Kecskemét
Kecskemét | |
---|---|
Viloyat maqomidagi shahar | |
Kecskemét Megyei Jogú Város | |
Koordinatalari: 46°54′27″N 19°41′30″E / 46.90745°N 19.69175°E | |
Mamlakat | Vengriya |
Keçkemet yoki Keçkemed (Kecskemét) — Vengriyaning markaziy shaharlaridan hisoblanadi. Bu mamlakatdagi eng katta 8-shahar va Baks-Kiskun provinsiyasining okrug markazidir. Shahar nomi vengryacha „echki“ yani „kecske“ soʻzidan kelib chiqqan.
Shahardagi rivojlanish 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi yani Buyuk Depressiya tufayli toʻxtadi va undan keyin Ikkinchi Jahon urushi boshlangan Ikkinchi jahon urushidagi katta vayronagarchiliklar tufayli rivojlanish toʻxtab qolgan. Ayniqsa, urush paytida, 1944-yil may-iyun oylarida Vengriya rasmiy kishilari, ziyolilar oʻldirildi va shahardagi yahudiylar Osventsim-Birkenauga surgun qilindi. Yahudiy vengerlar Kechkemetda rivojlanayotgan madaniyat va savdoning muhim asosi boʻlgan. 1945-yildan keyin Sovet Ittifoqining kuchli taʼsiri ostida boʻlgan yangi kommunistik hukumat boshqa ijtimoiy-siyosiy tizimni joriy qildi va Kechkemetning rivojlanishi sekinlashdi.
Mahalliy hukumatlardagi qayta qurish tufayli Kechkemet juda koʻp yerlarni yoʻqotdi. Viloyatda ko‘plab yangi mustaqil qishloqlar barpo etildi. Bu qishloqlar faqatgina iqtisodiy jihatdan shahar bilan bogʻlangan, qolgan masalalarda mustaqil hisoblanishardi.
Kommunistik rejimlar davrida boshqariladigan iqtisodiyot deb ataladigan xususiy tizim bunday sharoitlarda shaharning oʻsishiga katta yordam berdi. Siyosiy va moliyaviy ustunliklarni taʼminladi, moliyaviy inqirozdan saqlab qoldi. Arxitektor József Kerényi (1900-1975) shaharning xilma-xil tarixiy yodgorliklarini saqlab qolish uchun eski tarixiy binolarni rekonstruksiyalangan va taʼmirlagan.
2008-yil 18-iyunda nemis avtomobil ishlab chiqaruvchisi Daimler Kechkemetda Mercedes-Benz ishlab chiqarish ob’ektini qurishini eʼlon qildi va 800 million evro (1,240 million dollar) sarmoya kiritishni rejalashtirdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kecskemét English Vikipediya maqolasi