Kontent qismiga oʻtish

Birma tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Birma tili
Milliy nomi မြန်မာစာ
Mamlakatlar Myanma[1]
Rasmiylik holati Myanma
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 32 900 000
Turkumlanishi
Til oilasi Xitoy-tibet
Alifbosi Birmalik alifbosi
Til kodlari
ISO 639-1 my
ISO 639-2 bur
ISO 639-3 mya

Birma tili – Xitoy-tibet til oilasiga mansub tibet-birma tillar guruhiga kiradi. Myanma davlatining rasmiy tili. Bu tilda 30 mln.dan ortiq kishi gaplashadi. Toʻrt – shimoliy, markaziy, tavoy va arakan lahjalariga boʻlinadi. Birma tili boʻgʻinli va ohangli tillardan boʻlib, tuzilish jihatdan analitik (ayiruvchi) boʻlsada, unda talay agglyutinativ unsurlar mavjud. Ot shakllari yasalishida maxsus postpozitiv koʻmakchi soʻzlar va feʼl shakllarida agglyutinativ qoʻshimchalar, ayrim prefiks lar va baʼzan koʻmakchi soʻzlar asosiy oʻrin tutadi. Leksik jihatdan tub soʻzlar bilan birga paliy tilidan uzlashtirilgan suzlar ham qoʻllanadi. Uslub jihatdan ikki – yozma va ogʻzaki koʻrinishga ega, bular bir-biridan grammatik va leksik jihatdan farqdanadi. Birma tili alifbosi qadimiy hind yozuvi brahmiyning janubiy tarmogʻidan kelib chiqqan[2].

  1. (unspecified title)
  2. "Birma tili" OʻzME B-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy