Kontent qismiga oʻtish

Katta havza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Katta havza

Katta havza - AQShning gʻarbidagi togʻlik. Gʻarbdan Syerra-Nevada, Kaskad togʻlari va sharkdan Qoyali togʻlar oraligʻidagi berk hududlarni oʻz ichiga olgan. Mayd. 500 ming km2 dan koʻproq. Qisqa tizmalar (bal. 3000 m gacha) va oʻzaro tutash keng soylik (havza) lar bor. Relyefi kaynozoyda, zamini tokembriy-mezozoyda shakllangan. Kaynozoyda vulkanlar otilib turgan. Soyliklarning koʻpchiligi tektonik yoʻl bilan vujudga kelgan va tosh, qum-gil qatlamlari bilan toʻlib qolgan. Mis, molibden, polimetall, simob, kaliy tuzi va b. foydali qazilma konlari bor. Iqlimi keskin kontinental, katta qismida subtropik, shim.da moʻʼtadil iqlim. Yoz issiq, bulutsiz, qish sovuqroq, tez-tez tuman boʻlib turadi. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 20—22°, yanvarniki — 0—2°. Yillik oʻrtacha yogʻin 200 mm, ayrim soyliklarda 100 mm, togʻlarning gʻarbiy yon bagʻrida 500 mm. Eng katta daryosi — Gumboldt. Yirik koʻllari: Katta Shoʻr koʻl, Piramidalar koʻli, Sevir, Yuta. Suv taʼminotida artezian quduqlar muhim rol oʻynaydi. Qoʻngʻir, boʻz tuproqlar, shoʻrxok va shoʻrtoblar, togʻ-qoʻngʻir tuproqlari koʻproq. Hududining katta qismi chala choʻl. Boshoqlilar, kaktus, agava oʻsadi. Seryogʻin togʻ yon bagʻirlari qaragʻay-archa oʻrmonlari bilan qoplangan. Hayvonlardan sudralib yuruvchilar koʻproq. Suv bor joylarda dehqonchilik qilinadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy