Kontent qismiga oʻtish

Burch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Burch — kishining biror shaxs, oila, jamoa, el-yurt, Vatan oldidagi majburiyatini anglatuvchi axloqiy tushuncha. Bizda obyektiv munosabatlar ifodalanadi, yaʼni u jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va axloqiy negizlari bilan belgilanadi. Buning oʻziga xos xususiyatlari mavjud boʻlib, u insonning ichki kechinmalari, tashqaridan turib nazorat qilinmaydigan murakkab ruhiy holatini ifodalaydi. Bu iymon-eʼtiqod, onglilik, halollik, vijdon kabi tushunchalar bilan chambarchas bogʻliq. Burch qanday vazifa, kimning oldidagi majburiyat ekanligiga qarab turlicha boʻladi (milliy burch, ijtimoiy burch, umuminsoniy burch va boshqalar). Ijtimoiy va shaxsiy burch, oilada ota-onalik burchi, farzandlik burchi va boshqa burchlar bor. Burch nisbiy tushuncha. U ijtimoiy taraqqiyot jarayonida mazmunan boyib, shaklan oʻzgarib boradi. Hozirgi sharoitda insonning tabiat va avlodlar oldidagi burchi yangicha mazmun kasb etmoqda. Oilaviy burch esa jamiyat oldida turgan maqsadlar bilan yanada uygʻunlashmoqda. Ona Vatanga, xalqqa xizmat qilish eng ulugʻ va sharafli burch hisoblanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy