. Qaraldi: 2015-yil 21-iyul.
- ↑ „1999 Production Statistics“. oica.net.
- ↑ „2000 Production Statistics“. oica.net.
- ↑ „2001 Production Statistics“. oica.net.
- ↑ „2002 Production Statistics“. oica.net.
- ↑ „2003 Production Statistics“. oica.net.
- ↑ „2004 Production Statistics“. oica.net.
- ↑ „2005 Production Statistics“. oica.net.
- ↑ „2006 Production Statistics“. oica.net.
- ↑ „2007 Production Statistics“. oica.net.
- ↑ „2008 Production Statistics“. oica.net.
- ↑ „2009 Production Statistics“. oica.net.
- ↑ „2010 Production Statistics“. oica.net.
- ↑ „2011 Production Statistics“. oica.net.
- ↑ „2012 Production Statistics“. oica.net.
- ↑ „2013 Production Statistics“. oica.net.
- ↑ „2014 Production Statistics“. oica.net.
- ↑ „2015 Production Statistics“. oica.net.
- ↑ „2016 Production Statistics“. oica.net.
- ↑ „2017 Production Statistics“. oica.net.
- ↑ „2018 Production Statistics“. oica.net.
- ↑ „2019 Production Statistics“. oica.net.
- ↑ „2020 Production Statistics“. oica.net.
- ↑ OICA: World Ranking of Manufacturers