Kontent qismiga oʻtish

Dialektologiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Dialektologia (dialekt va ... logiya) — tilshunoslik sohasi. Tilning mavjud lahjalari, shevalarini oʻrganadi. Unda lahja va shevalarning fonetik, morfologik, sintaktik va leksik xususiyatlari tavsif qilinadi. Milliy tilning paydo boʻlishi va rivojida shevalarning tutgan oʻrni, milliy tilga asos boʻlgan shevalar aniqlanadi. Shevalararo, shuningdek, adabiy til va qardosh tillar bilan ularning munosabatlari belgilanadi. Shevalarning tarqalish chegaralari — lingvistik geografiya tomonidan oʻrganiladi. Bu jihatdan Dialektologia ikkiga: 1) tasviriy (yoki dialektografia); 2) tarixiyga ajraladi. Birinchisida mahalliy lahja va shevalarning fonetik tuzilishi, grammatik qurilishi, leksik tarkibi haqida mufassal maʼlu-mot beriladi. Ikkinchisida tilning dialektal xususiyatlarini qayd etish bilan birga, ularning kelib chiqishi, rivojlanishi va shakllanish tarixi oʻrganiladi. Dialektologia tadqiqotlari tilning grammatik, leksik, orfografik va orfoetik meʼyorlarini belgilashda mu-him ahamiyatga ega. Dialektologia tilshunoslik, etnografiya, folklor va b. bilan jips aloqada rivojlanadi. Fattoh Abdullayev, Gʻozi Olim Yunusov, A. K.. Borovkov, Shonozar Shoabdurahmonov va b. oʻzbek dialektologiasi rivojiga sezilarli hissa qoʻshgan.

  • OʻzME. Birinchi jilDialektologia Toshkent, 2000-yil
  • Reshetov V. V., Shoabdurax-monov Sh., Oʻzbek dialektologiyasi, T., 1962.
pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy