Kontent qismiga oʻtish

Abu Nuvos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abu Nuvos Abu Ali Hasan ibn Honi Hakamiy (762-yil, Ahvoz – 813-yil, Bagʻdod) – arab shoiri. Abbosiylar davrining buyuk shoirlaridan.

Abu Nuvasning bolaligi Basrada oʻtgan, u yerda yoshligidayoq u taniqli adiblar va olimlar bilan tanishgan. Uning otasi oxirgi ummaviy xalifa Marvarid II qoʻshinida xizmat qilgan. SHoirning onasi fors boʻlgan. Kufa madrasalarida taʼlim olgan. Sheʼrlarining goʻzalligi, pur hikmatliligi jihatidan hatto Umru ul-Qaysga tenglashtirilgan. Mayparastligi tufayli el ichida „Shaʼir ul-Hamra“ („Ichkilik shoiri“) degan nom olgan. Hayotining asosiy qismini Bagʻdodda oʻtkazgan, xalifalar – Horun ar-Rashid, Al-Amin va Al-Maʼmun bilan juda yaqin munosabatda boʻlgan.

Abu Nuvas hajviya va marsiyalar yozgan. U mustaqil ov qasidalari – tardiyatning yaratuvchisi hisoblanadi, chunki unga qadar ov tasvirlari qasidalarda faqat tarkibiy element sifatida mavjud boʻlgan. Ammo Abu Nuvasga shuhratni uning hamriyati – may haqidagi sheʼrlari, Abu Nuvasda mustaqil janrga ilk bora aylangan butun boshli ziyofat qasidalari keltirgan. Xorun ar-Rashid saroyida qabul qilingan, bir qancha vaqt amir al-Xasib saroyida yashagan, soʻnggi yillarini esa Bagʻdodda xalifa al-Aminning saroy shoiri sifatida oʻtkazgan. Abu Nuvas obrazlarining rang-barangligi, uning nihoyatda kuzatuvchanligi, cheksiz sheʼriy fantaziyasi, uslubining aniq-ravshan va soddaligi arablar orasida oʻrta asrning eng buyuk shoirlaridan biri sifatida shuhrat qozonishiga sabab boʻlgan. Mavzularining birxilligiga qaramay (ayniqsa, xamriyat janrida), shoir har safar yangi ifodali obrazlar topgan. Ijodida ishqiy va axloqiy mavzu yetakchi oʻrin tutadi. Uning „Devoni“ Qohirada qaytaqayta nashr etilgan (1898-yil)[1][2].

  1. "Abu Nuvos" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Esat Ayyıldız. „Ebû Nuvâs’ın Şarap (Hamriyyât) Şiirleri“. Bozok Üniversitesi İlahiyat Fakültesi Dergisi 18 / 18 (2020): 147-173.



3.ZIYAVUDDINOVA, MUXLISA. «YANGILANISH» DAVRI SHE’RIYATI, Toshkent, 2011 — 77-80-bet. </ref>

pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy