Kontent qismiga oʻtish

Avi Wigderson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avi Wigderson
Tavalludi 9-sentyabr 1956-yil
Hayfa, Isroil
Fuqaroligi Isroil va AQSh
Sohasi Informatika
Matematika
Ish joylari Malaka oshirish instituti
Akademik rahbarlari Richard Lipton
Mashhur shogirdlari Dorit Aharonov
Ran Raz
Mashhur ishlari Zig-zag mahsuloti
Mukofotlari Nevanlinna mukofoti (1994)
Gödel mukofoti (2009)
Knuth mukofoti (2019)
Abel mukofoti (2021)

Avi Wigderson (ivritcha: אבי ויגדרזון) (talaffuzi: Avi Vigderzon); 9-sentyabr 1956-yilda tugʻilgan[1]) – Isroillik matematik va kompyuter injeneri. Wigderson Princetondagi Ilgʻor tadqiqotlar instituti matematika maktabining Herbert H. Maass professoridir[2]. Uning ilmiy qiziqishlari murakkablik nazariyasi, parallel algoritmlar, grafiklar nazariyasi, kriptografiya, taqsimlangan hisoblash va neyron tarmoqlardan iborat. Wigderson 2021-yilda nazariy informatika sohasidagi ishlari uchun Abel mukofoti bilan taqdirlangan[3].

Avi Wigderzon 1956-yilda Isroilning Hayfa shahrida tugʻilgan[4]. 1980-yilda Technionda bakalavriat bosqichini tamomlagach, AQShda joylashgan Princeton universitetiga aspiranturada oʻqish uchun borgan. Wigderzon 1983-yilda Richard Lipton rahbarligida „Hisoblash murakkabligi boʻyicha tadqiqotlar“ nomli doktorlik dissertatsiyasini yoqlaganidan soʻng, kompyuter fanlari boʻyicha fan nomzodi ilmiy darajasini olgan[5].

Wigderzon Berkeleydagi Californiya universitetida, San Jose, Kaliforniya tadqiqot markazida va matematika fanlari tadqiqot institutida qisqa vaqt ishlagandan soʻng, 1986-yilda Quddus yahudiy universitetiga toʻliq ishga joylashgan.

U 1999-yilda AQShdagi Ilgʻor tadqiqotlar institutiga ishga joylashgan. 2003-yilda esa Quddus yahudiy universitetida toʻliq kunlik asosda ishlashdan bosh tortgan[6].

Wigderson 2011-yilda Amerika sanʼat va fanlar akademiyasining, 2013-yilda esa Amerika Qoʻshma Shtatlari Milliy fanlar akademiyasining aʼzosi etib saylangan. U 2018-yilda „nazariy informatika va matematikaga qoʻshgan hissasi“ uchun ACM ilmiy xodimi etib tayinlangan.

1994-yil Wigderson „hisoblash murakkabligi nazariyasi“ uchun Nevanlinna mukofoti bilan taqdirlangan[7]. 2009-yil Omer Reingold va Salil Vadhan bilan birga grafiklarning zig-zag mahsuloti ustida ishlagani uchun Gödel mukofotini qoʻlga kiritgan[8]. Wigderson 2011-yilda Amerika sanʼat va fanlar akademiyasining aʼzosi etib saylangan[9]. 2013-yilda Milliy fanlar akademiyasiga saylangan[10]. U 2018-yilda „nazariy informatika va matematikaga qoʻshgan hissasi“ uchun ACM Fellow aʼzosi boʻlgan[11]. 2019-yilda Wigderson „tasodifiylashtirilgan hisoblash, kriptografiya, sxema murakkabligi, isbot murakkabligi, parallel hisoblash va asosiy grafik xususiyatlarini tushunish kabi sohalarda informatika asoslariga qoʻshgan hissasi uchun“ Knuth mukofotiga sazovor boʻlgan[12].

  1. Wigderson, Avi (22-may 2014-yil), Resumé (PDF), qaraldi: 7-mart 2016-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  2. „Faculty | IAS School of Mathematics“. www.math.ias.edu (2008-yil 4-avgust). Qaraldi: 19-iyun 2020-yil.
  3. „Avi Wigderson GS '83 Abel mukofoti bilan taqdirlandi“. The Princetonian. Qaraldi: 2021-yil 4-aprel.
  4. „Avi Wigderson and the Second Golden Era of Theoretical Computing - Ideas | Institute for Advanced Study“ (en). www.ias.edu (2021-yil 16-mart). Qaraldi: 2021-yil 19-mart.
  5. Wigderson, Avi. Studies in computational complexity (en), 1983. 
  6. Qisqacha hayoti (Wayback Machine saytida 12-iyun 2010-yil sanasida arxivlangan) from Wigdersonʼs web site, retrieved 3-may 2010-yil
  7. „Rolf Nevanlinna Prize | International Mathematical Union (IMU)“. 2008-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-iyul.
  8. „2009 Gödel Prize“. 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-iyul.
  9. „Avi Wigderson“ (en). American Academy of Arts & Sciences. Qaraldi: 2021-yil 19-mart.
  10. National Academy of Sciences Members and Foreign Associates Elected, National Academy of Sciences, 30 April 2013.
  11. 2018 ACM Fellows Honored for Pivotal Achievements that Underpin the Digital Age, Association for Computing Machinery, 5 December 2018
  12. „ACM SIGACT - Knuth Prize“. www.sigact.org. 2019-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-aprel.


pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy