Kontent qismiga oʻtish

Kim Gi-jung

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kim Gi-jung yoki Kim Ki-jung (koreyscha talaffuzi: [kim.ɡi.djung] yoki [kim] [ki.djung]; 1990-yilning 14-avgust sanasida tugʻilgan) – Janubiy koreyalik badminton oʻyinchisi. Rio shahrida 2016-yilda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida erkaklar oʻrtasida juftlik bahslarda ishtirok etgan.

2008-yilda Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon Chempionatida Eom Hye-Won bilan hamkorlikda, aralash juftlik bahslarida bronza medalini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan. 2009-yilda Kvon Yi Gu bilan hamkorlikda erkaklar oʻrtasidagi bahsda, umumjamoa hisobida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Gonkong shahridagi Sharqiy Osiyo oʻyinlarida ham qatnashib, juftlik bahsda kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2011-yilda Turkiya xalqaro turnirida Kim Sa-rang bilan hamkorlikda erkaklar oʻrtasida musobaqada gʻolib chiqqan.

2012-yilda Kim Sa-rang bilan Yaponiya Ochiq turnirida birinchi Superseriya chempionligini qoʻlga kiritgan. Ular soʻnggi turda malayziyalik Koo Kien Keat va Tan Boon Heong juftligi ustidan gʻalaba qozonishgan. 2012-yilda Xitoyning Qingdao shahrida boʻlib oʻtgan, Badminton boʻyicha Osiyo Chempionatining soʻnggi turida yaponiyalik Hiroyuki Endo va Kenichi Hayakawa juftligini magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritishgan. 2012-yilning sentyabr oyida Indoneziyadagi Masters turnirida erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarida ham gʻoliblikni qoʻlga kiritishgan.

2015-yilda Kim Sa-rang bilan Korea Masters Grand Prix Gold turnirining erkaklar oʻrtasidagi juftlik musobaqasida gʻolib boʻlishgan. Ular final bosqichida Ko Sung Xyon va Shin Baek Cheolni 16:21, 21:18, 21:19 hisob bilan magʻlub etishgan. Shuningdek, Chay Biao va Xong Veyni magʻlub etib, Xitoyning Ochiq Super Seriyalar Boshlangʻich musobaqasida ham yutib chiqishgan. 2016-yilda Malayziyadagi Superseriyalar boshlangʻich turnirida ham gʻoliblikni qoʻlga kiritishgan. U va Kim Sa Rang chorak final bosqichida xitoylik raqibini, yarim finalda esa dunyoning 1-raqamli juftligi Li Yong Dae va Yu Yon Sonni magʻlub etishgan. Final bosqichida Chay Biao va Xong Veyni 21:19, 21:15 hisobida magʻlub etishgan. Kim Sa Rang bilan yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi erkaklar oʻrtasida, juftlik bahslarda qatnashishgan va chorak finalda xitoylik Fu Haifeng va Chjan Nanni 21:11, 18:21 va 22:24 hisobida magʻlub etishgan.

1. „Players: Kim Gi Jung“. Badminton World Federation. Retrieved 26 January 2017.Arxivlandi 15-iyun 2023-yil</ref>

2. „[리우올림픽]배드민턴 男복식 김사랑-김기정, 조별리그 첫패“. Kyunghyang Shinmun (in Korean). Retrieved 26 January 2017.Arxivlandi 15-iyun 2023-yil

3. „India, Singapore create history in BWF Junior Championships 2008“. en.olympic.cn. Chinese Olympic Committee. Retrieved 26 January 2017.Arxivlandi 15-iyun 2023-yil

4. „제5회 동아시아경기대회“. www.badmintondaily.co.kr (in Korean). 배드민턴데일리. Retrieved 26 January 2017.Arxivlandi 15-iyun 2023-yil

pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy