Kontent qismiga oʻtish

Ibrohim

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abraham
אַבְרָהָם

Ibrohim Hojar va Ismoilni quvib chiqardi (1657)
Giovanni Francesco Barbieri tomonidan chizilgan
Unvoni Ibrohim
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti
Turmush oʻrtoq(lar)i Sora
Hojar (misrlik kanizak)
Qunturo (kanizak)
Hajun
Farzandlari
Ota-onasi
Tanilgan sohasi Ibrohim turli dinlarda: Yahudiylar xalqining anʼanaviy asoschisilaridan biri[1][2], Xristianlarning ruhiy ajdodi[3], asosan, Islom dini paygʻambari[4]
Qarindoshlar

Ibrohim (arabcha: ابراهيم) — Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri, oʻzidan keyin oʻtgan barcha paygʻambarlarning bobokaloni, arablar va yahudiylarning umumiy ajdodi. Allohning chin doʻsti (halilulloh), imom, siddiq va hanif deb taʼriflanadi. Yahudiy-xristian diniy adabiyotlarida Avraam nomi bilan maʼlum. Bobilda tavallud topgan. Yolgʻiz Allohga ibodat qilgan. Otasi Ozor va qavmlarni ham ana shunga daʼvat qilgan. Ular bilan bahslashgan, ammo ishontira olmagach, otasi va qavmlari sigʻinib yurgan hamma butlarni sindirib tashlagan. Shu sababli uni yondirib yubormoqchi boʻladilar. Ammo u Alloh irodasi bilan olovdan sogʻ-salomat chiqqanligi Qurʼonda bayon qilingan.

Qurʼonda yozilishicha, Alloh Ibrohimga qariganda ikki farzand bergan. Bular Ismoil va Isʼhoq lardir. Ismoil Muhammadning katta bobosi, Isʼhoq esa Iso va undan avval oʻtgan paygʻambarlarning katta bobosidir. Makkai mukarramada Baytulloh (Allohning uyi) ning bunyod boʻlishi, islom arkonlarining besh farzi — haj qilish Ibrohimga borib taqaladi. Kaʼbadagi „Ibrohim joyi“ („Ibrohim maqomi“) musulmonlar ziyoratgohidir. Diniy adabiyot yagona xudoga eʼtiqod qilish, qurbonlik uchun odam oʻrniga jonivor soʻyish, xatna qilishni Ibrohim. nomi bilan bogʻlaydi.

Manbalarda Ibrohimning 175 yil umr koʻrganligi, oʻgʻillari uni Madinatul Xalil (Xevron, Falastin) ga dafn etganligi yozilgan. Bu qabr ziyoratgoh hisoblanadi[5].

Ibrohim (alayhissalom) to‘g‘risidagi qissa Qur'oni karimning ko‘pgina suralarida, jumladan, Baqara, Oli Imron, An'om, Tavba, Hud, Ibrohim, Hijr, Nahl, Maryam, Anbiѐ, Haj, Shuaro, Ankabut, Soffot, Zuxruf, Zoriѐt va boshqa suralarda hikoya qilinadi. Ibrohim (alayhissalom)ning ismlari Qur'oni karimning yetmishga yaqin joyida zikr qilinadi.

Ibrohim (alayhissalom)ning nasablari Nuh (alayhissalom)ga borib taqaladi. Ibn Kasir «Al-Bidoya van-nihoya» nomli kitob­larining birinchi jildi, 15- sahifasida uni quyidagicha keltiradilar: Ibrohim ibn Tasaruh ibn Nohud ibn Sorug‘ ibn Ro'av ibn Folig‘ ibn Obir … ibn Som ibn Nuh (alayhissalom).

Nuh (alayhissalom) bilan Ibrohim (alayhissalom) o‘rtala­ri­dagi muddat 3000 yildan ziyodroqni tashkil etadi.

Ibrohim (alayhissalom) Iroqning Bobil yerida dunyoga kelganlar. Ibn Kasir aytadilar: Ibn Asokir Ikrimadan rivoyat qi­ladilar: Ibrohim (alayhissalom)ning kunyalari «Abu Zoyfan» («Mehmonlar otasi») edi. Aytishadiki: otalari Tasoruhning yoshi ellik yettiga kirganda Ibrohim, Nohur va Horon ismli o‘g‘il ko‘radi. Bularning orasida Ibrohim (alayhissalom) o‘rtanchasi edilar. Tasoruhning Horon ismli o‘g‘lidan Lut (alayhissalom) dunyoga keldilar. Horon otasi hayotlik chog‘ida Kaldon yerida vafot etadi. Bu siyrat ah­li va ta­rixchilar nazdida eng mashhur, sahih xabar hisoblanadi. Ba'zi manbalarda

Ibrohim (alayhissalom) Damashqning G‘uta vodiysida tug‘ilganliklari aytilgan. So‘ngra Ibrohim o‘z ota­lari bilan Kaldondan Kan'onga hijrat qiladilar. Shundan keyin Horonda qo‘nim topadilar, u yerda Horon podshohining qizi Soraga uyla­nadilar. Bu qavm yulduzlarga sig‘inar edi.

  1. Levenson 2012, s. 3.
  2. Mendes-Flohr 2005.
  3. Levenson 2012, s. 6.
  4. Levenson 2012, s. 8.
  5. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Payg'ambarlar tarixi.


pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy