Kontent qismiga oʻtish

Integral sxema

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Integral sxema (IS), mikrosxema yoki chip – juda ixcham (mikrominiatyur) elektron qurilma. Elementlari (diodlar, tranzistorlar, rezistorlar, kondensatorlar va boshqalar) konstruktiv, texnologik va elektr jihatdan oʻzaro uzviy bogʻlangan (birlashtirilgan) va oʻta zich joylashtirilgan boʻladi. Uzluksiz yoki diskret (uzlukli) elektr va optik signallar tarzidagi axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash uchun moʻljallanadi. Integral sxema quyidagi xillarga boʻlinadi: elementlarni birlashtirish (integratsiya) usuli boʻyicha – yaxlit (monolit) va gibrid (tarkibiy) (osma diskret elektron asboblarlan foydalanilgan) sxemalar; ishlov beriladigan signallarning xili boʻyicha – raqamli va analog sxemalar; ISdagi elementlar soni N (integratsiya darajasi) boʻyicha – kichik (N<102), oʻrta (N=102—103), katta (N=W—104) va juda katta (N>104) sxemalarga boʻlinadi. Integral sxema elektron hisoblash mashinalari, nazorat-oʻlchash apparatlari, aloqa texnikasi va boshqa sohalarda qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000.


pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy