Kontent qismiga oʻtish

Habibiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Habibiy
Zokirjon Xolmuhammad oʻgʻli
Tavalludi 1890
Vafoti 16-aprel 1980
Toshkent
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Shoir
Mukofotlari [1]

Habibiy (taxallusi; asl ismi Zokirjon Xolmuhammad oʻgʻli Habibiy) (1890-yil, Paxtaobod tumani Qoʻqon qishlogʻi — 1980-yil 16-aprel, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1974). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1970)[2]. Qoʻqon va Andijondagi madrasalarda tahsil olgan Habibiyning gʻazalnavislik ijodi mazkur adabiy muhitda shakllanib borgan.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Habibiy 1890-yili Andijon viloyatining Paxtaobod tumaniga qarashli Qoʻqon qishlogʻida dehqonchilar oilasida tavallud topgan. U eski maktablarda, xususan, Andijon hamda Qoʻqon madrasalarida tahsil olgan. Navoiy, Fuzuliy, Muqimiy, Furqat asarlarini mutolaa qilib, aruz vazni oʻrgangan va ularga ergashib sheʼr yozgan, Shaqr adabiyoti anʼanalarini davom ettirgan.

Habibiy 1919-yilda Andijon viloyatining Boʻtaqora qishlogʻida istiqomat qilib, dehqonchilik ishlari bilan shugʻullangan. 1920-yillarda oʻbek xalqi qoʻshiqlari uslubida koʻplab sheʼrlar yaratgan. Habibiy oʻz zamonasi mavzulari, kolxoz tuzumi, kanallar qurulishi, choʻllarni oʻzlashtirish, Farxod GESining barpo etilishi va boshqa oʻzgarishlar haqida yozadi[3].

Navoiyning 500 yilligiga tayyorgarlik ishlari boshlanishi bilan Habibiy safdoshlari Boqiy, Mahjuriy,Anisiy va Sayfiy bilan birga Navoiy komiteti tomonidan taklif etilib, Toshkentga koʻchib kelgan (1938). Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, S.Abdulla, S.Mirzayev, S.Mutallibov singari allomalar bilan birga Navoiy adabiy merosini oʻrgangan. Habibiy 1939-yilda Fargʻona kanali qurilishiga shoir sifatida safarbar etilgan. Shu vaqtdan boshlab uning gʻazallari respublika davriy matbuotida eʼlon qilinib, mashhur hofizlar tomonidan ijro qilina boshlagan. Oʻz gʻazallari hamda mumtoz adabiyot va musiqa sohasidagi bilimi bilan hurmat qozongan Habibiy 1940-yilda Yangiyoʻlda tashkil etilgan viloyat musiqali drama va komediya teatriga adabiy yordamchi etib tayinlangan va 1946-yilga qadar shu lavozimda ishlagan.

Zokirjon Xolmuhammad oʻgʻli Habibiy 1980-yil 15-aprelda vafot etdi va Toshkentning Kamolon qabristoniga dafn etildi.

Zokirjon Xolmuhammad oʻgʻli Habibiy ikkinchi jahon urushi davrida „Jangchi yigit qoʻshigʻi“, „Boladan ota-onaga xat“, „Onadan bolaga xat“ kabi gʻazallar yozadi.

Shoir Uyg‘unning ta’kidlashicha, “Habibiy aruzning qonun-qoidalari, qonun-qoidalarini, sir-asrorlarini mukammal o‘zlashtirib, hozirgi she’riyatimizda g‘azal ijodi rivojiga munosib hissa qo‘shgan o‘sha she’r ustasi va ustozi edi. Uning g‘azallari tashbeh, tashbeh, mubolag‘a, lutf, tasvir va tasvir vositalariga juda boy“[4].

Habibiyning adabiy merosi mumtoz oʻzbek adabiyotining gʻazal, murabba, muxammas, musaddas, ruboiy, tuyuq, qasida va doston singari janrlarida yozilgan 40 mingdan ziyod baytdan iborat. Uning 300 dan ziyod gʻazallariga kuy bastalangan boʻlib, ularning aksari hozir ham ijro etiladi. O‘zbekiston radiosi oltin fondida shoir Habibiyning 200 dan ortiq qo‘shiqlari saqlanib kelinmoqda[5]. Ushbu sheʼrlarning eng mashhurlari: „Diyorimsan“, „Farg‘ona ruboiysi“, „Bo‘lmasa“, „Yaxshiroq“, „Nima bo‘lding“ va boshqalardir.

Sheʼriy toʻplamlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • „Mehnat qoʻshiqlari“
  • „Yangi yallalar“ (1949)
  • „Kolxozchilar ashulasi“ (1951)
  • „Koʻngil taronalari“ (1957)
  • „Zamon farhodlari“ (1959)
  • „Tanlangan asarlar“ (1967)
  • „Devon“ (1971)
  • „Navroʻzi olam“ (1973)

Habibiy 1974-yili Oʻzbekiston xalq shoiri unvoni bilan taqdirlangan.

Toshkent, Andijon shaharlari va Paxtaobod tumanidagi koʻchalar Habibiy nomi bilan ataladi. Paxtaobod tumanida Habibiyning uy-muzeyi barpo etilgan.

2015-yil 12-noyabr kuni O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasida (1890-1980) Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Habibiy tavalludining 125 yilligi nishonlandi. Unda mashxur olim va shoirlar, adabiyotshunoslar, taniqli sanʼatkorlar ishtirok etdilar. Tadbirni Yozuvchilar uyushmasi raisi O‘zbekiston Xalq yozuvchisi Muhammad Ali olib bordi. Kechada xalq shoirlari To‘lan Nizom, Anvar Obidjon, Tursunboy Adashboyev, professor Naim Karimov, adiba Olmos G‘ulomova va boshqalar Habibiyning o‘zbek adabiyoti va madaniyati tarixida tutgan o‘rni to‘g‘risida gapirdilar. Shuningdek, yig‘ilishda O‘zbekiston sanʼat arbobi Temur Mahmudov boshchiligidagi sanʼatkorlar Habibiy g‘azallari bilan kuy-qoʻshiqlar aytdilar[5].

  1. „Habibiy. Devon & Shoirning o’zi o’qigan she’rlar va shoirga bag’ishlangan radiodastur & Iskandar Madg’oziyev. Nuktadon shoir“. Qaraldi: 3-iyun 2023-yil.
  2. Mahmudov, Avazbek. Andijon san'ati fidoiylari, To'ldirilgan 2-nashr, Akademnashr, 2018 — 37-40-bet. ISBN 978-9943-5226-4-0. Qaraldi: 2-iyun 2023-yil. 
  3. Hoji Ismatulloh Abdulloh. Markaziy Osiyoda islom madaniyati. Sharq nashriyoti matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2005 — 261-384-bet. 
  4. „Дадабаев, Вахабджан Диссертация «Традиции узбекской классической поэзии и творчество Хабиби»“. 2016-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-may.
  5. 5,0 5,1 „O‘zbekistonda Habibiy tavalludining 125 yilligi nishonlandi“ (2015-yil 12-noyabr). Qaraldi: 8-iyun 2023-yil.
  • Nosirov O., Oʻzbek adabiyotida gazal, T.. 1973; Otajon U., Ustozlar xotirasi, T, 1998. Naim Karimov.
  • Devon, 2nashri, T., 1975
  • Maxmudov, Avazbek. Andijon sanʼati fidoiylari, Toʻldirilgan 2-nashr, Toshkent: Akademnashr, 2018 — 37-40-bet. ISBN 978-9943-5226-4-0. Qaraldi: 3-iyun 2023-yil. 




pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy