Loziqiya
Loziqiya ٱللَّاذْقِيَّة / ٱللَّاذِقِيَّة | |
---|---|
Shahar | |
35°31′00″N 35°47′00″E / 35.51667°N 35.78333°E | |
Mamlakat | Suriya |
muhofaza | Loziqiya |
okrug | Loziqiya |
Hukumat | |
• Voliy | Amir Ismoil Hilol[1][2] |
Asos solingan | Miloddan avvalgi 4-asr |
Maydon | 58 km2 (22 kv mi) |
Markazi balandligi | 11 m |
Rasmiy til(lar)i | arab tili |
Aholisi (2023) |
709,000[3] |
Vaqt mintaqasi | UTC+3 |
Telefon kodi | +963 41 |
Loziqiya (arabcha: اللاذقية) — Suriyaning shimoli-gʻarbiy qismidagi shahar. Loziqiya muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 305 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Oʻrta yer dengizi sohilidagi port. Loziqiya — Halab — Qamishli temir yoʻlining boshlangʻich punkti. Paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati korxonalari, elektr motorlari zavodi, universitet bor. Zaytun moyi, ipak matolar ishlab chiqariladi. Loziqiya yaqinidan bitum olinadi. Loziqiya qadimiy shahar. Shaharga finikiyaliklar asos solgan. 7-asrda Loziqiyani arablar bosib olgan. 1516— 1918-yillarda Usmonli turklar, 1918—1943-yillarda fransuzlar qoʻl ostida boʻlgan. 1943-yildan Suriya tarkibida[4].
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Porti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Loziqiya porti Suriyaning asosiy dengiz porti hisoblanadi. U 1950-yil 12-fevralda tashkil etilgan va oʻsha vaqtdan beri shaharning ahamiyatini oshirdi. Port orqali kiyim-kechak, qurilish materiallari, transport vositalari, mebel, minerallar, tamaki, paxta va lintel, piyoz, bugʻdoy, arpa, xurmo, don va anjir kabi oziq-ovqat mahsulotlari import qilinadi. 2008-yilda port 8 million tonnaga yaqin yuk port orqali tashildi.
Portning 43 gektarli katta hududi konteyner terminali hisoblanadi. Omborning quvvati 17 000 tagacha konteynerni oʻziga sigʻdira oladi[5]. Loziqiya Iskandariya (Misr), Izmir (Turkiya) va Bayrut (Livan) bilan oltita parom liniyasi orqali bogʻlangan. 2011-yildan beri davom etayotgan Suriya fuqarolar urushida bu liniyalar ham bor-yoʻqligi maʼlum emas.
Loziqiya marinasida maksimal uzunligi 25 metr va suv tortishi 4 metrgacha boʻlgan kemalar uchun 150 ta joy mavjud[6]. Bu yerda Suriya harbiy-dengiz kuchlarining toʻrtta bazadan biri joylashgan.
Qishloq xoʻjaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Loziqiya keng qishloq xoʻjalik hududiga ega. Eksport qilinadigan mahsulotlar sirasiga bitum (asfalt), yormalar, paxta, meva, tuxum, oʻsimlik moyi, kulolchilik, tamaki kiradi. Paxta tozalash, oʻsimlik moyini qayta ishlash, koʻnchilik va shimgichni baliq ovlash shaharning mahalliy sanoati sanaladi[7].
Turizmi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Loziqiyadagi Kot-d’Azur plyaji Suriyaning qirgʻoqboʻyidagi asosiy kurorti boʻlib, u yerda suv changʻisi, gidrosikl va vindsyorfing taklif etiladi. Shaharda sakkizta mehmonxona mavjud, ulardan ikkitasi besh yulduzli maqomga ega. Cote d’Azur de Cham Hotel ham, Lé Meridien Lattiquie Hotel ham shahardan 6 kilometr (3.7 mi) shimolda, Kot d’Azurda joylashgan. Lé Meridien Lattiquie mehmonxonasining 274 ta xonasi bor va shahardagi yagona xalqaro mehmonxonadir[8].
Suriyaning boshqa shaharlari bilan solishtirganda, vitrinalarga qaransh va kechki bozorlarni sayr etish Loziqiyada sevimli mashgʻulot sanaladi. Koʻplab dizaynerlik brendi doʻkonlari Azar koʻchasi 8-uyda joylashgan, shaharning savdo hududi markazi shahar markazidagi Azar koʻchasi 8-uy, Yarmoʻk koʻchasi va Saad Zagʻlul koʻchalari bilan oʻralgan bir qator mavzelar hisoblanadi. Loziqiyada Ugarit Cinema, al-Kindi va al-Moʻtanabbiy koʻchasi yaqinidagi kichikroq kinoteatrlar mavjud[9].
Taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „President al-Assad issues decrees appointing new governors for four Syrian provinces“ (en-US). SANA (2021-yil 17-noyabr). 2021-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
- ↑ H. Zain / Mazen / H. Sabbagh.. „New Governor of Lattakia sworn in“ (2011-yil 23-aprel). 2011-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 23-aprel.
- ↑ a%201.98%25%20increase%20from%202020. (Wayback Machine saytida 2023-02-17 sanasida arxivlangan) Macrotrends. „Lattakia, Syria Metro Area Population 1950-2023.“
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „Port of Lattakia. World Port Source“. 2019-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-oktyabr.
- ↑ [1][sayt ishlamaydi]
- ↑ Latakia (Wayback Machine saytida 2014-11-29 sanasida arxivlangan). (2009). In Encyclopædia Britannica. Retrieved 2009-03-01, from Encyclopædia Britannica Online.
- ↑ Carter, 2004, p.146.
- ↑ Mannehim, 2001, p.284.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ashtor, Eliyahu (2014), Levant Trade in the Middle Ages, Princeton University Press, ISBN 978-1-400-853168
- Ball, Warwick (2000), Rome in the East: The Transformation of an Empire, Routledge, ISBN 9780415113762, 2023-09-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-11-06.
- Beattie, Andrew; Pepper, Timothy (2001), The Rough Guide to Syria, Rough Guides, ISBN 9781858287188, 2023-07-08da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-11-06
- Carter, Terry; Dunston, Lara; Humphreys, Andrew (2004), Syria & Lebanon, Lonely Planet, ISBN 9781864503333, 2023-09-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-11-06
- Carter, Terry; Dunston, Lara; Thomas, Amelia (2008), Syria & Lebanon, Lonely Planet, ISBN 9781741046090, 2023-09-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-11-06
- Dumper, Michael; Stanley, Bruce E.; Abu-Lughod, Janet L. (2007), Cities of the Middle East and North Africa: A Historical Encyclopedia, ABC-CLIO, ISBN 9781576079195, 2023-09-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-11-06.
- Fahlbusch, Erwin; Bromiley, Geoffrey William (2008), The Encyclopedia Of Christianity: Volume 5: Si-Z, Wm. B. Eerdmans Publishing, ISBN 9780802824172, 2023-09-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-11-06.
- La Boda, Sharon (1994), International Dictionary of Historic Places: Middle East and Africa, Taylor & Francis, ISBN 978-1-884-964039
- Hamilton, H.C.; Falconer, W., muh. (1857), The Geography of Strabo, III-jild, London: Henry G. Bohn, 2023-09-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-11-06.
- Maʻoz, Moshe; Yaniv, Avner; Gustav Heinemann Institute of Middle Eastern Studies (1986), Syria Under Assad: Domestic Constraints and Regional Risks, Taylor & Francis, ISBN 978-0-7099-2910-9, 2023-09-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-11-06.
- Mannheim, Ivan (2001), Syria & Lebanon Handbook: The Travel Guide, Footprint Travel Guides, ISBN 9781900949903, 2023-09-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-11-06
- Minahan, James (2002), Encyclopedia of the stateless nations: ethnic and national groups around the world, Greenwood Publishing Group, ISBN 9780313323843, 2023-09-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-11-06.
- Oxford Business Group (2006), Emerging Syria 2006, Oxford Business Group, ISBN 9781902339443, 2023-09-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-11-06.
- Podeh, Elie (1999), The Decline of Arab Unity: The Rise And Fall of the United Arab Republic, Sussex Academic Press, ISBN 978-1-84519-146-7[sayt ishlamaydi]
- Rabinovich, Itamar (1979), „The Compact Minorities and the Syrian State, 1918-45“, Journal of Contemporary History, 14 (4): 693–712, doi:10.1177/002200947901400407, ISSN 0022-0094, S2CID 154583615, 2013-10-07da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2009-03-01
- Riley-Smith, Jonathan (2005), The Crusades: A History, Continuum International Publishing Group, ISBN 9780826472700, 2023-09-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-11-06.
- Ring, Trudy; Salkin, Robert M.; La Boda, Sharon (1994), International Dictionary of Historic Places, Taylor & Francis, ISBN 9781884964039, 2023-09-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-11-06.
- le Strange, Guy (1890), Palestine Under the Moslems: A Description of Syria and the Holy Land from A.D. 650 to 1500, Committee of the Palestine Exploration Fund, ISBN 978-0-404-56288-5, 2023-09-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-11-06.
- Society of Arts (Great Britain) (1906), Journal of the Society of Arts, 54-jild, The Society, 2023-09-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-11-06.
- Winckler, Onn (1998), Demographic developments and population policies in Baʻathist Syria, Sussex Academic Press, ISBN 978-1-902210-16-2, 2023-09-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-11-06
- Winter, Stefan (2010), The Shiites of Lebanon under Ottoman Rule, 1516-1788, Cambridge University Press, doi:10.1017/CBO9780511676413, ISBN 9780511676413, 2023-09-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-03-11.
- Winter, Stefan (2016), A History of the 'Alawis: From Medieval Syria to the Turkish Republic, Princeton University Press, ISBN 9780691173894, OCLC 959149416, 2021-11-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-03-11.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Loziqiya haqida turkum mavjud |
- elatakia Loziqiya yangiliklari va xizmatlari uchun birinchi toʻlaqonli veb-sahifa
- Latakia news and services (arabcha)
- Tishreen University (English and arabcha)
- Audio interview with Latakia resident about life in Latakia
- Pictures from 2009
- "Latakia" Encyclopædia Britannica (11chi nashri) 1911
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |