Kontent qismiga oʻtish

Brown harakati

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Brown harakati

Brown harakati – muallaq zarralarning muhit molekulalari taʼsirida suyuqlik yoki gazlarda tartibsiz harakatlanishi. 1827-yilda Robert Brown kashf etgan. Brown harakati tezligi muhittrasi, qovushoqligi va zarra oʻlchamlariga bogʻliq. 1905—06-yillarda Albert Einstein, polyak fizigi Marian Smoluchowski va fransuz fizigi Jean Baptiste Perrinning ishlari natijasida Brown harakati atom va molekulalarning issiqlik harakati ekanligi isbotlandi. Suyuqlik yoki gazdagi har bir Brown zarrasiga muhit molekulalari bir sekundda taxminan 1012-marta zarba berib turadi. Zarra oʻlchami katta boʻlsa, har tomonlama turtkilar taʼsirida u muvozanatlashadi va tinch holatda qoladi. Zarra oʻlchami kichik boʻlsa, statistik muvozanat buziladi, natijada Brown zarrasi tartibsiz harakatda boʻladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy