Kontent qismiga oʻtish

Estakada

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Estakada — transport vositalari va piyodalar uchun moʻljallangan yoʻllar yer sirtidan maʼlum balandlikda oʻtkaziladigan inshoot; koʻprikshtt bir turi. E. ostidan yoʻl oʻtkazish yoki boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin. E.lardan, asosan, shaharlar va sanoat zonalarida foydalaniladi. E. bir qancha tayanch (ustun)lar ustiga oʻrnatiladigan toʻsinsimon konstruksiyalardan tashkil topadi. Temirbeton, poʻlat va yogʻochli xillari boʻladi. E. ostidan kema oʻtishi uchun imkon beradigan balandlikda suv ustiga ham quriladi (mas, portlarda, dengiz neft konlarida). E. sanoat korxonalarida ikki binoning yuqori qavatini bir-biriga bogʻlash uchun, transportyorlar, quvurlar, kabellar va hokazo oʻtkazish uchun ham quriladi. Piyodalar E.si transport yoʻli stansiyasida yoʻl ustidan piyodalar oʻtishi uchun moʻljallanadi. Bunday E.lar koʻp tarqalgan. Yirik shaharlar (mas, Berlin, Nyu-York, Tokio) da E. yordamida oʻtkazilgan juda uzun yer usti yoʻllari mavjud.




pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy