Kontent qismiga oʻtish

Abraziv materiallar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Abraziv materiallar, abra-zivlar (lot. abrasio — qirtishlamoq) — mayda donador yoki kukunsimon qattiq materiallar. Ulardan charxtosh, jilvir, qayroq va boshqa tayyorlanadi. Abraziv materiallar tabiiy va sunʼiy xillarga boʻlinadi. Olmos, korund, kvars va boshqa tabiiy; elektr ko-rund, kremniy karbid (karborund), bor karbidlar sunʼiydir. Sanoatda sunʼiy Abraziv materiallar keng qoʻllanadi. Sunʼiy korund yoki elektr korund, asosan, alyuminiy (Sh)-oksiddan iborat, u tabiiy jinslar (giltuproq va boshqalar)ni elektr pechlarda eri-tib olinadi. Elektr korund juda qattiq material, 2050°S gacha temperaturaga chidaydi. Birmuncha qovushoq, oʻtkir qirrali dona-chalar tarzida uvalanadi. Elektr korund tarkibida alyuminiy (Sh)-oksid koʻpaysa, qattiqligi va qovushoqligi ortadi. Tar-kibidagi alyuminiy (Sh)-oksidning miqdoriga koʻra elektr korundlar ikki xil boʻladi: 1 — oq elektr korund (98 — 99%, shartli belgisi — EB), 2 — normal elektr korund (91%dan kam emas, shartli belgisi — E). Kremniy karbid elektr pechda qum va toshkoʻmir aralashmalariga kremniy karbid hosil boʻlishini tezlash-tiruvchi qoʻshimcha materiallar qoʻshib, 1800 — 1850°S gacha qizdirib olinadi. Kremniy karbid elektr korundga nisba-tan ham qattiq, ham moʻrt. Kremniy kar-bid ikki xil boʻladi: 1 — qora kremniy karbid (qum — 95% dan 97% gacha, shart-li belgisi — K4), 2 — koʻk yashil kremniy karbid (qum — 97%, shartli belgisi — K4). Bor karbid qattiqligi olmosga yaqin material. U texnik borat kislota va neft koksidan iborat shixtani eri-tib olinadi. Qoʻngʻir-qora rangli kukun tarzida ishlab chiqariladi. Abraziv asboblarning xillari: 1 — Yassi silliklash doirasi; 2 — konus do-ira; 3 — oʻymali disk; 4 — silliqlash diski; 5 — halqa; 6 — silindrik kosacha; 7 — konussimon kosacha; 8 — minerallar uchun moʻljallangan silindrik; 9 — si-lindrik silliklash kallagi; 10 — ko-nussimon; 11 — gumbazeimon; 12 — sharsimon; 13 — kvadrat shaklli choʻzinchoq; 14 — uch qirrali; 15 -doiraviy; 16 — pichoqsimon; 17 — trapesiya shaklli; 18 — qavariq-botiq; 19 — xoninglash uchun moʻljallangan qayroqtosh. Abraziv materiallarning asosiy koʻrsatkichlari: qattiqligi (MN/m2), mustahkamligi va qovushoqligi, abraziv donalarining shakli, abrazivlik (jilvirlash) xususi-yati, donadorligi.[1]

  1. "Abraziv materiallar" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy