Kontent qismiga oʻtish

Anthony Wayne Van Leer

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Anthony Wayne Van Leer
Tavalludi 3-mart 1783-yil
Vafoti 9-iyul 1863
Kasbi temir ustasi
Otasi Samuel Van Leer
Onasi Hannah VanLeer

Anthony Wayne Van Leer (3 mart, 1783 — 9-iyul, 1863) amerikalik temirchi va Dickson (Tennessee) dagi Cumberland Furnace (temir qizitish fabrikasi)ning egasi boʻlgan. U obroʻli Van Leer oilasining aʼzosi, Amerika inqilobiy urushi davomida Kontinental armiya kapitani boʻlgan Samuel Van Leer ning oʻgʻli va General Anthony Wayne ning jiyani boʻlgan. Vanleer, Tennessee shahri uning nomi bilan atalgan.

Van Leer 1783-yil, 6-aprelda Chester[1] da dunyoga kelgan[2]. U 1816-yil, 12-iyunda Rebecca Brady bilan turmush quradi va 7 farzandli boʻladi ammo ulardan faqat 2ta qizigina tirik qoladi.

1825-yilda Van Leer Tenessadagi temirchilik biznesiga pul tikishni boshlaydi va Cumberland Furnace ni hamkorlari[3] bilan birgalikda „markaziy Tenessaning temir ustasi“ nomi bilan mashhur boʻlgan Montgomery Bell dan sotib oladi[4]. Van Leer Tenessaning eng boy temir ustalaridan biriga aylanadi[5]. U 1840-yilgacha oʻz biznesi bilan 114 ta erksiz ishchilarni ish bilan taʼminlaydi[6]. Ishchilar qullik maʼqomiga ega boʻlishlariga qaramasdan erkak ishchilar 12$, ayol ischilar 5$ oylik maoshi bilan taʼminlangan[7].

Fuqarolar urushi davomida uning oilasining Ittifoq bilan yaqin aloqalari boʻlgan. Van Leerning temir qizdirish biznes faoliyati urushning qolgan qismi uchun 1862-yilda toʻxtatiladi. Ittifoq armiyasining dushmanga qoʻl keladigan binolar, yuqori haroratdagi isitish tizimiga ega boʻlgan korxonalarni yoʻq qilib yuborishlariga qaramasdan Cumberland Furnace buzib tashlanmadi[3]. Uning uyi esa Ittifoq armiyasi tomonidan shtab kvartirasi sifatida ishlatilgan.

Van Leer 1863-yil, 9-iyulda Nashville shahrida olamdan oʻtdi[1][8] va Cumberland Furnacening egalik huquqi uning nabiralari boʻlgan Vanleer Kirkman va Mary Florencega oʻtdi. Uning nabirasi Mary turmush oʻrtogʻi bilan birgalikda akasining korxonadagi ulushini sotib oladi. Maryning turmush oʻrtogʻi Ittifoq armiyasining kapitani lavozimida ishlagan. Korxona nabiralari boshqaruviga oʻtishiga qaramay barcha erksiz ishchilarga doimgidek miqdorda maosh toʻlanishi saqlanib qolgan[3].

Vanleer, Tennessee shahri uning sharafiga nomlangan[9][10]. Van Leer farzandlarining xonasining loyihasini yaratish uchun oʻz davrining mashhur arxitektori William Stricklandni ishga yollagan[11].

  1. 1,0 1,1 Acklen, Jeanette Tillotson. Tennessee Records - Tombstone Inscriptions and Manuscripts Historical and Biographical. Nashville: Clearfield Company, Inc., 1933 — 91-bet. ISBN 0-8063-0001-9. Qaraldi: 28-iyul 2022-yil. 
  2. Colonial and Revolutionary Families of Pennsylvania; genealogical and Personal Memoirs, Volume III. Lewis Publishing Company, 1911 — 1321-bet. Qaraldi: 3-yanvar 2020-yil. 
  3. 3,0 3,1 3,2 Jackson, George E. „Cumberland Furnace“. www.tennesseeencyclopedia.net. Tennessee Historical Society. Qaraldi: 26-iyul 2022-yil.
  4. Dalton, Robert E. (1976-yil bahor). „Montgomery Bell and the Narrows of Harpeth“. Tennessee Historical Quarterly. 35-jild, № 1. 3–28-bet. JSTOR 42623550. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  5. Culbertson, Lewis R.. Supplement to the Culbertson Genealogy. Cincinnati: The Cincinnati Lancet-Clinic, 1896 — 4-bet. Qaraldi: 28-iyul 2022-yil. 
  6. Goings, Henry. Rambles of a Runaway From Southern Slavery. Charlottesville: University of Virginia Press, 2012. ISBN 978-0-8139-3238-5. Qaraldi: 28-iyul 2022-yil. 
  7. „Historical Documents at Tennessee State Archives“. www.vanleerarchives.org. Van Leer Archives. Qaraldi: 3-avgust 2022-yil.
  8. „Obituaries - 1863 - Nashville City Cemetery“. www.thenashvillecitycemetery.org. 2021-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-fevral.
  9. "A Brief History of Vanleer (Wayback Machine saytida 2-sentabr 2013-yil sanasida arxivlangan)," Dickson County Historical and Genealogical Society website, originally published in Heritage Book of Dickson County, 1803-2006. Retrieved: 28 February 2013.
  10. Miller, Larry L.. Tennessee Place Names. Bloomington, IN: Indiana University Press, 2001 — 213-bet. ISBN 0-253-33984-7. Qaraldi: 28-iyul 2022-yil. 
  11. „Southern Belle and a Yankee officer | Ladies Tea - War from a Feminine Perspective“.
pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy