Kontent qismiga oʻtish

Doʻl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Doʻl – yumaloq yoki turli shakldagi muz parchalaridan iborat atmosfera yogʻini. Kattaligi 5–55 mm va undan ortiqroq, baʼzan tovuq tuxumidek ham boʻladi. Yilning iliq vaqtlarida (t-ra 20° dan yuqori boʻlganda), odatda, toʻp-toʻp yomgʻirli bulutlardan kunduzi jala bilan birga yogʻadi. Yogʻinning jadalligi 0,21 dan 60 mm/s oʻrtasida oʻzgarib turadi; 1 soniyadan to 50 daqiqagacha davom etishi mumkin. Choʻl mintaqalarida doʻl, odatda, martaprel, vodiylarda esa mayiyun oylarida yogʻadi. Doʻl qishloq xoʻjaligiga katta zarar yetkazadi; ekinzor, tokzorlar, bogʻlarni nobud qiladi. Doʻl keltiradigan zarar hajmi uning jadalligi va davom etish vaqtiga, doʻl donalarining kattaligi, zichligi va tezligiga, shamolning kuchi va selning koʻlamiga, oʻsimlikning turi va rivojlanish fazasiga bogʻliq boʻladi. Doʻl ayniqsa gʻuza maysalari unib chiqqan va shonalash davrida, hosildor mevali bogʻlar va uzumzorlarga koʻproq zarar keltiradi. Koʻpgina mamlakatlarda doʻlga qarshi maxsus operativ kurash xizmati tashkil qilingan. Zenit artilleriyasi, raketalar va boshqa vositalar yordamida doʻl hosil qiluvchi bulutga kimyoviy reagent (odatda, kumush yod, karbonat kislota) sochiladi. Reagent uta sovugan tomchilarni muzlatadi va ularni mayda donachalarga aylantiradi. Mayda doʻllar esa oʻz navbatida atmosferaning yerga yaqin qatlamlarida erib, yomgʻir tomchilari koʻrinishida yer yuzasiga yogʻadi. Reagent yetkaziladigan joy (doʻl oʻchogʻi) radiolokator yordamida aniqlanadi. Doʻlga qarshi kurashning zamonaviy vositalarini amalda qoʻllash qishloq xoʻjaligi ekinlari hosiliga yetkaziladigan zararni birmuncha kamaytirishga imkon tugʻdiradi. Oʻzbekistonda „Boshgidromet“ tarkibida gidrometeorologik jaryonlarga faol taʼsir koʻrsatish boshqarmasining maxsus xizmati Fargona vodiysi, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida Doʻl xavfi boʻlgan 1 mln. gektarga yaqin maydondagi qishloq xoʻjaligi ekinlarini doʻldan himoya qiladi (2002)[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy